31
6.
Qimmatli qog‘ozlar
savdosi
bilan shug‘ulla-
nuvchi brokerlik
firmalari
opsion shartnomalari, valyutali moliyaviy fyucherslar,
muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi
bo‘yicha mijozlarning buyruqlarini bajaradilar
7.
Moliyaviy
masalalar bo‘yicha
maslahat beruvchi
firmalar
aktivlarni boshqarish va investitsiya masalalari bo‘yicha
mijozlarga kiradilar
8.
Qimmatli
qog‘ozlarni tarqatish
bilan
shug‘ullanuvchi
firmalar
davlat va
munitsipal zayomlarni, korporatsiyalar aksiya-
larini, qimmatli qog‘ozlarni, korporatsiyalarning qarz
majburiyatlarini, mijozlar schyotlari bilan ta’minlangan
qim-matli qog‘ozlarni sotib oladi, shuningdek, yuqorida
qayd qilingan qimmatli qog‘ozlarni investorlarga
takroriy
sotishni taklif
qiladilar
9.
Moliyaviy
Kompaniyalar
korxonalar va xususiy shaxslarga qisqa
va uzoq muddatli
kapital miqdorlarini aniqlash bilan shug‘ullanadilar
10. Kredit kartochkalari
bilan
shug‘ullanuvchi
kompaniyalar
chakana savdo korxonalarini qo‘llab quvvatlash va
xususiy shaxslarga qisqa muddatli kreditlar berish bilan
shug‘ullanadilar
11. Lizing
Kompaniyalari
aktivlarni sotib oladi va
muhtoj korxonalarga, xususiy
shaxslarga ularni ijaraga beradi
12. Sug‘urta
Agentliklari
kredit yoki moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan
sug‘urta polislarini sotadilar yoki to‘la-to‘kis brokerlik
va sug‘urtaviy xizmatlarni bajaradilar
13. Ko‘chmas mulk
operatsiyalari bilan
bog‘liq xizmatlarni
bajaruvchi firmalar
ko‘chmas mulkni baholash va ular bilan bog‘liq bo‘lgan
tijorat loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadilar
14. Omonat, ssuda
berish bilan
shug‘ullanuvchi
assotsiatsiyalar
asosan xususiy shaxslar va oilalarga
omonat depozitlarga
jamg‘ariladigan mablag‘lar rejalarini, shuningdek uy-joy
qurish uchun kredit taklif qiladilar
32
80-yillarda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va brokerlik bilan keng faoliyat
boshlagan «Meril Linch» va «Dreyfus korporeyshn» firmalari bank bo‘lmagan banklarga
misol bo‘la oladi.
Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib borishi
banklarning paydo bo‘lishiga asos soladi. O‘rta asrlarda banklar dastlab puldorlar
tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat shahar puliga almashtirib berish asosida
kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida
qarz so‘ragan subektlariga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul almashtiruvchi
puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan.
Dastlabki banklar jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587 yilda) Florensiya
va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular turli shaharlar va
mamlakatlarning pul belgilarini almashtirishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik
shunday banklar Amsterdamda (1605 y), Gamburgda (1618 y), Milanda, Nyurnbergda,
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat
qilishgan. Ular hisob-kitobni asosan naqd pulsiz amalga oshirishgan.
Tarixda birinchi yirik bank 1694 yilda Angliyada tashkil etilib, unga davlat tomonidan
banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank aksiyador-emmission bank deb
hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi
natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil qilina boshlanadi.
Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi
pullik hisob-kitoblar olib borishiga, kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab
chiqarishning rivojlanishi yollanma mehnatni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan.
g‘llanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul aylanishni yuzaga
keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazifani banklar bajara
boshladi.
SHunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali
harakatini boshqara boshladi.
XX asrning boshlarida yirik Evropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p filiallariga ega bo‘lgan,
yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga
keldi. Bular jumlasiga xalqaro pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi quyidagi
xalqaro banklarni kiritish mumkin:
Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki;
Xalqaro valyuta fondi;
Xalqaro Moliya
korporatsiyasi;
Xalqaro hisob-kitoblar banki;
Evropa investitsiya banki va boshqalar.
Xorijiy banklar to‘liq yoki qisman chet el investitsiyalariga tegishli bo‘lgan banklar bo‘lib,
ular o‘z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar
yirik banklarning sho‘‘balari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: