219
14. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fanlardan joriy va oraliq nazoratlar bo‗yicha
aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e‘lon
qilinadi. Jumladan, ―Iqtisodiy nazariya (umumiqtisodiy fanlar)‖ kafedrasidagi barcha fanlar
bo‗yicha tayyorlangan oraliq nazorat savollari kafedraning 2010 yil 28 avgustdagi 1-majlis
bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
15. Yakuniy baholashda yozma ishni o‗tkazish tartibi.
Fanlar bo‗yicha yakuniy nazorat semestr oxirida yozma ish shaklida o‗tkaziladi. Yozma
ish savollari va variantlari har o‗quv yilining boshida kafedra professor-o‗qituvchilari
tomonidan yangidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama etiladi va tasdiqlanadi. Jumladan,
2009-2010 o‗quv yili uchun barcha fanlardan yakuniy baholash bo‗yicha yozma ish savollari
va variantlari «Iqtisodiy nazariya (umumiqtisodiy fanlar)» kafedrasining 2010 yil 28
avgustdagi 1-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Yozma ishning har bir varianti bo‗yicha qo‗yilgan savollarning mazmuni, qamrov
darajasi va ahamiyatligi darajasi kafedra mudiri tomonidan tekshirilib, uning imzosi bilan
tasdiqlanadi. Yozma ishni o‗tkazish asosan har bir semestrning so‗nggi o‗quv haftasiga
mo‗ljallangan bo‗lib, u belgilangan haftalardagi mazkur fan bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlari
chog‗ida o‗tkaziladi. Yozma ish variantida 5 ta savol tayanch iboralari bilan keltiriladi.
Yozma ishlarni baholash mezonlari yakuniy baholashga ajratilgan 30 balldan kelib chiqqan
holda ishlab chiqiladi, ya‘ni har bir savolga maksimum 6 balldan to‗g‗ri keladi. Yozma ish
o‗tkazilgandan keyin ikki kun davomida professor-o‗qituvchilar uni tekshirib baholaydilar.
Yozma ish hajmi talabaning fan bo‗yicha tasavvuri, bilimi, amaliy ko‗nikmasini baholash
uchun yetarli bo‗lishi zarur. Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo‗yicha saralash
balidan yuqori ball to‗plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to‗plangan ballarga
qo‗shiladi. Aks holda talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish ko‗rsatkichi faqat joriy va oraliq
nazoratlarining ballari yig‗indisidan iborat bo‗ladi.
Fanlar bo‗yicha talabalarning yozma ishlari ikki yil mobaynida dekanatda saqlanadi.
16. Talabalarning o‗quv fani bo‗yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar
jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda
baholanadi.
17. Talabaning fan bo‗yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
R
f
=
100
'
O
V
bu yerda:
V – semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗quv yuklamasi (soatlarda);
'
O – fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda).
18. Fan bo‗yicha joriy, oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash
ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‗plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo‗yicha 55 va undan yuqori ballni to‗plagan talaba fanni
o‗zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‗yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‗l
qo‗yiladi.
19. Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir nazorat
turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari yig‗indisiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: