omillarning ta’siri va ularning ishlab turgan muhiti sharoitini oʻrganishdan tarkib
topgan. Strategik moliyaviy tahlil yoʻnalishlari va ob’ektlari tarkibini hisobga olgan
holda uning oʻrganish predmeti boʻlib korxonaning ishlab turgan moliyaviy muhiti
hisoblanadi. Korxonaning ishlab turgan moliyaviy muhiti deganda tashkilotga, uning
moliyaviy faoliyati shakllari va natijalariga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar
tizimi tushuniladi.
67
Moliyaviy faoliyatni amalga oshirish jarayonida alohida shart-sharoitlar va
omillar ta’siri tavsifi bilan bogʻliqlikda, shuningdek ularni korxona tomonidan
nazorat qilish imkoniyatlariga koʻra ishlab turgan umumiy moliyaviy muhitning
quyidagi alohida turlarini ajratib koʻrsatish mumkin:
- bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit;
- bevosita ta’sir koʻrsatuvchi tashqi moliyaviy muhit;
- ichki moliyaviy muhit.
Bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit uzoq muddatli davrda
tashkilotga, korxonaning moliyaviy faoliyati shakllari va yoʻnalishlariga ta’sir
etuvchi makrodarajada yuzaga keluvchi shart-sharoitlar va omillar tizimi bilan
tavsiflanadi. Korxonaning ular ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri nazoratni amalga oshirish
imkoniyati mavjud emas. Tashqi moliyaviy muhitning bunday turi aniq bir korxonaga
nisbatan munosabati boʻyicha namoyon boʻlishi individual xususiyatlari bilan
tavsiflanmaydi. Bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit shart-sharoitlari
shakllanishida davlat moliyaviy siyosati va korxonalar moliyaviy faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish muhim rol oʻynaydi.
Bevosita ta’sir koʻrsatuvchi tashqi moliyaviy muhit korxonaning kontragentlar
bilan moliyaviy operatsiyalar va bitimlar boʻyicha moliyaviy munosabatlari
jarayonida shakllanadigan, tashkilotga, uning moliyaviy faoliyat shakllari va
natijalariga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar tizimini tavsiflaydi. Bunda
bevosita ta’sir koʻrsatuvchi tashqi moliyaviy muhit oʻzaro bogʻliq aloqalar jarayoniga
ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunday kontragentlar bilan moliyaviy faoliyat boʻyicha
samarali moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish korxona uchun ijobiy boʻlgan
tegishli shart-sharoitlar va omillar tizimini boshqarish imkonini beradi.
Ichki moliyaviy muhit korxona rahbariyati va moliyaviy xizmat mutaxassislari
bevosita nazorati ostida boʻlgan korxonaning eng yaxshi natijalariga erishishi
maqsadida moliyaviy faoliyat shakllari va ularni tashkil etishni tanlashda yuzaga
keluvchi shart-sharoitlar va omillar tizimini tavsiflaydi. Ichki moliyaviy muhit
korxonaning strategik davrda qoʻyilgan maqsad va vazifalariga erishish imkonini
beruvchi moliyaviy imkoniyatlarni ham oʻz ichiga oladi.
Strategik moliyaviy tahlilni amalga oshirish xususiyatlari nafaqat retrospektiv,
shu bilan birga alohida omillar va shart-sharoitlar mumkin boʻlgan oʻzgarishlari
ta’sirini hisobga olgan holda korxona moliyaviy imkoniyatlari istiqboldagi holatini
ham koʻrsatib beradi. Bu strategik moliyaviy tahlil oʻtkazishning uslubiy apparat
tomonidan tuzilgan maxsus metodlaridan foydalanish zaruriyatini koʻrsatadi (bunday
maxsus metodlar analitik tadqiqotning toʻldirilgan va an’anaviy metodlari boʻlishi
mumkin). Strategik moliyaviy tahlil asosiy metodlari tizimi va ularning qoʻllanish
sohasi quyidagi jadvalda aks ettirilgan (2-jadval).
2-jadval
Strategik moliyaviy tahlil asosiy metodlari tizimi va ularning qoʻllanish sohasi
Strategik
moliyaviy tahlil
asosiy metodlari
Metodlarning qoʻllanish sohasi
Bilvosita ta’sir
etadigan tashqi
Bevosita ta’sir
etadigan tashqi
Ichki moliyaviy
muhit omillari