Risklarni o‘zaro bog‘liqligini baholash. Risklar yakka ajralgan holda
bo‘lmasligi sababli, korxonalar uchun riskni o‘zaro ta’sirini boshqarish muhim
sanaladi. Portfel riskini tushunish uchun uning tarkibidagi har bir aktiv riskini alohida
hisoblash, shuningdek ularning o‘zaro bog‘liqligida paydo bo‘ladigan riskni
hisoblash kerak bo‘ladi.
Hatto ahamiyatsiz bo‘lgan risklar ham boshqa hodisa va holatlar bilan birgalikda
potentsial yirik talofatga yoki aksincha imkoniyatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun korxonalar risklarni integrallashgan yoki yaxlit ko‘rinishida riskni
o‘zaro bog‘liq xaritasi, korrelyatsion matritsasi, «bow-tie» diagrammasi singari
texnikalardan foydalangan holda baholashga intilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |