11.2.23. “Muntaxab ut-tavorix”
“Muntaxab ut-tavorix” (“Saylanma tarix”) asarining muallifi qwqonlik yirik
tarixchi olim Hakimxon twradir (taxm.1802-vafot etgan yili maxlum emas). Ota
tarafidan naqshbandiya tariqatining yirik namoёndalaridan biri, yirik iloh’iёt olimi
Mah’dumi Azam Kosoniy (1461/62-1542/43 yy.)ning avlodi, ona tarafidan Qwqon
xoni Norbwtaxon (1770-1800 yy.)ning nabirasidir.
Otasi sayyid Masumxon twra Umarxon davri (1809-1822 yy.)da va
Muh’ammad Alixon h’ukmronligi (1822-1842 yy.)ning dastlabki yillarida
xonlikning shayxulislomi lavozimini egallab turgan. Hakimxon twra Muh’ammad
Alixon h’ukmronligiavvalida Namangan, Twraqwrg’on va Kosonsoyda h’okim
bwlgan. Lekin kwp wtmay otasi h’am, wzi h’am xonning g’azabiga duchor bwlib,
egallab turgan lavozimlaridan bwshatilganlar va h’aj marosimini ado etish uchun
Arabistonga jwnatib yuborilgan. Otasi ywlda, Mozori sharifda 1834 yili vafot
etgan. Hakimxon twra esa kwp mashaqqatlar chekib, etti yildan keyin Rossiya,
Turkiya, İroq, Suriya va Falastin orqali Mkkaga etib bordi. Wshanda 1834 yili u
Orenburgda podshoh’ Aleksandr 1 bilan uchrashish sharafiga muyassar bwlgan.
Hakimxon twra Makka va Madina ziёratidan qaytgach, 1828 yili, Muh’ammad
Alixondan chwchib Qwqonga bormadi va qolgan umrini Kitobda kechirdi.
Wzining ёzishicha, Kitobda uning qarindoshlari va ozmi-kwpmi er-suvi bwlgan.
Hakimxon twra yirik tarixnavis olim bwlib, wzining “Muntaxab ut-tavorix”
asarini 1843 yilning 29 may kuni ёzib tamomlangan.
“Muntaxab ut-tavorix”da qadimiy zamonlar, islomiyatdan avval wtgan
payg’ambarlar, qadimgi Eron podshoh’lari, Xitoy va Evropaning qadimiy
podshoh’lari, xalifayi Roshidindan to Movarounnah’rning Mang’it va Ming
sulolasidan chiqqan oliy h’ukmdorlar zamonigacha kechgan tarixi baёn etiladi.
Asarda Qwqon xonligining xonlik asoschisi Shoh’ruh’xon(1709-1721
yy.)ning wg’li va toj-taxt vorisi Abdurah’imxon (1721-1724 yy.) zamonidan to
Norbwtaxon, Olimxon va Umarxon davri tarixi yaxshi ёritilgan. Ayniqsa,
Norbwtaxon, Olimxon va Umarxon davri yaxshi ёritilgan. Asarda muallifning
Rossiya, Turkiya, İroq, Shom (Suriya) va boshqa mamlakatlarga qilgan saёh’ati
chog’ida olgan taassurotlari va wsha mamlakat xalqlarining ijtimoiy-siёsiy h’aёti,
tarixi va h’aёt tarzi h’aqida keltirgan maxlumotlari h’am diqqatga sazovordir.
“Muntaxab ut-tavorix”ning qwlёzma nusxalari kam. Uning Dushanbeda,
Tojikistonda A.A.Semenovning uy muzeyida saqlanaёtgan forscha fotonusxasini
Ah’ror Muxtorov 1983 yili ikki kitob h’olida chop etdi. Asarning wzbekcha
nusxasi h’am bwlib, h’ozirda WzR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida (raqami
№ 594) saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |