rivojlantirishning dominant sohalari sifatida korxona moliyaviy resurslarini
shakllantirish strategiyasi, korxona moliyaviy resurslarini taqsimlash va ulardan
foydalanish strategiyasi, korxona moliyaviy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi,
korxona moliyaviy faoliyatini boshqarishning sifatini oshirish strategiyalari koʻrib
chiqiladi. Shuningdek, ayrim olimlar tomonidan soliq strategiyasi ham alohida
dominant soha sifatida keltiriladi. Moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita
yuqorida keltirib oʻtilgan dominant sohalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Korxona moliyaviy resurslarini shakllantirish strategiyasi korxona moliyaviy
resurslarini strategik rivojlanish ehtiyojlariga mos ravishda shakllantirish
imkoniyatini yaratishni bosh vazifa sifatida nazarda tutadi va unda quyidagilarga
imkoniyatini oʻstirib borishni ta’minlash.
moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi).
3. Korxona moliyaviy resurslari shakllanish manbalari tarkibini ular qiymat
mezonlari boʻyicha optimallashtirish.
62
Korxona moliyaviy resurslarini taqsimlash strategiyasi korxona moliyaviy
resurslari taqsimlanishini ulardan foydalanish samaradorligi mezonlari boʻyicha
optimallashtirishni nazarda tutadi hamda quyidagi muammolarni hal qilishga jiddiy
e’tibor qaratadi:
1. Korxona xoʻjalik faoliyatining turlari va asosiy yoʻnalishlari boʻyicha
moliyaviy resurslarning zarur mutanosiblikda taqsimlanishini ta’minlash.
2. Korxonaning strategik xoʻjalik birliklari boʻyicha moliyaviy resurslarning
zarur mutanosiblikda taqsimlanishini ta’minlash.
3. Korxonada moliyaviy resurslardan foydalanish jarayonida ularning yuqori
samaradorlik asosida qaytimini ta’minlash.
Korxona moliyaviy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi strategik rivojlanish
jarayonida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash nazarda tutiladi va buning uchun
quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor qaratiladi:
1. Korxonaning doimiy toʻlovga qobiliyatliligini ta’minlash.
2. Korxonaning yetarlicha moliyaviy barqarorligini ta’minlash.
3. Korxonada moliyaviy risklarnng mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini
neytrallashtirish.
4. Inqirozli rivojlanish sharoitida korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirishning
zarur chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Korxona moliyaviy faoliyatini boshqarishning sifatini oshirish strategiyasi
belgilangan strategik davrda istiqbolda korxona moliyaviy faoliyatini boshqarishning
sifatni oshirish shart-sharoitlari tizimini shakllantirishni nazarda tutadi va bunda
quyidagilarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi:
1. Moliyaviy menejerlarning yuqori darajada ixtisoslashuvini ta’minlash.
2. Korxonani rivojlantirish boʻyicha muqobil moliyaviy qarorlar ishlab
chiqishning yetarlicha axborot bazalarini ta’minlash.
3. Moliyaviy faoliyatni boshqarishda zamonaviy texnik vositalaridan, ilgʻor
moliyaviy texnologiyalar va instrumentlarni amaliyotga joriy etish va uladan samarali
foydalanish.
4. Moliyaviy faoliyatni boshqarishning samarali tashkiliy tuzilmalarini ishlab
chiqish.
5. Moliyaviy menejerlar yuqori darajadagi tashkiliy madaniyatini ta’minlash.
Soliq strategiyasi soliqlar boʻyicha majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan
tartibda oʻz vaqtida va toʻliq bajarishni ta’minlashga qaratiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’kidlab oʻtishimiz mumkinki,
korxonalarda moliyaviy resurslarni shakllantirish strategiyasi korporativ strategiyani
moliyaviy ta’minlashga qaratiladi. Moliyaviy resurslarini taqsimlash strategiyasi esa
bir tomondan alohida funksional strategiyalarni amalga oshirishni moliyaviy
ta’minlashga qaratilsa, boshqa tomondan strategik maqsadlarda korxona investitsion
faoliyatini shakllantirishga yoʻnaltiriladi. Korxona moliyaviy xavfsizligini ta’minlash
strategiyasi uning strategik rivojlanish jarayonida moliyaviy barqarorlikning asosiy
parametrlarini shakllantirishga va qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi. Oʻz navbatida
korxona moliyaviy faoliyati boshqaruvining sifatni oshirish strategiyasi korxonalarda
63
mukammal moliyaviy xizmatni shakllantirishga xizmat qiladi. Soliq strategiyasi esa
davlat byudjeti bilan munosabatlarni toʻgʻri tashkil etishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: