egasi uchun deyarli zarar keltirmagan holda tez sotilish, pul mablag’lariga aylayaish
qudratidir. Likvidlilikka ta’sir ko’rsatadigan omillar uchta guruhga: umumiqtisodiy
omillar; mazkur mamlakatda qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil qilish darajasi bilan
bog’liq omillar; emitentning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq omillar.Moliyaviy
aktivlar – bu pulli qiymatga ega bo’lgan, mulkiy huquq bilan bog’liqligini o’zida
ifoda etuvchi, bozordagi oldi-sotdi shartnomalarida erkin muomalada bo’la oladigan
va turli ko’rinishdagi kapital sifatida daromad keltiradigan hujjat yoki shartnomadir.
Korxona moliyaviy aktivlarini birlamchi va xosilaviy vositalarga ajratish
mumkin. Birlamchi vositalarga aktsiyalar, obligatsiyalar, depozit va jamg’arma
sertifikatlari, veksellar va boshqa vositalarni kiritish mumkin. Ular investitsion
faoliyatni moliyalashtirishda birlamchi vositalar sifatida ishtirok etadi xamda
Hosilaviy qimmatli qog’ozlar tarkibiga esa amaliyotda optsion,fyuchers, varrant
kabi vositalar kiritiladi. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bazis aktivlarining sifatini,
147
daromadliligini va bozor faolligini, qo’yilmalarning havfsizligini ta’minlashga xizmat
qiladi.
Birlamchi moliyaviy vositalarni ulush va qarz munosabatlarini tasdiqlovchi
vositalarga xam ajratish mumkin. Ulushga egalik qilish va fond bozorida ushbu
munosabatlarni ifodalashda aktsiyalar asosiy vosita sifatida ishtirok etadi.
Aktsiya (frantsuzcha action so’zidan) – o’z egasining aktsiyadorlik jamiyati
foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aktsiyadorlik jamiyatini
boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir
qismiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining
nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog’oz.
Aktsiya o’zining faqat unga tegishli sifatlari bilan har xil turdagi qimmatli
qog’ozlar ichida alohida o’rin tutadi. Eng avvalo bu – amal qilish muddati
belgilanmagan qimmatli qog’oz bo’lib, u uni chiqargan aktsiyadorlik jamiyati amal
qilib turgan yil mobaynida muomalada bo’lishi mumkin. Aktsiya egasi aktsiyadorlik
jamiyati tugatilgan hollarda uning mol–mulkini taqsimlashda ishtirok etish xuquqiga
ega.
Aktsiyalar bo’yicha olingan daromad – dividend, deb nomlanadi.Dividend, odatda,
aktsiyadorlik jamiyatining foydasiga bog’liq bo’ladi. Agar kompaniya hisobot yili
natijalariga ko’ra katga foydaga ega bo’lsa, unda katta dividend to’lash imkoniyati
bo’ladi va aksincha. Agarda foyda mutlaqo bo’lmasa, dividend to’lanmasligi
mumkin. Biroq, umumiy qoidalardan istesno hollar ham mavjud. Bu, masalan,
imtiyozli aktsiyalarga tegishli, ular qo’yiroqda ko’rib chiqiladi.