2. Korxonalarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvning mohiyati, vazifalari
va prinsiplari
Korxonalarda moliyaviy inqirozni bartaraf etish, uning oldini olish
samaradorligini oshirish va salbiy oqibatlarini tugatish moliyaviy menejmentning
alohida tizimi hisoblangan inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv jarayonida
ta’minlanadi.
Inqirozga
qarshi
moliyaviy
boshqaruv
korxonalarda
moliyaviy
inqirozlarning oldini olish va bu haqda ogohlantirishga, shuningdek uning salbiy
moliyaviy oqibatlarini kamaytirishga yoʻnaltirilgan maxsus boshqaruv qarorlari
kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish metodlari va prinsiplari tizimini oʻzida
aks ettiradi.
Iqtisodiyot nazariyasidan ma’lumki, inqirozli holatlar bozor iqtisodiyoti
sharoitida ham takrorlanib turuvchi jarayonlar hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan
holda iqtisodiyot sub’ektlarida doimiy ravishda inqirozga qarshi boshqaruvning amal
qilishi alohida dolzarblik kasb etadi.
Inqirozga qarshi boshqaruv yuzaga kelishi mumkin boʻlgan inqirozlarni
oldindan koʻra bilishda, shuningdek inqiroz sharoitida inqirozga qarshi rivojlanishni
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Inqirozga qarshi rivojlanish – rivojlanishning ob’ektiv tendensiyalariga mos
korxona tomonidan belgilangan maqsadlardan kelib chiqqan holda inqirozning oldini
olish yoki bartaraf etishga qaratilgan boshqaruv jarayonidir. Inqirozga qarshi
boshqaruv esa bevosita inqirozlarni oldindan koʻra bilish, ularning oqibatlarini
yumshatish va korxonani rivojlantirish uchun inqiro omillaridan foydalanishning
nazorat qilinadigan jarayonlaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladigan moliyaviy
boshqaruv turi hisoblanadi.
Inqirozga qarshi boshqaruvning asosiy maqsadi – korxona faoliyatida yuzaga
kelishi mumkin boʻlgan inqirozlarning oldini olish va tashqi inqirozlarning ta’sirini
kamaytirish hisoblanadi.
Inqirozga qarshi boshqaruvning vazifalari esa quyidagilar:
- inqirozlarning oldindan koʻra olish va ularga mos darajada tayyorgarlik
koʻrish;
- inqirozning xavfli omillariga toʻsqinlik qilish;
- inqirozning rivojlanish dinamikasini boshqarish;
- inqiroz sharoitida korxonaning faoliyat uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash;
254
- inqirozning salbiy oqibatlarini kamaytirish;
- korxonani rivojlantirish uchun inqirozning oqibatlari va omillaridan
foydalanish.
Har qanday boshqaruv turi kabi inqirozga qarshi boshqaruvda ham boshqaruv
ob’ektlari va sub’ektlari amal qiladi.
Umumiy holda inqirozga qarshi boshqaruv ob’ektlari korxona va tashkilotlar
hamda ularning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi. Inqirozga qarshi boshqaruv
sub’ektlari sifatida esa korxona va tashkilotlarning mulkdorlari va menejerlari, davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari, kreditorlar keltiriladi.
Inqirozga qarshi boshqaruvning muammoli sohalari juda keng va turfa xillikka
ega. Inqirozga qarshi boshqaruv doirasida hal qilinishi lozim boʻlgan muammolar
quyidagilar boʻyicha tasniflanadi.
Inqirozning rivojlanish bosqichlari boʻyicha:
- inqirozli holatlarni aniqlash;
- inqirozning oldini olish;
- inqiroz holatlarida korxona faoliyat davomiyligini ta’minlash;
- inqirozdan chiqishni ta’minlash;
- inqiroz oqibatlarini tugatish.
Qoʻllaniladigan inqirozga chora-tadbirlar yoʻnalishlariga koʻra:
- metodologik;
- moliyaviy-iqtisodiy;
- tashkiliy;
- huquqiy;
- ijtimoiy-psixologik;
- konfliktologik.
Boshqarish texnologiyasiga koʻra:
- axborotlar qidirib topish (ularning ishonchliligini ta’minlash);
- inqiroz holatida korxona faoliyatining variantlari va modellarini ishlab
chiqish;
- inqiroz holati (tipi, darajasi, oqibatlari)ni tahlil qilish va baholash;
- inqirozga qarshi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish.
Qoʻllaniladigan instrumentlariga koʻra:
- noaniqlik va resurslarning cheklanganligi sharoitida marketing;
- inqirozga uchragan korxonalarni sanatsiya qilish yoki qayta tarkiblash;
- inqirozga qarshi investitsion, innovatsion siyosat yuritish;
- xodimlarni tanlab olish;
- nizolarni boshqarish.
Inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvning bosh maqsadi moliyaviy inqirozlar
keltirib chiqaradigan korxona bozor qiymati pasayishini minimallashtirish va
korxonadagi moliyaviy muvozanatni tiklash hisoblanadi.
Korxonalarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv oʻz bosh maqsadini
amalga oshirish jarayonida quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga yoʻnaltiriladi:
1. Korxonaning inqirozoldi moliyaviy holatini oʻz vaqtida tashxislash va
moliyaviy inqirozdan ogohlantirish boʻyicha zaruriy kechiktirib boʻlmas chora-
255
tadbirlarni qoʻllash. Bu vazifaning ijrosi korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy-
xoʻjalik faoliyati natijalariga amaliy ta’sir koʻrsatuvchi tashqi moliyaviy muhit
omillari doimiy monitoringini amalga oshirish yoʻli bilan ta’minlanadi. Koʻp
holatlarda bunday monitoring natijalari boʻyicha korxonaning inqirozoldi moliyaviy
holatini tashxislash zaruriy choralarni oʻz vaqtida amalga oshirish hisobiga moliyaviy
inqirozdan qochish, shuningdek uning oqibatlarini yumshatish imkonini beradi.
2. Korxonaning toʻlovga qobiliyatsizligini bartaraf etish.Bu vazifa moliyaviy
inqirozning har qanday shaklini tashxislash jarayonida korxonalarda inqirozga qarshi
boshqaruv vazifalari tizimida kechiktirib boʻlmaydigan vazifalardan biri hisoblanadi.
Mazkur vazifani amalga oshirish korxonada moliyaviy inqirozning chuqurlashuvini
toʻxtatish, xoʻjalik hamkorlari oldidagi nufuzini tiklash, boshqa inqirozga qarshi
chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha vaqtga ega boʻlish
imkonini beradi. Shu bilan birgalikda eslatib oʻtish kerakki, toʻlovga
qobiliyatlilikning buzilishi korxonalarda moliyaviy inqiroz yuzaga kelishining tashqi
alomatlaridan biri hisoblanadi, shuning uchun toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish
turli xil yoʻllar bilan zudlik bilan amalga oshirilishi lozim.
3. Korxona moliyaviy barqarorligini tiklash.Korxonalarda inqirozga qarshi
moliyaviy boshqaruvning bosh maqsadini amalga oshirishni ta’minlovchi asosiy
vazifalardan biri hisoblangan bu vazifa yetarli darajada koʻp kuch va moliyaviy
resurslar xarajatlarini talab etadi. Bu vazifa korxonaning butun moliyaviy-xoʻjalik
faoliyatini bosqichma-bosqich tarkibiy qayta shakllantirish yoʻli bilan amalga
oshiriladi. Korxonani bunday moliyaviy qayta tarkiblash jarayonida birinchi navbatda
kapital, aylanma aktivlar va pul oqimlari tarkibini optimallashtirish, alohida
holatlarda esa investitsion faollikni pasaytirish talab etiladi.
4. Korxonaning bankrotligi va tugatilishining oldini olish. Bundayvazifa
chuqur yoki halokatli tizimli moliyaviy inqirozlarni tashxislash jarayonida
korxonalarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv oldiga qoʻyiladi. Moliyaviy
barqarorlikni ta’minlashning ichki mexanizmlari va korxonaning oʻz moliyaviy
resurslari bunday moliyaviy inqirozlarning oldini olish uchun yetarli boʻlmaydi.
Shuning uchun ham korxonaning bankrotligi va tugatilishining oldini olish uchun
inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv jarayonida moliyaviy sogʻlomlashtirishning
tashqi vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlashga e’tibor qaratish lozim.
5. Moliyaviy inqirozlarning salbiy oqibatlarini minimallashtirish prinsipi.Bu
vazifa inqirozga qarshi chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali
ta’minlanadi. Moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha chora-
tadbirlar samaradorligi korxona bozor qiymatining inqirozgacha boʻlgan davrdagi
darajasiga nisbatan pasayish holati bilan baholanadi.
Inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv tizimi aniq prinsiplar asosida tashkil
etiladi va ular quyidagilar:
1. Ta’sirlarga javob qaytarishga doimiy tayyorlik prinsipi.Inqirozga qarshi
moliyaviy boshqaruv nazariyasi koʻrsatishicha samarali moliyaviy menejment
natijasida erishiladigan korxonadagi moliyaviy muvozanat moliyaviy-xoʻjalik
faoliyati davomida nihoyatda oʻzgaruvchan hisoblanadi. Korxona iqtisodiy
taraqqiyotining har bir bosqichidagi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar moliyaviy-xoʻjalik
256
faoliyatining ichki va tashqi shart-sharoitlaridagi oʻzgarishlarning tabiiy ravishda
yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Bunday qator oʻzgarishlar korxonaning raqobat
pozitsiyasini kuchaytiradi, moliyaviy imkoniyatlari va bozor qiymatini oshiradi; yoki
aksincha korxona faoliyatida inqirozlar yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Moliyaviy
inqirozlar yuzaga kelishining ob’ektiv jarayon ekanligi iqtisodiy taraqqiyotning har
bir bosqichida korxonadagi moliyaviy muvozanatning mumkin boʻlgan buzilishlariga
qarshi moliyaviy menejerlarning doimiy ravishda tayyor turishlari zarurligini taqozo
etadi.
2. Inqirozning oldini oluvchi xatti-harakatlarni amalga oshirish prinsipi. Bu
prinsip inqirozlarning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish va bartaraf etish faoliyatini
amalga oshirishdan koʻra moliyaviy inqiroz xavfining oldini olish yaxshiroq
ekanligini nazarda tutadi. Shuning uchun ham korxonalarda moliyaviy inqirozlarning
oldini olishda inqirozning oldini oluvchi xatti-harakatlarni amalga oshirish prinsipi
birinchi darajali ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur prinsipga amal qilish natijasida
korxonaning inqirozoldi moliyaviy holatini oldindan tashxislash va moliyaviy
inqirozni neytrallashtirish imkoniyatlaridan oʻz vaqtida foydalanish ta’minlanadi.
3. Ta’sirlarga javob qaytarishning muddatliligi prinsipi.Inqirozga qarshi
moliyaviy boshqaruv nazariyasiga muvofiq moliyaviy inqirozlarning har biri
korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining har bir sikli boʻyicha kengayib borish
tendentsiyasiga ega boʻlishi bilan bir vaqtda mos salbiy moliyaviy oqibatlarni ham
yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham tashxislangan har bir inqiroz alomati boʻyicha
inqirozga qarshi moliyaviy mexanizmlar buzilgan moliyaviy muvozanatni tiklashga
nisbatan imkoniyatlar koʻproq.
4. Qoʻllaniladigan inqirozga qarshi chora-tadbirlar darajasining real xavf-
xatar darajasiga mosligi prinsipi.Inqirozga qarshi qoʻllaniladigan chora-
tadbirlarma’lum bir miqdordagi moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Mazkur jarayonda
yuzaga kelgan inqiroz oqibatlarini bartaraf etish uchun xavf darajasiga mos
moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish lozim. Aks holda amalga oshirilgan xarajatlar
oʻz samarasini bermasligi mumkin. Masalan, kutilayotgan moliyaviy yoʻqotishlar
darajasidan yuqori
miqdorda moliyaviy xarajatar amalga oshirilsa, pul
mablagʻlarining ma’lum bir qismi besamar ishlatilgan hisoblanadi, yoki aksincha
moliyaviy xarajatlar kutilyotgan xavf darajasidan kam miqdorda amalga oshirilsa,
yuzaga kelgan xavf-xatar toʻliq bartaraf etilmasdan qoladi. Shu boisdan korxonalar
inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvida yuqoridagi prinsipga ham jiddiy e’tibor
qaratish talab etiladi.
5. Inqirozning oldini olish uchun oʻz ichki imkoniyatlaridan maksimal
foydalanish prinsipi.Mazkur prinsip korxonalarda inqirozlarning salbiy moliyaviy
oqibatlari haqida ogohlantirish va ularga qarshi kurash jarayonida birinchi navbatda
oʻz ichki imkoniyatlarini maksimal darajada hisobga olish va ulardan samarali
foydalanish lozimligini nazarda tutadi. Chunki inqirozning oldini olish yoki uning
salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida chetdan mablagʻlar jalb qilish uchun ham
qoʻshimcha moliyaviy xarajatlar, shuningdek vaqt talab qilinadi.
6. Koʻp tomonlama kompleks chora-tadbirlar qabul qilish prinsipi.Moliyaviy
inqiroz yuzaga kelish shakllari, ularga sabab boʻluvchi omillar m’lum bir
257
kompleksligi bilan tavsiflanishidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan
inqirozga qarshi chora-tadbirlar ham kompleks tarzda qabul qilinishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Shundagina yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy
oqibatlarning samarali oldini olish mumkin boʻladi.
7. Qoʻllanilayotgan mexanizmlarning muqobilligi prinsipi.Inqirozga qarshi
kurash boʻyicha qoʻllaniladigan har qanday chora-tadbir yoki qabul qilinadigan
qarorlar koʻrib chiqilgan variantlardan eng optimalini tanlashga asoslanishi lozim.
Har bir muqobil variantni baholash ularning samaradorlik darajasi va amalga oshirish
uchun talab qilinadigan moliyaviy xarajatlar miqdori tahlilini oʻz ichiga oladi.
8. Moslashuvchanlik prinsipi. Inqiroz yuzaga kelish dinamikasi sharoitlar
oʻzgarib borishiga muvofiq ravishda qarorlar qabul qilishni talab etadi. Inqirozga
qarshi moliyaviy boshqaruvning qayishqoqligi va tezkor moslashuvchanligi inqirozga
qarshi qoʻllaniladigan chora-tadbirlarning samaradorligiga xizmat qiladi.
9. Samaradorlik prinsipi. Bu prinsip inqirozga qarshi chora-tadbirlar va ularni
amalga oshirish uchun yoʻnaltirilgan xarajatlarni baholash orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |