korporativ soliq menejmenti bu – davlat soliq menejmenti tomonidan belgilangan
qonunchilik doirasida mikrodarajada soliqlar boʻyicha pul oqimlari harakatini
samarali boshqarish orqali soliq majburiyatlarini minimallashtirish, tartibga solish,
soliq xatolarining oldini olish, soliq toʻlashning qulay vaziyatlarini tanlashga
qaratilgan korporativ moliyani boshqarish tizimining muhim boʻgʻinidir.
Korporativ
soliq menejmentining tashkiliy yoʻnalishlari quyidagilar
hisoblanadi:
- korxonalarda soliq majburiyatlarini boshqarish;
- korxonalarda soliqlarni rejalashtirish;
- korxonalarda soliq risklarini boshqarish;
- ichki soliq nazoratini tashkil etish;
- soliqlarni qonun doirasida kamaytirish boʻyicha sxemalar ishlab chiqish.
Korxonalarda
soliq
majburiyatlarini
boshqarish
bevosita
amaldagi
qonunchilikdan kelib chiqqan holda soliqlarni hisoblash hamda belgilangan tartibda
tegishli byudjetlarga oʻtkazib borishni nazarda tutadi. Ya’ni soliq majburiyatlarini oʻz
vaqtida bajarishga yoʻnaltiriladi. Bu jarayonda soliq qonunchiligi boʻyicha axborot
bazasini yaratish, yangilab turish va saqlash alohida dolzarblik kasb etadi.
Shuningdek faoliyat davomida soliq toʻlovchi sifatida tegishli organlarda oʻz vaqtida
hisobda turish yoki qayta roʻyxatdan oʻtish, soliq nazorati oʻtkazilayotganda soliq
organlariga tegishli hujjatlarni oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etish,
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish qonunchilik tomonidan taqdim etilgan
yengilliklar va soliq majburiyatlarini qisqartirishning boshqa qonuniy usullaridan
foydalangan holda soliq va majburiy ajratmalarni kamaytirish boʻyicha
belgilanadigan moliyaviy rejalashtirish turi hisoblanadi. Soliqlarni rejalashtirishning
ahamiyati soliqlarni maksimal darajada qisqartish uchun qonunchilik yoʻl qoʻygan
usul va vositalar, shu jumladan qonunchilikdagi boʻshliqlardan soliq toʻlovchilar
foydalanishi natijasida uning prezumptsiya huquqi tan olinishida aks etadi. Bundan
tashqari soliqlarni rejalashtirish soliqlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash boʻyicha
chora-tadbirlarni oldindan belgilashda ham namoyon boʻladi.
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni tashkil etish orqali soliqlar va majburiy
ajratmalarni qonun doirasida kamaytirish imkoniyatlarini quyidagilarda koʻrish
mumkin:
-
soliqqa tortish ob’ekti boʻyicha (masalan, davlat lotereya va
obligatsiyalaridan daromadlar, omonatlar boʻyicha foizlar);
- soliqqa tortish sub’ekti boʻyicha (masalan, mikrofirma va kichik korxonalar
uchun investitsion soliq kreditining amal qilishi);
- soliqlarni hisoblash va toʻlash usuli boʻyicha (masalan, kadastrli usulda soliq
toʻlash inflyatsiya sharoitida korxona uchun foydali hisoblanadi);
228
- soliqqa tortish tizimlari boʻyicha (ayrim korxonalar uchun umumbelgilangan
tartibda soliq toʻlashning qulayligi, ayrimlari uchun esa soddalashtirilgan tartibda
toʻlash soliqlarni kamroq toʻlash imkonini berishi);
- faoliyatni soliq yuki past davlatlarda tashkil etish orqali soliqlarni butunlay
kamaytirish (offshor zonalar orqali soliqlarni kamaytirish) va boshqalar.
Soliqlarni rejalashtirish qator elementlarga ega hisoblanadi va ular quyidagilar:
1. Buxgalteriya hisobi va soliq hisobining muvofiqligi. Bunda buxgalteriya
hisobi va soliq hisobi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida bir-biriga qat’iy ravishda
oʻzaro muvofiq kelishi kerak. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari soliqqa tortish
jarayonida asos boʻlib xizmat qiladi. Lekin buxgalteriya hisobi va hisoboti
korxonaning haqiqiy moliyaviy holatini aks ettira olmaydi. Buxgalteriya va soliq
hisoblarining oʻzaro muvofiq kelmasligi investitsion qarorlar qabul qilishda,
soliqlarni rejalashtirishda keskinlikni yuzaga keltirishi mumkin. Korxona hisob
siyosati orqali buxgalteriya hisobi va soliq hisobining oʻzaro mos kelishini ta’minlash
lozim.
2. Soliq imtiyozlari va ularning shartnomalar tuzish jarayoniga ta’sirini
baholash. Buni yagona soliq toʻlovi toʻlovchi mikrofirma va kichik korxonalar uchun
qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod boʻlish holatidan kelib chiqqan holda izohlash
mumkin. Ya’ni, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchi hisoblanganda erishiladigan
natija va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod boʻlgan holatda erishiladigan natija
oʻzaro solishtiriladi. Umuman soliqlarni rejalashtirishda soliq imtiyozlaridan toʻliq
foydalanishga jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
3. Ichki soliq nazoratini rejalashtirish. Soliq hisob-kitoblaridagi va moliyaviy
hisobotlardagi xato va kamchiliklarning soliq tekshiruvlari oʻtkazilgunga qadar ichki
soliq nazorati orqali aniqlanishi korxonaga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan
moliyaviy jarimalarning oldini oladi.
4. Soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha toʻlov kalendarini ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etish. Mazkur amaliyot soliq toʻlovlarining kechikishining oldini
olishga xizmat qiladi.
5. Imtiyozli soliq rejimlari qoʻllaniladigan soha va hududlarni oʻrganish.
Bunda asosiy e’tibor mahalliylashtirish dasturlari doirasida mahsulotlar ishlab
chiqarish, maxsus iqtisodiy zonalarda faoliyatni tashkil etishga qaratiladi.
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish strategik, joriy va operativ rejalashtirish
tarzida tashkil etilishi lozim.
Soliqlarni strategik rejalashtirish faoliyatni boshlayotgan vaqtdagi tashkiliy
jarayonlarni soliq nuqtai nazardan baholashni nazarda tutadi. Ya’ni soliq doirasi
oldindan oʻrganib chiqilgan holda faoliyat tashkil etiladi. Bunda korxonani
joylashtirish, faoliyat sohasi kabilarga jiddiy e’tibor qaratiladi.
Soliqlarni joriy rejalashtirishda esa buxgalteriya va soliq hisobi muvofiqligini
ta’minlash, soliq imtiyozlarini tahlil qilish va foydalanish samaradorligini oʻrganish,
soliq bazalarini rejalashtirish kabilar alohida tartibda koʻrib chiqiladi.
Soliqlarni operativ rejalashtirish esa shartnomaviy munosabatlarda soliqlarni
hisobga olish, soliq kalendarlarini tuzish va boshqalarga e’tibor qaratiladi.
229
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning samarali amal qilishi davlat byudjeti
daromadlarining qisqarishiga ham sabab boʻladi. Bunday holatda korxonalarda
soliqlarni rejalashtirishni chegaralash boʻyicha davlat tomonidan ham qator chora-
tadbirlar koʻriladi. Qator mamlakatlarda soliqlarni toʻlashdan qochishning oldini olish
uchun, shuningdek soliqlarni rejalashtirishning qoʻllanish doirasini chegaralash
imkonini beruvchi maxsus metodlar ishlab chiqilgan. AQSh, Buyuk Britaniya va
Evropa Ittifoqi mamlakatlarida «antitransfert», «antioffshor» va «antidemping»
qonunchiligi nihoyatda jiddiy amal qiladi.
Hozirgi vaqtda davlat tomonidan korxonalarda soliqlarning rejalashtirish
imkoniyatlarini pasaytirish maqsadida qoʻllaniladigan chora-tadbirlar sifatida
quyidagilarini keltirish mumkin:
- qonunchilikdagi boʻshliqlarni toʻldirish;
- qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;
- ma’muriy ta’sir etish chora-tadbirlarini qoʻllash.
Davlat
qonunchilik
hujjatlaridagi
doimiy
oʻzgarishlar
sharoitida
qonunchilikdagi boʻshliqlarni doimiy toʻldirib borishga hamda soliqlarni
pasaytirishga imkon tugʻdiruvchi holatlarni bartaraf etish boʻyicha soliq
qonunchiligiga tuzatishlar kiritishga harakat qiladi. Aynan shuning uchun uzoq
muddat davomida soliqlarni rejalashtirishni mazkur usul (soliq qonunchiligidagi
boʻshliqlardan foydalangan holda soliqlarni rejalashtirish usuli)da amalga
oshirishning imkoniyati chegaralangan.
Mamlakatimiz soliq qonunchiligiga soliq prezumptsiyasi tamoyili kiritilishi
natijasida soliq toʻlovchilar huquqi yuqori baholanishi joriy etilganligi sababli qonun
chiqaruvchi organ tomonidan qonunchilikdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga
alohida e’tibor qaratiladi.
Soliqlarni rejalashtirishni chegaralashning ma’muriy ta’sir etish chora-
tadbirlarida soliq toʻlovchining soliqlarni joriy rejalashtirishi chegaralanadi. Soliq
organlari soliqlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlashni, zarur hujjatlarni taqdim etishni,
tushuntirishlarni talab qilish huquqiga ega. Ular tekshiruvlar oʻtkazish va tegishli
sanksiyalarni qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Misol sifatida yagona
soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisob-kitobini soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar
toʻgʻrisidagi qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda taqdim etmaslik holatida sub’ektning
javobgarlikka tortilishi boʻyicha soliq organlarining huquqini keltirish mumkin.
Korxonalarda soliqlar boʻyicha pul oqimlarini boshqarishda soliqlarni
rejalashtirishga qarama-qarshi ravishda davlat tomonidan qoʻllaniladigan chora-
tadbirlarni ham inobatga olish lozim.
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish jarayonida ma’lum bir xatoliklar yuzaga
kelishi mumkin. Ya’ni soliqlarni rejalashtirishda kutilgan natijaga erisha olmaslik
natijasida moliyaviy yoʻqotishlarga sabab boʻluvchi moliyaviy risk turi hisoblangan
soliq risklari yuzaga kelish ehtimoli ham yuqori hisoblanadi. Shu boisdan ham
korporativ soliq menejmentining alohida yoʻnalishi sifatida soliq risklarini
boshqarishga alohida yoʻnalish sifatida koʻrib chiqiladi.
Soliq riski tushunchasi soliq munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlarning oʻz
majburiyatlarini bajarish borasidagi faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin
230
boʻlgan va soliqlar amal qilishidan bevosita manfaatdor boʻlgan tomonlarning
qoʻshimcha moliyaviy yoʻqotishlariga sabab boʻluvchi xavf-xatarni anglatadi.
Bundan koʻrinib turibdiki, soliq risklarining oldini olish bevosita qoʻshimcha
moliyaviy yoʻqotishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Shu oʻrinda alohida ta’kidlash kerakki, soliq toʻlovchilar tomonidan soliq
risklariga atayin yoʻl qoʻyish soliq toʻlovchilar uchun ijobiy natija bilan ham
yakunlanishi mumkin. Masalan, soliqqa tortish shartlaridagi qonunchilikning
yumshashi, xususan soliq huquqbuzarliklariga qarshi qoʻllaniladigan chora-tadbirlar
ta’sir doirasining yengillashuvi soliq toʻlovchi zimmasidagi soliq yukining
qisqarishiga sabab boʻladi. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi toʻlovni
kechiktirish natijasida qoʻllaniladigan penya yoki jarima miqdori bilan birgalikda
hisoblab chiqiladi va unga parallel ravishda toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini
ishlab chiqarishga joylashtirish natijasida olinadigan tushum hisob-kitobi amalga
oshiriladi hamda koʻrsatkichlar oʻzaro solishtiriladi. Natija soliq toʻlovchi uchun
ijobiy boʻladigan boʻlsa soliq riskini keltirib chiqaruvchi soliq huquqbuzarliklari
atayin sodir etiladi.
Soliq risklari soliq toʻlovchi moliyaviy holatiga salbiy ta’sir koʻrsatish bilan
birga davlatga ham oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatishi mumkin. Bunda soliq yuki
darajasining va soliq qonunchiligi buzilishi bilan bogʻliq moliyaviy yoʻqotishlarning
oʻsishi soliq toʻlovchilar moliyaviy resurslarining va mulkiy imkoniyatlarining
pasayishiga sabab boʻlishi bilan birga byudjet daromadlari tashkil topish manbalari
sifatida soliq tushumlarining pasayishiga ham sabab boʻladi.
Soliq risklarini samarali boshqarishni tashkil etish uchun soliq risklarini
aniqlash va baholash, ularga ta’sir etish, ya’ni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish
muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa soliq qonunchiligidagi munozarali
holatlarni oʻrganib chiqish va ularga aniqlik kiritish, mavjud risklar monitoringini
olib borish, risklarning tasniflanishi va ularning oqibatlarini tahlil qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek soliq risklarini boshqarishda korporativ soliq
menejmentining yana bir tashkiliy yoʻnalishi hisoblangan ichki soliq nazoratini
oʻtkazish ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Aksariyat holatlarda soliq nazorati deganda davlat soliq organlarining soliq
toʻlovchilar faoliyatini oʻrganishga qaratilgan faoliyati va bu borada ularning amalga
oshiradigan ishlari tushuniladi. Bunda soliq nazorati soliq toʻlovchilarning amaldagi
soliq qonunchiligiga amal qilish darajasini oʻrganishga, soliq huquqbuzarliklariga
qarshi kurashga qaratiladi.
Soliq organlari tomonidan oʻtkaziladigan soliq nazorati davrida soliq
huquqbuzarliklarining aniqlanishi soliq toʻlovchilarga nisbatan amaldagi
qonunchilikka koʻra qoʻllaniladigan javobgarlik choralari qoʻllanilishiga sabab
boʻladi. Bu holat oʻz navbatida soliq toʻlovchining jiddiy moliyaviy yoʻqotishlariga
sabab boʻladi.
Soliq huquqbuzarliklari tufayli qoʻshimcha majburiyatlarning yuzaga kelishi
va ularning moliyaviy yoʻqotishlarga olib kelishining oldini olish maqsadida davlat
soliq nazoratidan tashqari korxonalarda soliq menejmentining muhim yoʻnalishi
231
hisoblangan ichki soliq nazoratini yoʻlga qoʻyish korxonalar moliyaviy-xoʻjalik
faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ichki soliq nazoratini amalga oshirishning tartibi, shakllari, usullari va amal
qilishi korxonaning faoliyat koʻlami, tashkiliy-huquqiy xususiyatlari bilan
bogʻliqlikda oʻzaro farq qilishi mumkin.
Korxonalarda ichki soliq nazoratini tashkil etishdan asosiy maqsad soliq
organlari tomonidan korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga oid nazorat
oʻtkazilgunga qadar soliq xatolarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali moliyaviy
javobgarliklarning oldini olishdir.
Ichki soliq nazorati tushunchasi zamirida umumiy tizim bilan bogʻliqlikda
korxonada soliq hisobini tashkil etishga yoʻnaltirilgan maqsadli va tizimli faoliyat;
soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarining toʻgʻri
amalga oshirilayotganligi hamda ularning oʻz vaqtida toʻlanayotganligi ustidan
nazorat; davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilgunga qadar
yoʻl qoʻyilgan soliq xatolari va soliq huquqbuzarliklarini bartaraf etish; soliq
huquqbuzarliklariga nisbatan moliyaviy va ma’muriy choralarni kamaytirish yotadi.
Korxonalarda ichki soliq nazorati soliqlar boʻyicha kamchiliklarni bartaraf
etishga qaratiladi. Bundan asosiy e’tibor bevosita xoʻjalik yurituvchi sub’ektlar
buxgalteriya hisobi yuritilishiga qaratilishi kelib chiqadi. Ichki soliq nazoratini tashkil
etish jarayoni haqida soʻz yuritganda, bunda birinchi navbatda buxgalteriya hisobida
soliq xatolarining yuzaga kelish sabablari haqida toʻxtalib oʻtishga toʻgʻri keladi.
Korxonalar amaliy faoliyatida soliq xatolarining yuzaga kelish sabablarini
quyidagicha tasniflash mumkin:
- birlamchi hujjatlar (buyruqlar, dalolatnomalar, shartnomalar, yukxatlar,
hisob-kitoblar, hisobvaraq-fakturalar va boshqalar)ning yoʻqligi yoki soliq
qonunchiligi nuqtai nazaridan notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi;
- soliq qonunchiligini shartli ravishda notoʻgʻri izohlash (talqin etish)
natijasidagi xatolar;
- soliq qonunchiligidagi qarama-qarshiliklar va noaniqliklar bilan bogʻliq
xatolar;
- soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarga oʻz vaqtida e’tibor qaratmaslik;
- arifmetik xatolar;
- soliq inspeksiyalariga soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar hisob-
kitoblari va moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik;
- soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik.
Oʻrganishlar shuni koʻrsatadiki, soliq xatolarining yuzaga kelishiga koʻproq
sub’ektiv omillar sabab boʻladi. Oʻtkazilgan kuzatishlar va tahlillarga koʻra 75%
soliq xatolari bevosita inson omili bilan bogʻliq. Bunda xodim malakasining
etishmasligi, bee’tiborlik (diqqat bilan ishlamaslik), oʻz majburiyatlarini bajarishga
sidqidildan yondashmaslik va boshqalar soliq xatolarining yuzaga kelishiga sabab
boʻluvchi asosiy omil sifatida koʻzga tashlanadi. Korporativ nazorat tizimi bilan
bogʻliqlikda soliq hisob-kitoblariga ta’sir qiluvchi sub’ektiv omillarni maksimal
darajada qisqartirish va korxonaning soliq majburiyatlarini amalga oshirish paytidagi
232
xatolarini yoʻqotish ichki soliq nazoratini tashkil etishning asosiy maqsadlaridan
biridir.
Ichki soliq nazorati doirasida korxonalar miqyosida soliq tahliliga ham alohida
e’tibor qaratiladi. Soliq tahlili oʻtkazilayotganda soliqlar va majburiy ajratmalar
umumiy tahlili, soliq yuki tahlili, soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha qarzdorlik
tahlili alohida-alohida tartibda ham koʻrib chiqiladi.
Korporativ soliq menejmentini tashkil etishning yana bir yoʻnalishi
hisoblangan korxonalarda soliqlarni qonun doirasida kamaytirish boʻyicha sxemalar
ishlab chiqish aksariyat holatlarda soliqlarni optimallashtirish deb ham ataladi. Bu
jarayon soliqlarni rejalashtirishdan kelib chiqqan holda soliqlarni kamroq toʻlash yoki
umuman toʻlamaslik imkonini beruvchi aniq sxemalar ishlab chiqish va ulardan
korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida foydalanishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |