Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   276
17.2.3. «Mirot ul-mamolik» 
«Mirot ul-mamolik» («Mamlakatlar kwzgusi») XVI asrda wtgan turk 
admirali Seydi Ali Reis asaridir. Muallifning twliq ismi Seydi Ali Husayn wg’li, 
sherlarini Kotibiy Rumiy taxallusi bilan ёzgan. 
Seydi Ali Reis keng malumotli dengizchi bwlib, sultonning Mag’rib 
dengizi, Wrta Er dengizi da olib borgan barcha urushlarida, Xayruddin posho va 
Sinon posho rah’barligida ishtirok etgan. Ota-bobolari G’alatiyadagi 
dorussaloxiyi omira, qurol-yarog’ omboriga boshchilik qilganlar. 


 
206
Uning xavf-xatarlar bilan twla sarguzashtlari 1554 yilning fevral oyida 
Suriyaning Basra shah’ridan boshlanadi. Turli sarguzashtlarni boshdan kechirib, 
dengizchi wz h’amroh’lari bilan Hindiston, Badaxshon, Movarounnah’r, 
Xorazm, Dashti qipchoq, Xuroson va İroqi Ajam (G’arbiy Eron)da bwlgan. U 
wz yurtiga 1556 yilda qaytib borguncha wsha mamlakatlarda kwrgan-
bilganlarini bir kitobga jamlab uni «Mirot ul-mamolik» deb atadi. 
Asarda muallifning kwrgan-kechirganlari, wzi bwlgan mamlakatlarning 
XVI asr wrtalaridagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli va xalqi h’aqida qimmatli 
malumotlar uchratamiz. 
Masalan, Seydi Ali Reis wsha paytlarda Movarounnah’rni egallab turgan 
Navrwz Ah’mad Baroqxon va Shayboniylar bilan Turkiya wrtasidagi 
munosabatlar h’aqida mana bu malumotlarni keltiradi; «Samarqandi beh’ishti 
monandga doh’il bwldik. Bu erda Navrwz Ah’madxon, yani Baroqxon bilan 
kwrishib, unga keltirgan faqirona tortig’imizni taqdim etdik. Xon bu faqirga bitta 
ot, bosh-oёq sarupo marh’amat qildi. Bundan avval saodatli podsho (Sulton 
Muh’ammad Fotih’) shayx Abdullatif va Dodosh elchi orqali Baroqxonga bir 
miqdor miltiq otuvchilar va bir qancha qala twplari yuborgan edi. Elchilar kelgan 
paytda Samarqand podshosi Abdullatifxon vafot etib, Baroqxon Samarqandda 
xonlik taxtiga wtirgan, Balxda Pirmuh’ammadxon, Buxoroda esa sayyid Burxon 
sulton wz nomlariga xutba wqitganlar. Baroqxon shu ikki xonga qarshi biror 
chora kwrishga qodir bwlmasa-da, keyinroq ularning wzaro nizolaridan 
foydalangan. Avval Samarqandni olgach, keyin Shah’risabzga borib u erda h’am 
kwp urishgan. Bu urushda rumlik(turk)larning bir qancha boshliqlari wlgan. 
Nih’oyat, Shah’risabz uning qwliga wtgan. Yana u erdan Buxoroga borib 
shah’arni bir necha vaqt qamal qilgan. Buxoro xoni sayyid Burxon Baroqxonsha 
bardosh berolmay, Qorakwlni Balx xoni Pirmuh’ammadga bergan. 
Pirmuh’ammadxon wz inilari yuborib, Qorakwlni qwlga kirgizgan. Oxiri sayyid 
Burxon dosh berolmay, Baroqxondan omonlik tilab, wrtada sulh’ tuzilgan. 
Baroqxon Buxoroni yana sayyid Burxonga topshirib, wzi Qorakwl ustiga 
yurgan. Pirmuh’ammadxonning inilari Baroqxondan omonlik tilab, Qorakwlni 
unga topshirganlar. Baroqxon  uni h’am sayyid Burxonga qaytarib, wzi 
Samarqandga qaytgan... Baroqxonning ёnida atigi 150 ga yaqin rumlik nayzaboz 
qolgan. Qolganlari uning wg’illari ёnida qolgan». («Mirot ul-mamolik», 101-
102- betlar). 
Seydi Ali Reisning Qazvinda Eron podshosi shoh’ Tah’mosib (1524-1576 
yy.) bilan uchrashuvi h’aqida keltirgan malumotlar wsha yillari Turkiya 
Shayboniylar davlati va Eron wrtasidagi munosabatlarini tushunishda juda 
muh’imdir. Asarda xususan mana bularni wqiymiz; «Shoh’ (Shoh’ Tah’mosib) 
ning elchisi Sobit og’a Tabriz ywli orqali podshoh’ h’azratlari (Sulton Sulaymon 
soniy qonuniy, 1520-1566 yy.) h’uzuriga bizdan oldin jwnab ketgan edi, shoh’ 
(shu sababdan) bir necha oygacha bizga ketishga ruxsat bermay, bir necha marta 
chaqirib, kwp suh’batlashdi. Bir kun suh’bat vaqtida «Rum diёri Baroqxonga 
ёrdam bkrish uchun 300 ta yanichar
112
 yuborilgan ekan»,- dedi. Men ular 
                                                 
112
 Яничар –ени (янги) черик, аслзодалар ва ҳарбийларнинг болаларини йиғиб махсус ўтгатилган сипоҳий.
 


 
207
Baroqxonga  ёrdam berish uchun emas, balki shayx Abdullatif h’azratlarini 
qwriqlab Rumga olib ketish uchun yuborilgan edi, chunki Ashtarxon (Astraxan) 
ywlida xoja Ah’mad Yassaviyning avlodlari Bobo shayxni cherkas shah’id 
qilgani sababli, bu ywllar ёlg’iz yurishga xatarli h’isoblanib qolgan edi. Agar 
ёrdam uchun yuborilganda, faqat 300 tagina emas, balki bir necha ming askar 
yuborilar edi»,-deb javob berdim.» («Mirot ul-mamolik», 122-bet). 
«Mirot ul-mamolik»da admiral va uning sheriklari bosib wtgan mamlakat 
va shah’arlar , ularning osori atiqalari h’aqida h’am qimmatli maxlumotlar 
keltirilgan. 
«Mirot ul-mamolik» matnini Ah’mad Javdod toshbosma usuli bilan 1895 
yili  İstanbulda chrp etgan. Uni G.Vamberi ingliz tiliga tarjima qilib 1899 yili 
Londonda chop etgan. Asar Sh.Zunnunov tomonidan wzbek tiliga tarjima 
qilinib, 1963 yili Toshkentda nashr etilgan. 
4.Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèêíèíã äîëçàðá ìóàììîëàðè (èëìèé-àìàëèé àíæóìîíëàð 
ìàòåðèàëëàðè). Tuzuvchilar: A.A.Madraimov, G.S.Fuzailova-Ò.: TDPU. 2001. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish