Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


Xotiroti Mutribiy», «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» va



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   276
15.2. 3.Xotiroti Mutribiy», «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» va 
«Nusxayi zeboyi Jah’ongiriy» 
«Xotiroti Mutribiy» («Mutribiy esdaliklari»), «Tazkirat ush-shuaroyi 
Mutribiy» («Mutribiyning shoirlar twg’risidagi tazkirasi») va «Nusxayi zeboyi 
Jah’ongiriy» («Jah’ongirning zebo tazkirasi») nomli asarlar muallifi XVI asrning 
ikkinchi yarmi-XVII asrning 30-yillarida wtgan shoir va tazkiranavis olim 
Mutribiydir.  
«Xotiroti Mutribiy» degan asaridan malum bwlishicha, u 1559 yili 
Samarqandda tavallud topgan, ota taraifidan bobosi Malik Arg’un va ona 
tarafidan bobosi Basriy zamonining mashh’ur shoirlari jumlasidan bwlishgan. 
Mutribiy dastlabki malumotni ona shah’ri Samarqandda olgan, swng Buxoroga 
borib, xoja Hasan Nisoriyga shogird tushgan. 1620 yildan boshlab u asosan 
Samarqandda istiqomat qilgan va Samarqand h’okimi Hojibiy qushchining 
xizmaida bwlgan. 1625 yilning kuzida wg’li Muh’ammad Alini wzi bilan birga 
olib, Hindistonga jwnab ketadi. Bu vaqtda Mutribiy 69 ёshda bwlgan va 1627 
yili Samarqandga qaytib kelgan. Uning keyingi taqdiri malum emas. 
Mutribiy uch asar muallifidir. Ulardan biri «Tazkirat ush-shuaroyi 
Mutribiy» bwlib, unda movarounnah’rlik 320 shoir h’aqida qisqacha malumot va 
sherlaridan namunalar keltiriladi. 


 
185
İkkinchi asari «Nusxayi zeboyi Jah’ongiriy» bwlib, uni Mutribiy h’ali 
Hindistonga ketmay turib Samarqandda boshlagan va 1626 yili Loh’ur shah’rida 
tamomlagan. Asarda Movarounnah’r, Xuroson, Balx, Badaxshon va Hindistonda 
XVI asrning ikkinchi yarmida istiqomat qilgan 292 shoir h’aqida malumot 
keltiriladi va wsha yiliёq Jah’ongir podshoh’ga (1605-1627 yy.) taqdim etiladi. 
«Xotiroti Mutribiy»da aytilishicha, tazkira podshoh’ va uning yaqinlariga maqul 
bwlgan. Jah’ongir suh’bat oxirida Mutribiyga Hindistonda XVI asrning ikkinchi 
yarmida, yani marh’um otasi Jaloliddin Akbar davrida wtgan shoirlar h’aqida 
twplagan materiallarini bergan va undan mazkur tazkiraga wz nomini qwshishini 
iltimos qilgan. Ushbu materiallar ikkinchi tarzkiradan 16 varaq joy olgan. 
«Nusxayi zeboyi Jah’ongiriy»ning yaxshi qwlёzma nusxasi 1665 yilda 
Shoh’ijah’onobodda kwchirilgan va shu kunlarda «İndiya offis» kutubxonasida 
saqlanmoqda. 
Mutribiyning uchinchi asari «Xotiroti Mutribiy» dkb ataladi va muallif uni 
1627 yil 25 fevral kuni ёzishga kirishgan. Asar muallifning Loh’urda turgan 
paytida podshoh’ Jah’ongirning 24 majlisida kwtarilgan masalalar h’aqida 
h’ikoya qiladi. Unda Movarounnah’rning XVII asrning birinchi yarmidagi 
ijtimoiy-siёsiy ah’voli va madaniy h’aёti, Samarqandning osori-atiqalari va 
uning wsha davridagi ah’voli h’aqida wta qimmatli dalil va malumotlar 
keltiriladi. Shulardan bazilarini keltirib wtamiz. 
Jah’ongir podshoh’ni Buxoro va Balx xonlarining h’amda ularga yaqin 
amirlar va Juybor xojalarining shaxsiy h’aёti, turmushi va fel-atvori kwproq 
qiziqtirgan. Shuningdek, u boshqa Boburiy podshoh’lar kabi, Buxoro va Balx 
xonlarining qiёfasini chizdirish bilan shug’ullangan. Masalan, 18-chi xotirotda 
quyidagilarni wqiymiz; «Kunlardan bir kuni podshoh’ning ostonasiga bosh 
qwygani borgan edim. Podshoh’ qandaydir suratlarni diqqat bilan tamosha qilib 
wtirgan ekan. Menga «wltir!», deb ishoratqildilar. Swng suratlarni men tarafga 
wgirib swradilar; «Diqqat bilan qarab kwrchi, bular kimlarning suratlari ekan?» 
Qarab kwrsam ularning biri Abdullaxon wzbek (Abdullaxon soniy, 1583-1598 
yy.), ikkinchisi (uning wg’li) Abdumwminxonning surati ekan. Podshoh’ 
mendan swradi; «Suratlar asilmi, ёki sening boshqa fikring bormi? Agar bwlsa 
ayt». Men javob qildim; «Abdullaxon sal twlaroq tasvirlangan. Bwynidagi 
chandiq esa wng tomonda bwlib qolgan. Aslida u kwp h’am twla emas, 
bwynidagi chandiq esa swl tarafda». Podshoh’ rassomni chaqirtirdi va suratni 
men aytgandek qilib chizishni buyurdi. Shundan keyin podshoh’ mendan 
«Abdulmwminxonning surati xususida nima deysan?», deb swradi. Javob 
qildim; «Abdulmwminxonni bug’doy rangli qilib chizibdilar. Aslida u oq-
sariqdan kelgan (yigit), sallani sal oldinga qilib wraydi, bu ancha chiroyli 
chiqadi», dedim. Podshoh’ rassomni chaqirtirdi va bu suratlarni h’am men 
aytganday qilib chizishni buyurdi». 
Xotirotlardan yana birida Mutribiy 1626 yili Buxorodan Hindistonga 
kelgan Buxoro xonining elchisi xoja Abdurah’im bilan bwlgan suh’batni 
keltiradi. Jah’ongir podshoh’ Juybor xojalariga zwr h’urmat-eh’tiromi bwlishiga 
qaramay, Mutribiyga; «Nima uchundir, İmomqulixon Nadr devrnbegiday boobru 
mulozimlari bwla turib, h’uzurimizga navkarlarni yuboribdi?», degan. 


 
186
Olimning Kobuldan Loh’urga meh’mon bwlib kelgan Muh’ammad Hakim 
mirzo sharafiga uyushtirilgan ziёfat h’aqida ёzgan xotirasi h’am diqqatga 
sazovordir. Majlisda gap «musiqa» atamasining kelib chiqishi, manosi, 
shashmaqom («İroq», «Husayniy», «Segoh’» va boshqalar)ning tarixi h’aqida 
musiqashunoslar wrtasida bwlgan baxs h’aqida boradi. Unda Mutribiy h’am faol 
qatnashgan. 
Xotirotlarda Samarqanddagi tarixiy obidalar, Gwri Amir, Shoh’i Zinda, 
Ulug’bek rasadxonasining XVII asr boshlaridagi ah’voli, Siёb (Siob) arig’i 
ustiga qurilgan qog’oz korxonalari (juvozi qog’oz)ning ah’voli h’aqida qimmatli 
malumotlar mavjud. 
Xullasi, Mutribiyning tazkiralari va esda liklari Wzbekiston, Eron, 
Afg’oniston va Hindistonning XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning 
birinchi yarmidagi fan va madaniyati, Buxoro xonligining boshqa mamlakatlar 
bilan aloqalari tarixini wrganishda muh’im manbalardan biri bwlishi mumkin. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish