Risk sodir bo‘lish tezligi. Risk sodir bo‘lish tezligi – bu risk holati o‘zini
oshkor etishi uchun ketadigan vaqtni, ya’ni risk hodisasi sodir bo‘lishi va korxona
birinchi bor uning ta’sirini his qilish nuqtasi oralig‘ida kechadigan vaqtni anglatadi.
Ushbu tezlikni bilish korxona uchun riskka qarshi choralar rejasini ishlab chiqishiga
foydali hisoblanadi (7-jadval).
Riskni baholash. Risklarni baholash – bu har bir risk uchun qabul qilingan
mezon asosida qiymat belgilash va ehtimolli imkoniyatlarni aniqlash hisoblanadi.
Buni ikki bosqichda amalga oshirish mumkin: birinchi bosqichda sifatiy hisoblash
texnikasidan foydalanib risklarni dastlab saralab olinadi, ikkinchi bosqichda eng
ahamiyatli risklar bo‘yicha miqdoriy tahlil o‘tkaziladi.
7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |