huquqiy shakldagi tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar
hisoblanadi. Mamlakatimizda korporativ obligatsiyalarni faqat tijorat banklari,
shuningdek auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitalining
obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
oxirgi uch yil mobaynida rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va
koʻrsatkichlariga ega boʻlsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
mustaqil reyting bahosini olgan boʻlsa; investorlarga tegishli mablagʻlarning
emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat
banklari ishtirokida ochiq aksiyadorlik jamiyatlari ham muomalaga chiqarishlari
Korporativ obligatsiyalar ularning egalariga aksiyadorlik jamiyatini va boshqa
tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan tijorat bankini boshqarishda ishtirok etish
qoʻllanilmaydi. Qimmatli qogʻozlar bozori yuqori darajada rivojlangan AQShda
korporativ obligatsiyalar bozorining jami kapitallashuvi 3,5 trln dollarni tashkil etadi.
137
“Korporativ obligatsiyalar korporativ tuzilmalar tomonidan emissiya qilinadi.
Xazina majburiyatlaridan farqli korporativ obligatsiyalarda risk yuzaga chiqish
ehtimoli mavjud. Agar emitent moliyaviy holati muammoli bo‘lsa, belgilangan foiz
va asosiy qarzni to‘lash imkoniyati shubha ostida qoladi va obligatsiya egalari
yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin
30
”.
Umumiy holda korporativ obligatsiyalarning quyidagi afzalliklarini alohida
keltirish mumkin:
- xalqaro amaliyotda keng doirada qoʻllaniladigan qarz amal qilish muddati
uzaytirilishi mumkinligi;
- ochiq kredit tarixi shakllantiriladi, bu oʻz navbatida kelgusida jalb qilinishi
mumkin boʻlgan qarz mablagʻlarining bahosini pasaytirish va ularni jalb qilish
muddatini uzaytirish, shuningdek xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatini
beradi;
- kreditorlar (investorlar) sonini oshirish hisobiga qarz olish manbalarini
diversifikatsiyalash va bitta kreditorga bogʻliqlikning oldi olinishi imkonini beradi;
- ikkilamchi bozorda operatsiyalar oʻtkazish hisobiga qarz tarkibini operativ
boshqarish;
- korxona aksiyalarini ochiq joylashtirish uchun sharoit yaratish va boshqalar.
Lekin alohida ta’kidlash kerakki, obligatsiyalarni muomalaga chiqarish va
joylashtirish bank krediti olishga qaraganda yuqoriroq miqdorda xarajat talab qiladi.
Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish amaliyotiga koʻra obligatsiyalarni
muomalaga chiqarish va joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish jarayoni bir necha
bosqichlarni amalga oshirishni talab etadi. Bunda obligatsiyalarni muomalaga
chiqarish boʻyicha moliyaviy konsultant (tashkilotchi) tanloviga aniqlik kiritilishi,
moliyaviy konsultant tomonidan korxonaning talabidan kelib chiqqan holda
obligatsiyalarning asosiy parametrlari va uning tarkibiy tuzilmasi, obligatsiyalarga
talab boʻyicha bozorning real qobiliyati, shuningdek potensial investorlarni topish
boʻyicha masalalarga e’tibor qaratiladi.
Mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar orqali moliyaviy ta’minot holatini
tahlil qilish maqsadida korporativ obligatsiyalar bozorini tahlil qilib chiqamiz. Bunda
oxirgi ikki moliya yili (2015 va 2016 yillar) davomida korporativ obligatsiyalar
emissiyasi kuzatilmaganligi bois 2007-2014 yillar bo’yicha tahlil qilamiz (5-rasm).
30
Brigham, Houston/Fundamentals of Financial Management/Concise 8-th edition/2015-219 p.