148
Abdulmwminning h’ukmronligi olti oydan (1598 y.fevral-iyul) nariga wtmadi.
Undan keyin xon kwtarilgan Mirmuh’ammad soniy (1598-1601 yy.) esa
nomigagina xon h’isoblanib, aslida h’okimiyat nufuzli katta er egalari qwliga
wtib qoldi. Bu vaqtda qozoq xonlari va sultonlarining Movarounnah’r
ustiga
bosqinchilik yurishlari kuchaydi. Ular 1599 va 1600 yillari Toshkent, Jizzax,
Samarqand va Miёnqolgacha bostirib kirib, wtroq ah’olini talon-taroj qildilar.
Janubdan esa Eron h’ukmdorlari yurtimizga tah’did sola boshladilar.
Mana shunday bir sharoitda movarounnah’rlik yirik er-suv egalari
ruh’oniylar va zodagonlar bilan til biriktirib, Jwjixonning wn uchinchi wg’li
Twqay Temur naslidan bwlgan Ёrmuh’ammadxonni taxtga wtqizdilar.
Yangi
sulola tarixda Ashtarxoniylar (1601-1785 yy.) nomi bilan mashh’ur
47
.
Bu davrda mamlakatda tarqoqlik yanada kuchaydi. Dashti qipchoqliklar,
aosan qozoq xonlari va qalmoqlar, Xorazm h’ukmdorlari Abulg’ozixon va
Anushaxon Movarounnah’rga tez-tez bostirib kirib, uning Chorjwy,
Buxoro va
Samarqand shah’arlari va qishloqlarini talon taroj qila boshladilar.
Eron va Shimoliy Hindiston h’ukmdorlari Boburiylarning Buxoro xonligi
ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Mamlakatdagi beqarorlik Ubaydullaxon
soniy (1702-1711 yy.) h’ukmronligi yillarida juda kuchaydi. Ulus h’ukmdorlari,
Balxdagi Mah’mudbiy qatag’on markaziy h’ukuatga bwysunmay qwydilar.
Samarqand va Hisor viloyatlarida yuz qabilasi, Shah’risabz va Qarshida kenagas
va mang’it qabilalari xonga qarshi isёn kwtardilar.
Ubaydullaxon soniy wrniga
xon kwtarilgan Abulfayz (1711-1747 yy.) nomigagina xon bwlib, h’okimiyat bir
guruh’ yirik boylar qwliga wtib qoldi.
Eron podshoh’i Nodirshoh’ (1736-1747 yy.) Movarounnah’rdagi
parokandalik va beqarorlikdan foydalanib, 1740 yilning kuzida Buxoro xonligini
wziga bwysundirdi. Shundan keyin h’okimiyat asosan Nodirshoh’ tarafdori,
mang’it
qabilasidan chiqqan nufuzli, katta er egasi Muh’ammad Rah’imbiy
qwliga wtdi. Abulfayzxon wldirilganidan keyin taxtga wtqizilgan Abdulmwmin
(1747-1751 yy.) va Ubaydullaxon soniy (1751-1753 yy.) nomigagina xon bwlib,
davlatning muh’im ishlarini Muh’ammad Rah’imbiy boshqargan.
1753 yilning 16 dekabrida Muh’ammad Rah’imbiy xon bwldi. Shu
kundan boshlab Buxoro xonligida h’okimiyat Mang’itlar sulolasi qwlida bwlib,
ular 1920 yilning sentryabr oyigacha ukmronlik qilgan.
1709 yili markaziy h’ukumatning zaifligi tufayli Farg’ona vodiysida
Qwkon xonligi (1709-1876 yy.) tashkil topdi.
XVIII-XIX asrda yurtimiz h’ududida
Buxoro amirligi, Xeva va Qwqon
xonligi mavjud bwlib, Rossiya asta-sekin bu h’ududga siqilib kelib, wz
mustamlakasini wrnatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: