Uchinchi bo‘lim – «Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat
gigiyenasi»da ishlab chiqarish binolari va ish joylari havosining
ifloslanish sabablari, havo tarkibidagi zararli moddalarni
me’yorlashtirish, sanitar me’yorlar va talablar, zararli va zaharli
moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari, ish joylari havosi tarkibini
me’yorlashtirish, shamollatish va isitish sistemalari, shovqin va
titrashlar, ularning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga ta’sirini
kamaytirish hamda ulardan himoyalanish usullari, yoritilganlik va
uning me’yorlari, ionli va radioaktiv nurlanishlardan himoyalanish
yo‘llari, korxonalar va ishlab chiqarish binolari, shuningdek, turar
joy va aholi yashash joylariga qo‘yilgan sanitar-gigiyenik talablar,
shaxsiy gigiyena kabi masalalar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |