11.2.24.”Tarjimai ah’voli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniёl to asri
amir Abdulah’ad”
143
”Tarjimai ah’voli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniёl to asri amir
Abdulah’ad” (“Buxoroyi sharif amirlarining tarjimai ah’voli. Amir Doniёldan to
amir Abdulah’adgacha”) asarining muallifi Ah’mad Donish ёki Ah’mad Kalla
nomi bilan mashh’ur bwlgan, X1X asrda kwzga kwringan mutafkkir shoir, adib,
olim va diplomatdir. Uning twla ismi Ah’mad ibn Nosir ibn Yusuf al-Xanafiy al-
Buxloiydir. Bwlg’usi tarixchi 1827 yili Buxoroda tug’ilgan. U ёshligidan yaxshi
wqib tarix, mumtoz adabiёt, riёziёt-matematika, ilmi nujum-astronomiya, musiqa
va tibbiёt ilmlarini yaxshi wrgangan, h’usnixat va musavvirlik sirlarini h’am
egallangan.
Ah’mad Donish wz faoliyatini xattotlikdan boshlagan va 50- yil boshlarida
amir Nasrulloh’ xizmatiga qabul qilingan, 1870 yili istefoga chiqib, ilmiy faoliyat
bilan mashg’ul bwlgan.
Ah’mad Donish 1857 yili amir Nasrulloh’, 1869 va 1974 yillari amir
Muzaffar (1860-1885 yy.) elchiligi tarkibida Peturburgda bwldi va Rossiyaning
iqtisodiy, ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёti bilan yaqindan tanishdi. Bu safarlar
olimning dunёqarashiga katta tasir kwrsatdi. Lekin u Buxoroning Rossiyaga
qaraganda qoloqligining h’aqiqiy sabablarini tushunib etmadi. U jamiyatni mavjud
qonun va tartiblarini takomillashtirish ywli bilan, odil podshoh’ning qwli bilan
qaytadan qurish mumkin deb h’isoblardi. Olimning bu qarashlari uning “Navodir
ul-vaqoe” (“Nodir voqealar”) nomli asarida wz aksini topgan. Ah’mad Donish
ushbu asarida amirga davlatni boshqarish ishlarini qaytadan qurishni maslah’at
berdi. Lekin amir bundan darg’azab bwldi va 70- yillar oxirida Ah’mad Donishni
poytaxtdan uzoqlashtirdi va G’uzorga qozi qilib yubordi.
1885 yili, amir Muzaffar vafotidan keyin, u Buxoroga qaytib keldi va
umrining qolgan qismini ilmiy mashg’ulotlar bilan bilan kechirdi. Ah’mad Donish
1897 yili vafot etdi.
Ah’mad Donish sermaxsul ijodkor bwlib, iloh’iёt, ilmi nujum, geografiya,
adabiёt va tarixga oid 20 ga yaqin asar ёzib qoldirdi. “Manozir ul-kavokib”
(“Sayёralarning manzaralari”), “Navodir ul-vaqoe” va ”Tarjimai ah’voli amironi
Buxoroyi sharif” (1885 yildan keyin ёzilgan) asarlari ana shular jumlasidandir.
Wzbekistonning X1X asrdagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtini wrganishda olimning
swnggi asari katta ilmiy ah’amiyatga ega. Kitobda katta swz boshi, sayёralarning
inson taqdiridagi ah’amiyati, din va uning jamiyatdagi wrni twg’risidagi fikrlardan
keyin qisqa tarzda amir Doniёl (1758-1785 yy.), Shoh’murod (1785-1800 yy.),
Haydar va amir Nasrulloh’ h’ukmronligi yillarida bwlib wtgan voqealar baёn
etilgan.
Asarning katta va swnggi qismi amir Muzaffarga bag’ishlangan. Bu qismda
Buxoro xonligining X1X asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli,
shuningdek, chor Rossiyasi qwshinlari tomonidan 1866 yili Jizzax h’amda 1868
yili Samarqandning ishg’ol qilinishi voqealari batafil baёn etilgan.
”Tarjimai ah’voli amironi Buxoroyi sharif” asarining qwlёzma nusxalari
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Dushanbe kutubxonalarida mavjud. Asarning matni
A.Mirzoev tomonidan chop etilgan. 1960 yili kitobning qisqartirilgan ruscha
tarjimasi Dushanbeda nashr qilingan.
144
Do'stlaringiz bilan baham: |