6. Bartaraf etish imkoniyatlariga koʻra moliyaviy inqirozlar quyidagicha
tasniflanadi:
- Faqat ichki mexanizmlardan foydalanish asosida bartaraf etiladigan
moliyaviy inqirozlar. Bunday mexanizmlarning tarkibi inqirozga qarshi moliyaviy
boshqaruvni amalga oshirish jarayonida korxona tomonidan mustaqil belgilanadi.
- Tashqi sanatsiya yordamida bartaraf etiladigan moliyaviy inqirozlar. Bunday
mexanizm inqirozni bartaraf etishning ichki mexanizmlari tizimini toʻldiradi.
- Bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlmagan moliyaviy inqirozlar. Bunday
inqirozlarning yuzaga kelishi natijasida uni bartaraf etish boʻyicha qoʻllaniladigan har
qanday mexanizm samarasiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |