Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Guruh ishini umumlashtiruvchi baho



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

Guruh ishini umumlashtiruvchi baho 
Guruh 
 

 

 

 
Umumiy ball 
Baho 
(umuiy ball 2 ga bo`linadi) 
2,2 -3 ball – «a‘lo» 
1,2 - 2 ball – «yaxshi» 
0,5 – 1,1 ball – «qon-li» 
0-0,5 ball – «yomon» 
1. 

 
 
 
 
2. 
 

 
 
 
3. 
 
 

 
 
 


 
 
216 
 
IQTISODIYOT NAZARIYASI  FANIDAN 
 REYTING TIZIMI  
I.Umumiy qoidalar 
1.  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturini  amalga  oshirishning  yangi  sifat  bosqichida  oliy 
ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning reyting tizimini joriy 
etishdan  maqsad  mamlakatimizda  ta‘lim  sifatini  boshqarish  orqali  raqobatbardosh  yuqori 
malakali  mutaxassislarni  tayyorlashga  erishish,  talabalarning  fanlarni  o‗zlashtirishida 
bo‗shliqlar  hosil  bo‗lishini  oldini  olish,  ularni  aniqlash  va  bartaraf  etishdan  iboratdir.  Oliy 
o‗quv  yurtlarida  talabalarning  bilim  darajasi  asosan  reyting  tizimi  bo‗yicha  baholanadi. 
Talabalar  bilimini  reyting  tizimi  asosida  baholash  –  talabaning  butun  o‗qish  jarayoni 
davomida  o‗z  bilimini  oshirishi  uchun  muntazam  ishlashi  hamda  o‗z  ijodiy  faoliyatini 
takomillashtirishini  rag‗batlantirishga  qaratilgan.  Reyting  tizimi  mamlakatimizda  yuqori 
malakali  mutaxassislar  tayyorlashning  sifat  ko‗rsatkichlarining  jahon  andozalari  hamda 
xalqaro mezonlarga muvofiqligini ta‘minlashga qaratilgan.  
Kafedrada  o‗qitiladigan  fanlar  bo‗yicha  tayyorlangan  mazkur  uslubiy  ko‗rsatma 
O‗zbekiston  Respublikasining  ―Ta‘lim  to‗g‗risida‖gi,  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi 
to‗g‗risida‖gi  qonunlari  va  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim 
vazirligining  2009  yil  11  iyundagi  204-sonli  buyrug‗i  bilan  tasdiqlangan  ―Oliy  ta‘lim 
muassalarida  talabalar  bilimini  nazorat  qilish  va  baholashning  reyting  tizimi  to‗g‗risida‖gi 
Nizom  (O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‗rta-maxsus  ta‘lim  vazirligining  2010  yil  25 
avgustdagi 333-sonli buyrug‗i bilan o‗zgartirish kiritilgan), fanning Namunaviy o‗quv dasturi 
hamda  Ishchi  o‗quv  dasturi  asosida  ishlab  chiqilgan.  Ushbu  uslubiy  ko‗rsatma  fanlardan 
talabalar  bilimini  baholashda,  shuningdek  talabalar  uchun  ham  mazkur  fanni  o‗zlashtirish 
jarayonida  qanday  ballar  to‗plash  mumkinligi  haqida  tasavvurga  ega  bo‗lishda  muhim  o‗rin 
tutadi. 
2. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini baholashning reyting tizimi quyidagi vazifalarning 
bajarilishini ko‗zda tutadi: 
a)  talabalarda  Davlat  ta‘lim 
standartlariga 
muvofiq  tegishli  bilim,  ko‗nikma  va 
malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; 
b)  talabalar  bilimi,  ko‗nikma  va  malakalarini  baholashning  asosiy  tamoyillari:  Davlat 
ta‘lim 
standartlariga 
asoslanganlik,  aniqlik,  haqqoniylik,  ishonchlilik  va  qulay  shaklda 
baholashni ta‘minlash;  
v)  fanlarning  talabalar  tomonidan  tizimli  tarzda  va  belgilangan  muddatlarda 
o‗zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; 
g)  talabalarda  mustaqil  ishlash  ko‗nikmalarini  rivojlantirish,  axborot  resurslari 
manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; 
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma‘lum 
qilish; 
ye) talabalarning fanlar bo‗yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta‘minlash; 
yo) o‗quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish. 
3. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari 
va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 
II. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi 
4.  Nazorat  turlari,  uni  o‗tkazish  tartibi  va  mezonlari  kafedra  mudiri  tavsiyasi  bilan  oliy 
ta‘lim muassasasining (fakultet) o‗quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi 
hamda har bir fanning ishchi o‗quv dasturida mashg‗ulot turlari bilan birgalikda ko‗rsatiladi.  
5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan 
maksimal  ball,  shuningdek  joriy  va  oraliq  nazoratlarning  saralash  ballari  haqidagi 
ma‘lumotlar fan bo‗yicha birinchi mashg‗ulotda talabalarga e‘lon qilinadi. 
6.  Talabalarning  bilim  saviyasi  va  o‗zlashtirish  darajasining  Davlat  ta‘lim  standartlariga 
muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‗tkazish nazarda tutiladi:  


 
 
217 
 
1)  joriy nazorat – (JN); 
2)  oraliq nazorat – (ON); 
3)  yakuniy nazorat – (YaN); 
Joriy  nazorat  –  talabaning  fan  mavzulari  bo‗yicha  bilim  va  amaliy  ko‗nikma  darajasini 
aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, 
laboratoriya  va  amaliy  mashg‗ulotlarida  og‗zaki  so‗rov,  test  o‗tkazish,  suhbat,  nazorat  ishi, 
kollokvium,  uy  vazifalarini  tekshirish  va  shu  kabi  boshqa  shakllarda  o‗tkazilishi  mumkin. 
Talabaning  bilim  darajasi,  eng  avvalo,  uning  auditoriyada  dars  o‗tish  jarayonidagi  faolligi, 
o‗tilgan mavzularni o‗zlashtirish darajasi orqali quyidagicha aniqlanadi: 
1)  ma‘ruzani  sifatli  konspektlashtirish  darajasi,  tinglash,  o‗qituvchi  tomonidan  tashkil 
etilgan mavzuga oid bahs va munozaralarda faol ishtirok etish; 
2)  amaliy  (seminar)  mashg‗ulotlarni  konspektlashtirish  darajasi,  unga  tayyorgarlik 
ko‗rish, misol, masala, test, keys-stadi va boshqalarni ishlab chiqishda faol qatnashish va h.k. 
 Barcha  fanlardan  talabaning  semestr  davomida  o‗zlashtirish  ko‗rsatkichi  100  ballik 
tizimda  baholanadi.  Shundan  JNga  jami  ballning  40%,  ya‘ni  40  ball  ajratilgan.  JN  tarkibiga 
talabalarning  ma‘ruza,  amaliy  va  seminar  darslariga  faol  qatnashishlari,  uy  vazifalarini 
bajarishlari, misollar, masalalar, yozma ish, nazorat ishlari, test va keys-stadilarni yechishlari 
hamda mustaqil ishlar (referat,  Prezident  I.A.Karimov asarlari, shuningdek iqtisodiyotga oid 
O‗zbekiston  Respublikasi  qonunlari  va  boshqa  me‘yoriy  hujjatlarni  konspekt  qilish  hamda 
fanning  ayrim  mavzularini  mustaqil  o‗rganish)  bo‗yicha  topshiriqlarni  bajarishlari  natijasida 
to‗plagan  ballari  kiradi.    Talabalarning  fanni  o‗zlashtirishlari  bo‗yicha  nazorat  turlari  ichida 
―oraliq nazorat‖ (ON) muhim ahamiyat kasb etadi. 
Oraliq  nazorat  (ON)  semestr  davomida  o‗quv  dasturining  tegishli  (fanning  bir  necha 
mavzularini  o‗z  ichiga  olgan)  bo‗limi  tugallangandan  keyin  talabaning  bilim  va  amaliy 
ko‗nikma  darajasini  aniqlash  va  baholash  usuli. 
Oraliq  nazoratining  soni  (bir  semestrda  ikki 
martadan ko‗p o‗tkazilmasligi lozim) 
va shakli (yozma, og‗zaki, test va hokazo) o‗quv faniga 
ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda kafedra tomonidan belgilanadi. ONda 
talabaning  muayyan  savolga  javob  berish  yoki  muammoni  yechish  mahorati  va  qobiliyati 
aniqlanadi.  ONga  jami  ballning  30%,  ya‘ni  30  ball  ajratish  tavsiya  etiladi.  ON  yozma  ish, 
nazorat ishi, test, og‗zaki savol-javob va boshqa ko‗rinishlarda o‗tkazilishi mumkin.  
Har  bir  professor-o‗qituvchi  o‗zining  ixtiyoridan  kelib  chiqqan  holda  ONni  yuqorida 
keltirilgan  ko‗rinishlaridan  birini  tanlab  oladi.  Oraliq  nazoratni  yozma  ish  shaklida 
o‗tkazilganda 3 ta savoldan iborat bo‗lgan variantlar tuzib olinadi. Oraliq nazorat test shaklida 
o‗tkazilsa, u holda 10 ta test savolidan kam bo‗lmagan variantlar tuziladi. Agar oraliq nazorat 
og‗zaki savol-javob tarzida o‗tkazilsa, u holda 3 ta savoldan iborat bo‗lgan variantlar tuzilib, 
ular asosida talabaning bilimi baholanadi. Fan bo‗yicha bir semestr davomida ikki marta ON 
o‗tkazish rejalashtirilgan. Har bir oraliq nazorat bo‗yicha talabaning bilimini 15 balldan, jami 
30  ballga  qadar  baholash  mumkin.  ONlar  TDShIda  ishlab  chiqilgan  kalendar  tematik  rejaga 
muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorati jadvallari asosida o‗tkaziladi.  
Har  bir  professor-o‗qituvchi  belgilangan  kunlarda  oraliq  nazoratni  o‗tkazib, 
talabalarning  olgan  ballarini  tegishli  guruh  jurnaliga,  kafedra  va  dekanatdagi  oraliq 
nazoratlarni qayd qilish jurnallariga yozib qo‗yishlari shart.  
Yakuniy nazorat (YaN) odatda semestr yakunida muayyan fan bo‗yicha nazariy bilim va 
amaliy  ko‗nikmalarni  talabalar  tomonidan  o‗zlashtirish  darajasini  baholash  usuli.  Yakuniy 
nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan ―Yozma ish‖ shaklida o‗tkaziladi. 
Yakuniy baholashga jami ballning 30%, ya‘ni 30 ball ajratilgan.  
7.  Oraliq  nazoratni  o‗tkazish  jarayoni  kafedra  mudiri  tomonidan  tuzilgan  komissiya 
ishtirokida  davriy  ravishda  o‗rganib  boriladi  va  uni  o‗tkazish  tartiblari  buzilgan  hollarda, 
oraliq  nazorat  natijalari  bekor  qilinishi  mumkin.  Bunday  hollarda  oraliq  nazorat  qayta 
o‗tkaziladi. 
8. Oliy ta‘lim muassasasi rahbarining buyrug‗i bilan ichki nazorat va monitoring bo‗limi 
rahbarligida  tuzilgan  komissiya  ishtirokida  yakuniy  nazoratni  o‗tkazish  jarayoni  davriy 


 
 
218 
 
ravishda  o‗rganib  boriladi  va  uni  o‗tkazish  tartiblari  buzilgan  hollarda,    yakuniy  nazorat 
natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta o‗tkaziladi. 
9.  O‗quv  yili  tugaganidan  keyin  reyting  nazorati  natijalariga  ko‗ra  talabalarni  keyingi 
kursga o‗tkazish to‗g‗risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.  
Fan bo‗yicha talabaning  JN, ON va YaNdagi  o‗zlashtirish ko‗rsatkichi  har bir semestr 
yakunida  dekanatlar  tomonidan  beriladigan  maxsus  qaydnomalarga  kiritilishi  va  ularning 
natijalari kafedra majlisida tahlil qilib borilishi lozim.     
III. Baholash tartibi va mezonlari 
10.  Talabalarning  bilim  saviyasi,  ko‗nikma  va  malakalarini  nazorat  qilishning  reyting 
tizimi asosida talabaning har bir fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. 
11.  Har  bir  fan  bo‗yicha  talabaning  semestr  davomidagi  o‗zlashtirish  ko‗rsatkichi  100 
ballik tizimda baholanadi.  
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi:  
yakuniy nazoratga – 30 ball; 
joriy va oraliq nazoratlarga  –  70 ball
  (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball 
kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).  
12.  Talabaning  reyting  daftarchasiga  alohida  qayd  qilinadigan  kurs  ishi  (loyihasi,  hisob-
grafik  ishlari),  malakaviy  amaliyot,  fan  (fanlararo)  bo‗yicha  yakuniy  davlat  attestatsiyasi, 
bitiruv  malakaviy  ishi  va  magistratura  talabalarining  ilmiy-tadqiqot  va  ilmiy-pedagogik 
ishlari,  magistrlik  dissertatsiyasi  bo‗yicha  o‗zlashtirish  darajasi  –  100  ballik  tizimda 
baholanadi. 
13.  Talabaning  fan  bo‗yicha  o‗zlashtirish  ko‗rsatkichini  nazorat  qilishda  quyidagi 
namunaviy mezonlar (keyingi o‗rinlarda namunaviy mezonalar deb yuritiladi) tavsiya etiladi: 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish