O`rta Osiyo xalqlarining XVI-XVII asrlarda siyosiy-iqtisodiy hayoti tarixshunosligi



Download 13,75 Kb.
Sana26.01.2017
Hajmi13,75 Kb.
#1180

Aim.uz

O`rta Osiyo xalqlarining XVI-XVII asrlarda siyosiy-iqtisodiy hayoti tarixshunosligi.

XV asrning 80-90 yillarida kuchayib ketgan tarqoqlik, xususan Toshkent, Farg`ona va Hisorning markaziy hukumatga itoat qilmay qo`yishi, yosh Temuriylarning toji taxt uchun kurashlari davlatning inqirozini tezlashtirdi.

Muhammad Shayboniyxon (1500-1510) – Shayboniylar davlatiga (1500-1601) asos soldi. Lekin, Shayboniylar ham ma`lum darajada iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohada taraqqiyotga erishgan bo`lsalar-da, baribir ular ham mahalliy yirik er-suv egalarining ayrimachilik harakatlariga barham bera olmadilar.

Abdullaxon soniy 1557 yili Buxoroni egalladi va uzoq davom etgan urushlardan (1557-1582) so`ng Movarounnahrni birlashtirdi. U davlatni markazlashtirdi, lekin uning vafotidan (1598 yil 8 fevral) keyin ayirmachilik harakati avj oldi.

Mana shunday bir sharoitda movarounnahrlik yirik er-suv egalari ruhoniylar va zodagonlar bilan til biriktirib, Jo`jixonning o`n uchinchi o`g`li To`qay Temur naslidan bo`lgan Yormuhammadxonni taxtga o`tqizdilar. Yangi sulola tarixda Ashtarxoniylar (1601-1785) nomi bilan mashhur (Asli Xoji tarxon (Astraxon)lik bo`lganlari uchun sulola shunday atalgan).

Bu davrda mamlakatda tarqoqlik yanada kuchaydi. Dashti qipchoqliklar, asosan qozoq xonlari va qalmoqlar, Xorazm hukmdorlari Abulg`ozixon va Anushaxon Movarounnahrga tez-tez bostirib kirib, uning Chorjo`y, Buxoro va Samarqand shaharlari va qishloqlarini talon-taroj qila boshladilar.

Eron va Shimoliy Hindiston hukmdorlari Boburiylarning Buxoro xonligi ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Mamlakatdagi beqarorlik Ubaydullaxon soniy (1702-1711) hukmronligi yillarida juda kuchaydi. Ulus hukmdorlari, Balxdagi Mahmudbiy qatag`on markaziy hukumatga bo`ysunmay qo`ydilar. Samarqand va Hisor viloyatlarida yuz qabilasi, Shahrisabz va Qarshida kenagas va mang`it qabilalari xonga qarshi isyon ko`tardilar. Ubaydullaxon soniy o`rniga xon ko`tarilgan Abulfayz (1711-1747) nomigagina xon bo`lib, hokimiyat bir guruh yirik boylar qo`liga o`tib qoldi.

Eron podshohi Nodirshoh (1736-1747) Movarounnahrdagi parokandalik va beqarorlikdan foydalanib, 1740 yilning kuzida Buxoro xonligini o`ziga bo`ysundirdi. Shundan keyin hokimiyat, asosan nodirshoh tarafdori, mang`it qabilasidan chiqqan nufuzli, katta er egasi Muhammad Rahimbiy qo`liga o`tdi. Abulfayzxon o`ldirilganidan keyin taxtga o`tkazilgan Abulmo`min (1747-1751) va Ubaydullaxon soniy (1751-1753) nomigagina xon bo`lib, davlatning muhim ishlarini Muhammad Rahimbiy boshqargan.

1753 yilning 16 dekabrida Muhammad Rahimbiy xon bo`ldi. Shu kundan boshlab Buxoro xonligida hokimiyat Mang`itlar sulolasi qo`lida bo`lib, ular 1920 yilning sentyabr oyigacha hukmronlik qilgan.

1709 yili Markaziy hukumatning zaifligi tufayli Farg`ona vodiysida Qo`qon xonligi (1709-1876) tashkil topdi.



XVIII-XIX asrda uyrtimiz hududida Buxoro amirligi, Xeva va qo`qon xonligi mavjud bo`lib, Rossiya asta-sekin bu hududga siqilib kelib, o`z mustamlakasini o`rnatdi.

Bo`lib o`tgan siyosiy voqealarning ta`siri tarix faniga ham ta`sir etmasdan qolmadi. Natijada tarixshunoslik ham o`z taraqqiyotida ma`lum bir o`zgarishlarga yuz tutdi.
Download 13,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish