282
4-variant
1. Investitsion davr 5 yil. Har yillik inflyatsiya darajasi 12 %. Dastlabki R
summani yilik 8 foiz real daromadliligini ta’minlash uchun qancha foizda
joylashtirishimiz lozim (murakkab foizda).
2. Bank tomonidan korxonaga 28 mln.so’mlik kredit yillik 16 foiz xisob stavka
asosida ajratildi. Korxona 26,5 mln so’m mablag’ oldi. Kredit shartnomasi muddatini
aniqlang.
5-variant
1. Bank tomonidan korxonaga jami 634 mln.so’m kredit quyidagi shartlar
asosida 1 yil muddatga ajratildi: birinchi 90 kun uchun 12%, keyingi 90 kun uchun
18%, keyingi 90 kun uchun 15% hamda ohirgi 95 kun uchun 13%. Korxona
tomonidan bir yildan keyin bankka to’lanadigan summani aniqlang (foizlar oddiy foiz
stavkada).
2. Agar har oylik inflyatsiya darajasi 2 foizni tashkil etsa, 6 oydan so’ng
dastlabki R summani 10 foiz yillik real daromadliligini ta’minlash uchun qancha
foizda investitsiya qilishimiz lozim (oddiy foiz stavkada).
6-variant
1. Dastlabki 14200 ming so’m mablag’ 8 yil muddatga depozitga joylashtirildi.
Foizlar quyidagicha: birinchi 3 yilda 10 foiz, keyingi 3 yilda 9 foiz va so’nggi 2 yilda
141 foiz stavka asosida joylashtirildi. Kelgusidagi oshgan summani aniqlang
(murakkab foizda).
2. Korxonaning 700 mln.so’mlik majburiyati 5 yildan keyin so’ndirilishi lozim.
Murakkab xisob stavka 12 foiz. Foizlar har kvartalda hisoblab boriladi.
Majburiyatning joriy qiymatini aniqlang.
7-variant
1. 32 mln.so’mlik veksel joriy yilning 15 oktyabrida to’lab berish sharti bilan
10 fevral kuni bank tomonidan hisobga olindi, yillik 13 foiz oddiy xisob stavka
asosida. Bank tomonidan dastlabki to’lab berilgan summani aniqlang.
2. Agar oylik inflyatsiya 2% bo’lsa, 3 oyda yillik 5% daromadlilikni ta’minlash
uchun necha foizlik stavkada mablag’larni bankka joylashtirish kerak. (Oddiy
foizlarda)
8-variant
1. Investitsion davr 3 yil. Har yillik inflyatsiya darajasi 9 %. Dastlabki R
summani yilik 6 foiz real daromadliligini ta’minlash uchun qancha foizda
joylashtirishimiz lozim (murakkab foizda).
2. Bank tomonidan korxonaga 32 mln.so’mlik kredit yillik 12 foiz xisob stavka
asosida ajratildi. Korxona 31,8 mln so’m mablag’ oldi. Kredit shartnomasi muddatini
aniqlang.
9-variant
1.Agar mart oyida inflyatsiya darajasi 2%ni, aprel oyida 1%ni, may oyida esa
3%ni tashkil etsa, ushbu davrlarda umumiy inflyatsiya darajasi nechchiga teng?
2. Moliyaviy resurslarni 3 yilga investitsiya qilishning qaysi varianti ma’qul:
yillik 18% oddiy foiz stavkada yoki yillik 15% murakkab foiz stavkada? Yillik 15%
murakkab foiz stavkasiga mos keladigan oddiy foiz stavkasini toping?
283
10-variant
1. Moliyaviy resurslarni 3 yilga investitsiya qilishning qaysi varianti ma’qul:
yillik 18% oddiy foiz stavkada yoki xar kvartalda xisoblanuvchi yillik 15% murakkab
foiz stavkada? Xar kvartalda xisoblanuvchi yillik 15% murakkab foiz stavkasiga mos
keladigan oddiy foiz stavkasini toping?
2. Nafaqa fondiga bir xil miqdorda (300 ming so’m) har yil pul o’tkazildi.
Fond esa tushadigan mablag’ni 16% stavka bilan bankka joylashtiradi. To’lov
muddati 25 yil. Butun muddat uchun rentani oshgan qiymatini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: