Ikkinchi bo‘lim – mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy
asoslarida ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini amalga oshirish,
sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik,
jumladan, davlat qonunlari («Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risi-
dagi qonun», «Mehnat kodeksi» va b.), nizomlar, me’yoriy hujjatlar,
davlat standartlari, ularni hayotga tatbiq etish уo‘llаri va bu boradagi
rahbar xodimlarning javobgarliklari, sog‘lom va xavfsiz ish sharoit-
larini yaratish yuzasidan davlat nazorat tashkilotlari hamda jamoat
nazoratlari, ularning vazifalari, huquqlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |