2-MAVZU: “MOLIYAVIY MENEJMENTNING KONSEPTUAL ASOSLARI”
Reja:
1. Moliyaviy menejment tushunchasining iqtisodiy mohiyati
2. Moliyaviy menejmentning konsepsiyalari
3. Moliyaviy menejmentning funktsiyalari
Tayanch so`z va iboralar: moliya, moliyaviy resurslar, moliyaviy menejment,
kontseptsiya, gipoteza, risk, daromadlilik, potfel, agentlik, kapital
1.
Moliyaviy menejment tushunchasining iqtisodiy mohiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy oqimlar har qanday korxonada
boshqaruv ob’ekti hisoblanadi, shu sababli har bir moliyaviy qaror pul oqimlari
harakati bilan bilvosita yoki bevosita bogʻliq. Shuning uchun ham aksariyat
boshqaruvchilar oʻz funksional vazifalarini amalga oshirish jarayonida moliya
xizmati bilan oʻzaro bogʻliqlikda faoliyatni tashkil etadi.
Bu bogʻliqlik bugungi kunda har bir boshqaruvchidan moliyaviy menejment
asoslari haqida bilimga ega boʻlishi, korxona oldida turgan muammolarni toʻgʻri
talqin qilishi va oʻz faoliyatini yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tashkil etishi
talab etiladi.
Bizga ma’lumki, moliya – pul fondlarini tashkil etish, taqsimlash (qayta
taqsimlash) va foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlarning oʻziga xos
sohasidir.
Pul moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi sifatida bozor iqtisodiyotida
tomonlarning manfaatlarini ifodalashda va oʻzaro muvofiqlashtirishda, shuningdek
umumiy qiymat ekvivalenti sifatida muhim rol oʻynaydi.
Pul fondlari tushunchasi aniq belgilab qoʻyilgan maqsad asosida tashkil etilgan
fond ekanligi bilan tavsiflanadi. Bunday fondlardagi pul mablagʻlari moliyaviy
resurslar deb ataladi.
Yuqorida qayd etib oʻtilganidek, hozirgi kunda moliyaviy resurslarni
boshqarish har bir korxona oldida turgan eng asosiy va strategik vazifalardan biri
hisoblanadi. Bu yoʻnalishning korxonani boshqarish tizimida strategik ahamiyatga
egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar (moddiy resurslar, mehnat resurslari
va boshqalar)ni jalb qilishning oʻzaro bogʻliqligi bilan izohlanadi. Bunday oʻzaro
bogʻliqlikning ratsional, maqsadga muvofiq va samarali tashkil etilishi koʻp jihatdan
korxona iqtisodiy barqarorligini belgilab beradi, shuningdek iqtisodiy sub’ekt
faoliyatidan manfaatdor boʻlgan mulkdorlar, xodimlar, kontragentlar, davlat va
jamiyat moddiy farovonligi oʻsishiga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotida moliyaviy resurslarning (muhim) ahamiyatga egaligi
ularni boshqarishning funksiyalarini belgilab beruvchi mustaqil faoliyat sifatida
moliyaviy menejmentni tashkil etish zaruriyatini shart qilib qoʻyadi.
E.F.Brighаm fikriga koʻra, moliyaviy menejment aktivlarni qancha miqdorda
va qanday tartibda jalb qilish, aktivlarni sotib olish uchun zarur kapitalni oshirish
hamda firma qiymatini maksimallashtirish uchun firma faoliyatini tashkil etish bilan
18
bogʻliq qarorlar qabul qilishga qaratilgan boshqaruv faoliyatidir
2
. J.Deepika esa
moliyaviy menejment kompaniyalarda moliyaviy resurslar resurslarni rejalashtirish,
ularni jalb qilish va foydalanish ustidan nazorat qilishga qaratilgan boshqaruv
faoliyatidir
3
, deya fikr bildiradi. I.A. Blank tomonidan moliyaviy menejment
korxonalarda moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda
pul mablagʻlari oboroti bilan bogʻliq boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga
oshirish prinsiplari va metodlari tizimi
4
sifatida izohlanadi.
Umuman, moliyaviy menejment – bu korxonaning strategik va joriy
maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy
faoliyatni boshqarishdir.
Moliyaviy menejment oʻz xususiyatiga koʻra keng va koʻp qirrali tushuncha
sifatida quyidagi kontekstlarda koʻrib chiqilishi mumkin:
- ilmiy fan (soha) sifatida;
- korporativ moliyani boshqarish tizimi sifatida;
- tadbirkorlik faoliyati turi sifatida.
Moliyaviy menejment ilmiy fan (soha) sifatida nazariy bilimlar, konsepsiyalar,
modellar va ular asosida ishlab chiqilgan amaliy metodlar, boshqaruv qarorlarini
qabul qilish jarayonida qoʻllaniladigan usullar, instrumentlar tizimini oʻzida aks
ettiradi.
Moliyaviy menejment nazariyasi va amaliyoti iqtisodiy muhitda yuz bergan
turli xil oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda rivojlanib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |