Ijtimoiy iqtisodiyot



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/47
Sana03.07.2021
Hajmi0,95 Mb.
#108278
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yollari samarqand viloyati misolida.

1 aksiyaga daromad = (Bitta aksiyaning nominal qiymati * dividend   
nominalga %larda)/100; 
Agar  tashkilotda  oddiy  aksiyalar  dividendlar  darajasi  o‘zgarishining  doimiy 
dinamikasi  bilan  bo‘lsa, unda sarmoya narxi quyidagicha  aniqlanadi: 
g
К
P
Д
К
fc
е
)
1
(
/
[
0
1
,        (1.6); 
Bu yerda:  K – sarmoya narxi; 
 
D – dividendning  yaqin  davrdagi kutilayotgan  qiymati; 
 
R – bitta oddiy aksiyaga emissiya  narxi; 
K
fc 
–  oddiy  aksiyalarni  chiqarish  va  sotish  bo‘yicha  xarajatlar  koeffisiyenti 
bo‘lib, u ularning  emissiya  narxiga  mutlaq qiymati  nisbatiga  teng bo‘ladi; 
g – dividendlar  o‘sishining kutilayotgan  sur‘ati, koeffisiyent. 
Dividend  to‘lovlarini  muvofiqlashtirish  muammosiga  turlicha  yondoshish 
mumkin.  Bir  tomondan,  muvofiqlashtirish  ma‘lum  mezonlarni  maksimallashtirish 
va  minimallashtirishdagi  ko‘rsatkichlar  to‘plamini  bildiradi.  Ikkinchi  tomondan, 
muvofiqlashtirish  deganda  xulqning  shunday  strategiyasini  tanlashni  tushunish 
mumkinki,  unda barcha tomonlar manfaatlari  eng yuqori darajada qondiriladi. 
Hozirgi  sharoitda  korxona  tomonidan  to‘lanadigan  dividendlar  hajmining 
eng  maqbul  qiymatini  belgilash  usullarini  mustaqil  ravishda  tanlaydi.  Shu  bilan 


 
36 
birga,  faqat  shu  korxonaga,  tarmoqqa  yoki  hatto  mintaqaga  xos  bo‘lgan  alohida 
xususiyatga  ega mezonlar  ham ko‘rib chiqiladi. 
Umuman 
olganda, 
mamlakat 
korxonalarida 
dividend 
siyosatining 
samaradorligi  hozirgi  vaqtda  yetarli  emas,  deb  hisoblanadi.  Barcha  belgilarga 
ko‘ra,  yaqin  bir  necha  yillarda  korporativ  qog‘ozlari  dividend  daromadi  emas, 
balki  kurs o‘sishi aksiyalari  bo‘lib qoladi.  
Ish  haqi.  Ish  haqini  mehnatdan  foydalanish  uchun,  xodimlarning  mehnatdagi 
xizmatlari  uchun  to‘lanadigan  narx  sifatida  belgilash  mumkin.  Turmushda  ish  haqi 
xodim  o‘z  xarajatlari  va  mehnat  natijalariga  muvofiq  oladigan  va  turmushning 
ma‘lum  darajasini  ta‘minlash  uchun  foydalanadigan  pul  mablag‘larining  ma‘lum 
miqdori sifatida tushuniladi. 
Ish  haqi  huquqiy  kategoriya  sifatida  –  bu  tuzilgan  mehnat  shartnomasi 
shartlariga  muvofiq o‘z vazifalarini  bajargan  xodim mehnatiga  haq to‘lashdir.  
Ish  haqi  mehnat  narxining  o‘zgartirilgan  shakli  bo‘lib,  uning  qiymati 
quyidagilar  bilan  belgilanadi: 
–  ishchi  kuchining  qayta  tiklanishini  ta‘minlovchi  turmush  boyliklari 
qiymati  bilan; 
–  mehnat  bozorida  (uning  tegishli  segmenti  doiralarida)  talab  va  taklifning 
o‘zaro nisbati bilan; 
–  ishchi kuchining  iqtisodiyotdagi faoliyati  mahsuldorligi  bilan  belgilanadi. 
Mehnatga  haq  to‘lash  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  yoki  ko‘rsatilgan 
xizmatlar  uchun,  jumladan,  ta‘til,  bayram  kunlari  va  boshqa  ishlanmagan  vaqt 
uchun  mehnat  qonunlari  va  jamoa  shartnomalariga  muvofiq  muntazam  olinadigan 
haqdir.  Pul  daromadlarining  bu  turi  ish  tartibi  va  mehnat  sharoitlari  bilan  bog‘liq 
rag‘batlantiruvchi  to‘lovlar,  ustama  haqlar,  mukofotlar  va  bir  marta  beriladigan, 
rag‘batlantiruvchi  to‘lovlarni,  shuningdek,  oziq-ovqat,  uy-joyga  doimiy 
xususiyatga  ega to‘lovlarni  o‘z ichiga oladi.  
Ish  beruvchi  nuqtai  nazaridan  xodimlarning  ish  haqi  ishchi  kuchini 
saqlashga  xarajat  va  mahsulot  tannarxi  darajasi  va  foydaning  bir  qismidir.  Biroq, 


 
37 
ish  haqini  inson  kapitaliga  investisiyalar  deb  baholash  mumkinki,  undan 
foydalanish  kelajakda  firma  daromadini  jiddiy  ravishda oshirishi  mumkin. 
Iqtisodiyotning  davlat sektorida (byudjet va boshqa sohalar) to‘lanadigan ish 
haqi  davlat,  munisipal  boshqaruv  organlari  bilan  tartibga  solinadi,    biznes  va 
tadbirkorlik  sektorlarida  to‘lanuvchi  ish  haqi  va  uning  darajasi  muayyan  biznes-
tarkib  tadbirkorlik  faoliyatining  muvaffaqiyatiga  bog‘liq  bo‘ladi  hamda  bozor 
iqtisodiyoti  qonunlariga  ko‘ra  shakllanadi.  Iqtisodiyotning  bozor  sektorlarida 
xodimlarni  ishga  yollash  rekruting  kompaniyalar  va  firmalar  vositasida  amalga 
oshiriladi,  unda  har  bir  tijorat  tarkibi  talab  darajasidagi  mahoratga  ega  mutaxassis 
iste‘mol  savatchasining  daromadning  beriluvchi  ijimoiy  paketlar  bilan 
shakllanishida  faol  ishtirok  etadi.  Bu  ―ishchi  kuchi  narxi‖ni  belgilaydiki,  bunga 
farzandni  chet  elda  o‘qitish  qiymati,  kottej  qiymati,  BMW  va  boshqa  tijorat 
transfertlari  kirishi  mumkin.   
Ijtimoiy  transfertlar  –  bu  ekvivalent  olinmasdan  jamiyatga  amalga 
oshiriladigan  pullik  yoki  natural    (xizmatlar  yoki  tovarlar  ko‘rinishidagi) 
to‘lovlardir.  Ijtimoiy  transfertlar  to‘lovining  maqsadi  –  ijtimoiy  himoya  va  aholi 
turmush 
sifatini 
oshirish, 
shuningdek, 
mamlakatdagi 
inson 
resurslari 
imkoniyatlarini  rivojlantirishdir.  Ijtimoiy  transfertlarning  tipik  namunalari  pensiya, 
nafaqa,  ijtimoiy  yordam,  stipendiya,  ijtimoiy  jamg‘armalar  yoki  o‘zga  manbalar 
mablag‘laridan  boshqa  to‘lovlar  va  xizmatlardir.  Ijtimoiy  transfertlar  to‘lovi  uchun 
mablag‘lar  manbalari  davlat  va  mahalliy  byudjetlar,  ijtimoiy  sug‘urtalashning 
byudjetdan tashqari jamg‘armalari,  jamoat tashkilotlari  mablag‘laridir.   
Ijtimoiy  transfertlar  yoki  transfert  to‘lovlari  davlat  va  notijorat  (professional, 
diniy,  xayriya)  tashkilotlari  tomonidan  boyliklarni  pul  va  natural  shakllarda 
aholiga,  asosan,  bepul  asosda  berishdan  iborat  qayta  taqsimlash  xususiyatiga  ega 
maqsadga qaratilgan  operasiyani anglatadi. 
Aholi  daromadlarini  shakllantirish  va  ishlatish  jarayoni  jamiyat  rivojining 
har  bir  bosqichida  o‘z  xos  xususiyatga  ega.  Hozirgi  bozor  sharoiti  xodimlar 
daromadlarining  parametrlarini  tubdan o‘zgartirib yubordi: 


 
38 
–  birinchidan,  manbalar  o‘zgardi  –  an‘anaviylariga  yangilari  (tadbirkorlik 
faoliyatidan  daromad, mulkdan daromadlar); 
–  ikkinchidan,  daromadlarning  sifat  va  miqdor  bahosi  o‘zgardi, 
egallanuvchi  va  haqiqatan  egallanuvchi  daromadlar,  to‘planish  va  ajralish 
koeffisiyenti,  daromad  tanqisligi,  tirikchilik  minimumi,  qashshoqlik  darajasi,  aholi 
pul daromadlarining  xarid qobiliyati  kabi xususiyatlar  paydo bo‘ldi; 
–  uchinchidan,  aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri  keladigan,  jon  boshiga  to‘g‘ri 
keladigan  daromadlardagi  ish  haqining  ulushi  bilan,  jon  boshiga  to‘g‘ri  keladigan 
pul  daromadlarida  ijtimoiy  transfertlar  ulushi  bilan  bog‘liq  aholi  daromadlarining 
solishtirma  bahosi kiritildi; 
–  to‘rtinchidan,  daromadlardan  foydalanishning  yangi  shakllari  qo‘shildi: 
majburiy  to‘lovlar  va  badallar,  chet  el  valyutasi,  qimmatli  qog‘ozlar,  uy-joy 
(ko‘chmas mulk) sotib olishga xarajatlar,  bankka qo‘yilmalar. 
Aholi 
daromadlari 
shakllanishining 
asosiy 
tamoyillari 
quyidagilar 
hisoblanadi: 
–  mehnatga  ko‘ra  (uning  natijalari  va  sarf-harajatlariga  ko‘ra)  taqsimlash 
tamoyili; 
–  mulkka  ko‘ra  taqsimlash  tamoyili  (mohiyati  shundan  iboratki,  mulkning 
har qanday turiga egalik  qilish  daromad olishni mo‘ljallaydi); 
–  ijtimoiy-kafolatlangan  me‘yorlar  bo‘yicha  taqsimlash  tamoyili  (barcha 
jamiyat  a‘zolariga,  birinchi  navbatda,  aholining  ijtimoiy  jihatdan  yaxshi 
himoyalanmagan  qatlamlariga  ijtimoiy  himoyaning  ma‘lum  darajasini  taqdim 
qilish). 
Mehnatga  haq  to‘lash  ulushining  pasayishi  bozorga  o‘tishda  obyektiv 
sabablarga  ega:  ishlab  chiqarish  hajmining  pasayishi  va    yangi  daromad 
manbalarining  (tadbirkorlik  daromadi  va  mulkdan  keladigan  daromad)  paydo 
bo‘lishidir.  Bu  pasayish  ijtimoiy  transfertlar  ko‘rinishidagi  daromadlar 
shakllanishining  manbai  bo‘lgan  ijtimoiy  maqsad  fondlariga  ajratmalarning 
qisqarishiga  olib keladi.   


 
39 
Aholining  shaxsiy  daromadlarini  tahlil  qilishda  ―jami‖,  ―nominal‖  va  ―real‖ 
daromadlar kabi tushunchalarni  qo‘llash mumkin. 
Jami  daromadlar  –  bu  shaxsiy  iste‘molga  shaxsiy  yordamchi  xo‘jalikdan 
natural  tushumlar  qiymatini  va  aholiga  ijtimoiy  fondlar  hisobiga  bepul  va  imtiyozli 
xizmatlar  qiymatini  hisobga  olgan  holda  kirimning  barcha  manbalari  bo‘yicha  pul 
daromadlarining  umumiy  yig‘indisidir.  Aholi  jami  daromadlari  tarkibi  1.3-rasmda 
ko‘rsatilgan. 
 
 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish