O`quv materiallari


 Moliyaviy strategiyani belgilash orqali moliyaviy qarorlar qabul



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

1. Moliyaviy strategiyani belgilash orqali moliyaviy qarorlar qabul 

qilishni tashkil etish 

Korporativ  tuzilmalarda  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilish  aniq  bir  rejalarda  aks 

ettiriladi  va  biznes-rejalarda  o’z  aksini  topadi.  Biznes  uchun  rejani  tuzish  quyidagi 

uch bosqichni o‘z ichiga oladi

12

:  


1. Biznesning maqsad va vazifalarini belgilab olish.  

2. Mumkin bo‘lgan muqobil variantlarni aniqlash. 

3. Qo‘shimcha variantlarni ishlab chiqish va belgilab olish. 

Moliyaviy  strategiya  korxonaning  muhim  funksional  strategiyalaridan  biri 

boʻlib,  tashqi  vositalar  oʻzgaruvchanligi  sharoitida  uzoq  muddatli  moliyaviy 

maqsadlarni  shakllantirish,  ular  muvaffaqiyatini  ta’minlashning  eng  samarali 

yoʻllarini  tanlash,  moliyaviy  resurslarni  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish 

yoʻnalishlarini  samarali  tashkil  etish  yoʻlida  moliyaviy  faoliyat  va  moliyaviy 

munosabatlarni  rivojlantirishning  barcha  asosiy  yoʻnalishlarini  belgilab  olishni 

nazarda  tutadi.  Aynan  shu  xususiyati  bilan  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilishga  asos 

boʻlib xizmat qiladi.  

Korxonaning  samarali  faoliyat  yuritishini  belgilab  beruvchi  moliyaviy 

strategiyasini  ishlab  chiqishning  quyidagi  ahamiyatli  jihatlarini  koʻrsatib  oʻtish 

mumkin: 

1.  Ishlab  chiqilgan  moliyaviy  strategiya  yaxlit  korxona  va  uning  alohida 

tarkibiy  boʻlinmalari  oldiga  qoʻyilgan  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishning  uzoq 

muddatli  umumiy  va  moliyaviy  maqsadlarni  amalga  oshirish  mexanizmini  belgilab 

beradi. 

2.  Moliyaviy  strategiya  korxonaning  real  moliyaviy  imkoniyatlarini  baholash, 

ichki moliyaviy imkoniyatlardan maksimal foydalanish va moliyaviy resurslar tezkor 

aylanuvchanligini ta’minlash imkonini beradi. 

                                                           

12

Atrill, Peter.Financial management for decision makers / Peter Atrill. — 5th ed.2009. p. 621/30. 




58 

 

3. Moliyaviy strategiya tashqi omillarning tezkorlik bilan oʻzgarishi jarayonida 



paydo  boʻladigan  yangi  istiqbolli  investitsion  imkoniyatlardan  samarali  foydalanish 

imkoniyatini yaratadi. 

4.  Moliyaviy  strategiyani  ishlab  chiqish  moliyaviy  rivojlanishning  mumkin 

boʻlgan variantlarida ta’sir etuvchi tashqi omillarni hisobga oladi va korxona faoliyati 

uchun salbiy oqibatlarni minimal darajaga pasaytirish imkonini beradi. 

5.  Korxonaning  moliyaviy  faoliyatini  uning  raqobatchilari  bilan  solishtirish 

orqali afzallik jihatlarini taqqoslash imkoniyatini beradi. 

6.  Aniq  moliyaviy  strategiya  korxona  moliyaviy  faoliyatini  strategik,  joriy  va 

operativ boshqarishdagi oʻzaro bogʻliqlikni ta’minlaydi. 

7.  Korxonada  eng  muhim  strategik  moliyaviy  qarorlar  ijrosini  moliyaviy 

mentalitetga muvofiqlikda amalga oshirishni ta’minlaydi. 

8. Moliyaviy  strategiya  tizimida  muhim  moliyaviy  boshqaruv  qarorlarini  aniq 

mezonlar asosida baholash imkoniyati shakllantiriladi.  

9.  Ishlab  chiqilgan  moliyaviy  strategiya  korxonaning  umumiy  tashkiliy 

boshqaruv  tuzilmalari  va  tashkiliy  madaniyatini  strategik  oʻzgartirishning  dastlabki 

asoslaridan biri sifatida namoyon boʻladi. 

Korxonaning  moliyaviy  strategiyasini  ishlab  chiqish  zamirida  boshqaruvning 

yangi  prinsiplari  yaxlitligi  asosida  shakllantiriladigan  strategik  boshqaruv  tizimi 

yotadi.  Korxona  moliyaviy  strategiyasini  ishlab  chiqish  jarayonida  strategik 

moliyaviy  qarorlar  tayyorlash  va  qabul  qilishni  ta’minlovchi  asosiy  prinsiplar 

qatoriga quyidagi rasmda keltirilgan (1-rasm). 

 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish