13.2.5. “Ajoyib at-tabaqot”
“Ajoyib at-tabaqot” (“Er qatlamlarining ajoyibotlari”)-daliliy
malumotlarga boy, kam wrganilgan geo-kosmografik asar. Bir qancha tarixiy,
geografik va kosmografik asarlar h’amda sayёh’larning esdaliklari va
muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida ёzilgan bwlib, Wrta Osiёning XU!-
XU11 asrlardagi tarixi va geografik sharoitiga oid malumotlarga boy.
“Ajoyib at-tabaqot” mavlono sayyid Muh’ammadToh’ir tarafidan Balx
xoni Ashtarxoniy Nadr Muh’ammadxon (1606-1642 yy.)ning topshirig’i bilan
ёzilgan. Muallif asarning muqaddimasida keltirilgan ayrim malumotlarga
qaraganda, mazkur xon saroyida xizmat qilgan olimlar jumlasiga kirgan.
“Ajoyib at-tabaqot”ning ёzilish tarixini quyidagi dalillarga asoslanib
belgilash mumkin. Muh’amad Toh’ir asarining “Balx” qismida Xoja h’ayron
Qishlog’idagi h’azrat Ali (656-661 yy.) mozori tepasiga qurilgan h’ashamatli
bino h’ijriy 886 yilda shoir va tarixchi olim Kamoliddin Binoiy va uning otasi
Muh’ammad Sabz tarafidan qurilganligini aytadi va shundan beri 172 yil wtdi,
deb ёzadi. Shu 172 ga 886 (bino qurilgan yili)ni qwshadigan bwlsak, 1648 yil
kelib chiqadi. Shunga asoslanib, asar h’ijriy 1058, melodiy 1648 yili ёzilgan deb
aytish mumkin.
Muh’ammad Toh’ir wz asarini ёzishda «Majmu ao-g’aroyib»dan tashqari
al-Battoniy (852-929 yy.), Abu Rayh’on Beruniyning «Qonuni Masudiy»,
«Javoirnoma», shuningdek, Abulmalik Marvarudiy, Nosiriddin Tusiy,
Narshah’iy va boshqa olimlarning asarlaridan foydalangan.
172
“Ajoyib at-tabaqot” kam wrganilgan, nashr etilmagan. Uning uchinchi
qismi, tabaqa katta ilmiy qimmatga ega. Unda Wzbekistonning Samarqand,
Toshkent, Andijon, Termiz va boshqa shah’arlari, shuningdek Sharqiy
Turkiston-Koshg’ar va Afg’oniston h’aqida qimmatli malumotlar uchraydi.
WzR FA Sharqshunoslik instituti fondida ushbu asarning uchta qwlёzma
nusxasi (raqamlari № 411,2380 va №9654) mavjud. Ularning yana bir qimmatli
tomoni shundaki, chiroyli nastaliq xati bilan bitilgan, unvon va sarlavh’alari
rangli va tillo suvi berib ёzilgan, Kaba va payg’ambarimiz Muh’ammad
alayh’issalomning Madinadagi muborak qabri tasviri h’am keltirilgan.
Kitobda shah’arlar tavsifi bah’oli imkon twliq berilgan. Namuna sifatida
Balx va Qubodiёn shah’arlari h’aqida berilgan tavsifni keltiramiz.
“Balx – ulug’ shah’ar, Xurosonga qaraydi, twrtinchi iqlimga kiradi. Uni
qadimgi Eron podshoh’laridan Kayumars qurgan, Tah’muras obod qilgan,
Luh’rasip qaytadan qurib, tevarak atrofini pishiq devor bilan wrattirgan. Bir
rivoyatga kwra, uni birinchi bunёd qilgan kishi Qobil ibn Odam..., boshqa
rivoyatga kwra shoh’ Gishtosip Ayyub payg’ambarning amri bilan
qurdirgan...Uchinchi rivoyatda keltirilishicha, (uni) Minucheh’r ibn İroj bino
qilgan. “Tarixi Balx”
92
kitobida ёzilishicha, Balxning qalasi (kwp bor) vayron
qilingan va 22 marta qaytadan tiklangan. Balxning eng swnggi imoratibir vaqtlar
Xuroson h’okimi bwlib turgan Abu Muslim Marvoziy tarafidan qurdirilgan.
Undan keyin shah’id etilgan Abdulmwminxon
93
shah’arning g’arbiy va janubiy
taraflardagi devorni tamirlatgan. Uning uzunligi 20 mign qadam.
Shah’ar ikki qismdan; tashqi shah’ar (shah’ri birun) va ichkm shah’ar
(shah’ri darun)dan iborat.
İchki shah’ar arkdan iborat. Ark shah’arga asos solingandan beri ulug’
podshoh’lar va qudratli xonlarga makon bwlib xizmat qilgan...Hozirgi kunlarda
h’am shunday. Balx shah’ri Meh’robi sangin deb ataluvchi bir masjid bor. Ushbu
rivoyatni aytuvchining h’ikoya qilishicha, shah’arga mwminlar h’ukmdori
h’azrat Alining (xudo undan rozi bwlsin), maktubini olib kelganlarida, uni
balandroq bir joydan ovoza qilmoqchi bwldilar, toki uning mazmunidan h’amma
yuaxtiёr bwlsin. Baxtga qarshi shu payt qattiq shamol turib, maktubni uchirib
ketdi. Bir payt mwminlar Makkani ziёrat etib yurganlarida bir (seh’rli) tosh va
undagi ёzuvga kwzlari tushgan. Ёzuvja (h’azrat Alining) wsha maktubi bitilgan
ekan. (Shu sabadan) toshni muqaddas h’isoblab, (Balxga) olib kelganlar va wsha
masjidning meh’robiga wrnatgan ekanlar. Boshqa bir rivoyatda bunday gap bor;
toshni olib kelganlaridan keyin uni uch qismga bwlganlar va bir bwlagini wsha
masjidda (Muh’robi sanginda) qoldirganlar, yana bir parchasini tashqi
shah’arning (shah’ri birunning) janubiy tarafida, shah’ardan bir milya
94
narida
joylashgan Masjidi xoja Nwh’ gunbadon masjidiga olib borib wrnatganlar.
92
«Тарихи Балх» – шайхулислом Сафиуддин Абубакр Абдулла ал-Балхийнинг асари. Ҳақиқий номи
«Фозоили Балх».
93
Абдулмўъминхон –Шайбоний хонлардан, 1598 йили олти ой Бухоро тахтида ўтирган, унга қадар Балхни
идора қилган.
94
Миля – турли мамдакатларда турлича бўлган масофа ўлчови, тахминан 7 метрга тенг.
173
Malumki, Nwh’ gunbadon nur taratuvchi manzil bwlib, Qab al-axbor
h’azratlarining, undan xulo rozi bwlsin, eikr etilgan mozorda yuino qilingan.
Nwh’ gunbadon masjidi gwzal va mustah’kam bir binodir. Aytishlaricha,
Chingizxon xuruji paytida Balxob darёsini shah’arga burib yuborganlar.
Ushanda masjid olti oy suv ostida qolib ketgan. Lekin uning qoldiqlari h’ali
h’anuz saqlanib qolgan. Zikr etilgan toshning uchinchi qismini shah’arning kun
chiqish tarafida, undan ikki farsang narida joydashgan Xoja Xayron qishlog’ida
bino etilaёtgan masjidning meh’robiga wrnatdilar. Qishloqning kun chiqish
tarafida, undan 100 zira
95
masofada mwminlar amiri Ali ibn Abu Tolibning qabri
topilgan. Va h’aq ywlga tushib olganlar namunasi janob mavlono Binoiyki,
malumotli va binokorlik ilmida tengi ywq kishi edi, avvalgi binokorlarning
h’arakati beh’uda ketgan va bino bwsh qurilgan deb h’isoblab, h’ijriy 886 yili,
padari buzrukvori bilan birgalikda wsha muqaddas mozorda pishiq g’ishtdan
baland bir bino qurdi. Lekin, wsha bino, qurilganiga 170 yil wtganiga qaramay,
uning biror joyi buzilmagan. (Alloh’ tarafidan) mag’firatli qilingan marh’um
Vali Muh’ammadxon (1601 yili) Balxga h’ukmdor etib tayinlangandan keyin
balandligi taxminan 30 zira, aylanasi bir jarib
96
bwlgan bir oliy bino qudirdi va
uning (tevarak-atrofini) obod qildi. Atrofida (gwzallikda) Chmn sanami bilan
bellasha oladigan bir chorbog’ va uning ichida 18 ta chamanzor qurdirdi. Wsha
chorbog’ning shimoliy tarafida jannat bulog’iga wxshagan bir h’ovuz h’am
qurdirdi.
Balxning tashqi shah’arida (shah’ri birunda) va valiylar qutbi xoja Abu
Nasr Porsoning
97
obod mozori bor. Bu mozorning aylanasi taxminan 15 jarib.
Ushbu muqaddas maqbaraning kun botish tarafida ikkita katta masjid bor. Har
chorshanba kuni, peshin namozidan keyin, wsha saodatli maqbara tevaragida
donishmand kishilar, ulamo va shuaro ibodat uchun yig’ilishadi. Sufiylar bosh
egib, yarim oh’angda (bir birlari bilan) suh’batlashadilar, ulamolar
bah’slashadilar, shuaro mushoira va h’azil-mutoyibaga bel bog’laydi. Suh’bat
shu zaylda kechgacha davom etadi.
Va yana wsha tashqari shah’arda (shah’ri birunda) shayx Shaqiqi Balxiy
h’azratlarining, shuningdek jabrlangan xoja İsh’oq va boshqa valiylarning
maqbaralari joylashgan.
Va yana shah’arning kunbotar tarafida Sulton İbroh’imning twng’ich
wg’li Adh’am Soqaning nurga chwmgan maqbarasi joylashgan. Shu kunlarda bu
maqbara Xoja rushnoyi nomi bilan mashh’ur.
Va yana mazkur shah’arning janub tarafida xoja Sulton Ah’mad
Hazraviya janoblari va ul kishining ёsdiqdoshi Bibi Fotimaning maqullangan
maqbaralari joylashgan.
Va yana shah’arning kunchiqar tarafida xoja Ukkosha janoblarining
maqbul maqbarasi joylashgan.
Qubodiёn. Movarounnah’rning katta qishloqlaridan, twrtinchi iqlimga
kiradi. Qayqubod ibn İroj asos solgan. Aytishlaricha, Zol wg’li Rustam
95
Зираъ-узунлик ўлчови, 81,28 сига тенг.
96
Жариб-ер ўлчови, бир таноб, 4097 кв.метрга тенг.
97
Хожа Абу Наср Порсо – Балх шайхулисломи, тахминан 1460-61 йили вафот этган.
174
Qayqubodniwsha erdan Eronga olib kelib taxtga wtqizgan. Bu viloyat qadimda
Qubodobod deb atalgan. Keyincha Qubodiёn nomi bilan shuh’rat topgan.
Hozirgi paytda oliy h’azrat, Alloh’ning erdagi soyasi Nadr Muh’ammadning
adlu eh’soni tufayli u qadar obod bwldiki, h’ar kimning u viloyatdan wtadigan
bwlsa elkasi devor va daraxtlarning soyasiostida bwladi. Ob-h’avosi yumshoq. U
erda turli navdagi shirin-shakar mevalar kwp etishtiriladi. Xususan, anori kwp
mashh’ur. U viloyatda qovun va uxum sotish odati ywq. Ularni bir xarvardan
kam bwlsa pulga sotmaydilar va sotib olmaydilar, balkim h’arkim istiganicha
olishi mumkin.Egalari bunga monelik qilmaydilar.
Xalqi meh’ribon va meh’mondwst. Meh’mon uchun aloh’ida xona
tutadilar. Odamlari wqishga ixlosmand, aksariy qishloqlarda madrasa va
mudarris bor».
“Ajoyib at-tabaqot” asarida Toshkent, Andijon, Farg’ona, Samarqand va
Wzbekistonning boshqa shah’arlari h’aqida h’am mana shunday malumotlarni
uchratamiz.
Mazkur asarning yana bir muh’im tarafi shundaki, unda qimmatbah’o
toshlar va metall va ularning konlari h’aqida h’am etiborga molik malumotlar
bor.
Shuni h’am aloh’ida takidlab wtish lozimki, mazkur asarda Abu Rayh’on
Beruniyning “Javoh’inoma” asarining bizning zamonamizgacha etib kelmagan
nusxalarida tushib qolgan parchalar uchraydi. Bu parchalar buyuk olimning
mazkur yirik asarini qaytadan nashr qilishda juda zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |