233
Asosiy vositalar bo‘yicha savdo-xarid shartnomalarini almashtirish bo‘yicha
lizing shartnomalarini qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki lizingga
berilgan asosiy vosita lizing oluvchining balansida aks etadi. Natijada korxona
lizingga berilgan ob’ekt bo‘yicha lizing to‘lovlari bo‘yicha tushumga ega bo‘ladi,
mol-mulk solig‘i bo‘yicha xarajatlari qisqaradi.
Korxonaning mehnatga haq to‘lash tizimi bo‘yicha siyosatidan kelib chiqqan
holda ish natijalari bo‘yicha har xil rag‘batlantiruvchi mukofotlarni tartibga solish
(almashtirish) jarayonida to‘lanadigan mukofot summalari xarajatlarini foyda
solig‘iga tortish jarayonida qayta qo‘shilishini inobatga olish maqsadga muvofiq.
Munosabatlarni taqsimlash metodi almashtirish metodi kabi bir xil mavqega
egalik, ya’ni tenglik tamoyiliga asoslanadi, lekin mazkur holatda bir xo‘jalik
munosabatini almashtirish ko‘zda tutilmaydi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki,
oddiy xo‘jalik operatsiyalari tizimida munosabatlarni taqsimlash murakkab jarayon
hisoblanadi va birinchi navbatda mustaqil vazifalarni belgilash orqali amalga
oshiriladi.
Masalan, binoni rekonstruktsiya qilish bo‘ycha operatsiyalarda rekonstruktsiya
va kapital ta’mirlash xarajatlarini taqsimlay bilish maqsadga muvofiq. Bunda
xarajatlar asosiy vositalar qiymatining oshishiga sabab bo‘ladi va sof foyda yoki
korxonaning boshqa aktivlari hisobiga amalga oshiriladi. Mahsulot tannarxining
oshishiga sabab bo‘ladi va o‘z navbatida foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan
bazani kamaytiradi.
Mulk bo‘yicha savdo-xarid shartnomalarini taqsimlash paytida xususiy savdo-
xarid shartnomasi va informatsion-kosultativ xizmat ko‘rsatish shartnomasi
summasini hisobga olgan holda ikkinchi shartnoma bo‘yicha to‘langan summa bir
vaqtning o‘zida mahsulot tannarxiga kiritiladi. Natijada, mulk qiymati kamayadi va
o‘z-o‘zidan mol-mulk solig‘i summasi ham kamayadi; xizmat ko‘rsatish xarajatlari
amortizatsiya sifatida bir necha yil davomida emas, balki faqat bir marta chegiriladi.
Soliq to‘lovlarini kechiktirish metodi soliqlarni soliqqa tortish ob’ekti paydo
bo‘lgan vaqtni kalendar davri (yil, chorak, oy)ga bog‘liq ravishda to‘lash muddatini
uzaytirishga asoslanadi.
Soliqqa tortish ob’ektini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qisqartirish metodi operatsiyalarni
yoki mulkni soliqqa tortiladigan ob’ekt qatoridan chiqarishni o‘zida aks ettirib,
korxona xo‘jalik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunda quyidagilardan
foydalanish mumkin:
savdo-xarid operatsiyalarini takomillashtirish paytida soliqqa tortish ob’ektini
qisqartirish va tovar (ish, xizmat)lar narxini oshirish;
mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish ob’ektini inventarizatsiya o‘tkazish
yo‘li bilan, fizik jihatdan yaroqsiz yoki ma’naviy jihatdan eskirgan mulklarni
hisobdan chiqarish orqali qisqartirish;
soliqqa tortiladigan mulk qiymatini qayta baholash o‘tkazish orqali
qisqartirish (deflyatsiya sharoitida);
Soliq majburiyatlarini taqsimlash metodi korxonada asosiy soliq to‘lovlari
bo‘yicha maxsus javobgarlikni belgilaydi. Bunda tashkil etilgan javobgarlikdan kelib
chiqqan holda fiskal bosimni kamaytirishga harakat qilinadi. Mazkur soliq
234
ajratmalarini kamaytirish usulini amalga oshirish uchun soliqlarni rejalashtirishdan
foydalaniladi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va soliq to‘lovchilar guruhlari bo‘yicha qonuniy
o‘rnatilgan imtiyozlar va preferentsiyalardan foydalanish metodi alohida soliqqa
tortish rejimlari o‘rnatilgan, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy o‘sishni va
mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydigan alohida sohalar, faoliyat turlari
(qishloq xo‘jaligi, telekommunikatsiya, ilm-fan va tajriba-konstruktorlik ishlari),
soliq to‘lovchilarning alohida guruhlari (kichik biznes sub’ektlari, maxsus bitimlar
asosida faoliyat yurituvchi investorlar), alohida hududlar (erkin industrial-iqtisodiy
zonalar), ijtimoiy masalalarni hal qilishda qatnashuvchi tashkilotlar (nogironlarni ish
bilan ta’minlash, notijorat tashkilotlariga va sport musobaqalarini o‘tkazishga
homiylik yordamlarini ko‘rsatish); eksportga yo‘naltirilgan tovar ishlab chiqaruvchi
korxonalar va boshqa sub’ektlar uchun foydali hisoblanadi.
Yurisdiktsiyani almashtirish metodida korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida
o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini va boshqaruv binosini imtiyozli soliq
tartiblaridan kelib chiqib joylashtiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan metodlar anchayin ajratuvchan (bir-biriga o‘zaro
bog‘liqligi mavjud bo‘lmagan) va qisqa muddatli. Soliqlarni optimallashtirishning
bunday metodlarini tanlash korxonaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi (sotish, foyda
va boshqa ko‘rsatkichlarning o‘sishi)ga erishishida samaralidir. Bu jarayon oraliq
vaqtlar davomida xarajatlarni kamaytirish hisobiga korxonaning uzoq muddatli
iqtisodiy o‘sishi va moliyaviy barqarorligi kelajakda ta’minlanadi.
Korporativ soliq menejmentida rejalashtirilayotgan davr uchun soliq to‘lovlari
summalarini prognozlash, ya’ni byudjetlashtirish alohida ahamiyatga ega. Soliqli
byudjetlashtirishsiz korxona umumiy byudjetining samaradorligi va realligini
ta’minlash ancha murakkabdir.
Soliqni byudjetlashtirish korporativ soliqlarni rejalashtirish, tartibga solish va
nazorat, shuningdek xo‘jalik sub’ektida soliq oqimlarini optimallashtirishning
jamlangan usulining natijaviy qismi bo‘lib hisoblanadi. Soliqni byudjetlashtirish soliq
foydasini yuqori darajada olish maqsadida soliq daromadlari va xarajatlari doirasida
qabul qilingan qarorlar samaradorligidan kelib chiqqan holda optimal qarorlarni
tanlashga asoslangan. Soliqni byudjetlashtirishning yakuniy maqsadi korxonaning
uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Korporativ miqyosda
soliqlarni byudjetlashtirish korxonada ishlab chiqilgan soliq byudjetida aks etishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: