Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

1.Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli  
Milliy  iqtisodiyotning  samaradorligi  ko‗p  omilli  ko‗rsatkish  bo‗lib,  bunda 
samaradorlikning  erishilgan  darajasi  ko‗p  jihatdan  iqtisodiyotdagi  davlat  yoki  bozor 
tizimining  tutgan  roliga  bog‗liq  bo‗lishi  mumkin.  Chunki  ancha  yuqori  samaradorlikka, 
birinchidan,  bozorning  tartibga  solish  usullari  orqali;  ikkinchidan,  iqtisodiyotni  faqatgina 
yagona  markazdan  ongli  ravishda  markazlashgan boshqarish  yo‗li  bilan; uchinchidan,  takror 
ishlab  chiqarish  jarayonida  davlatning  aralashuvi  va  bozor  usullarini  uyg‗unlashtirish  orqali 
erilishiladi.  Hozirgi  davrda  Respublikamizning  milliy  iqtisodiyoti  rivoji  uchun  ko‗proq 
uchinchi yo‗l xarakterli xisoblanadi.  
Iqtisodiy  tafakkur  tarixidan  birinchi  marta  davlatning  iqtisodiyotdagi  roli  masalasi 
A.Smit  tomonidan  ilmiy  asosda  ko‗rib  chiqilgan.  Uning  "Xalqlar  boyligining  tabiati  va 
sababalarini  tadqiq  qilish  haqida"  (1776  yil)  degan  kitobida  bozor  usullari  orqali 
iqtisodiyotning o‗z-o‗zini tartibga solishning zarurligi ta‘kidlab o‗tilgan. A.Smitning fikrisha 
xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoaratidan to‗liq ozod bo‗lishi zarur. Ana 
shundagina  ishlab  chiqaruvchilar  iste‘molchilar  talabiga  mos  ravishda  ishlab  shikarishni 
tashkil  qilish  imkoniga  ega  bo‗ladi.  Bunda  bozor  vositasida  tartibga  solish,  har  qanday 
chetdan  aralashishsiz  ishlab  chiqaruvchilarni  butun  jamiyat  manfaatlari  uchun  xarakat 
kilishga majbur kiladi.  
A.Smit  davlatning  iqtisodiy  jarayonlariga  har  qanday  aralashuvi  oxir  oqibatda  faqat 
vaziyatni  yomonlashtiradi  deb  xisoblaydi.  Masalan,  davlat  tomonidan  belgilangan  tashqi 
savdo tartib -qoidalari milliy iste‘molchilarga  faqat zahar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham 
importga boj to‗lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el 
sheriklariga  nisbatan  raqobatlashuv  qobiliyatini  oshiradi.  Ammo  bu  oxir  oqibatda  ishlab 
chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past 
sifatli  va  narxi  qYAIMat  tovarlarni  sotib  olishga  majbur  bo‗lgan  milliy  iste‘molchilar 
yutqazadi.  
A.Smitning  "Tinch  qo‗yish"  nazariyasi,  1923  -  1933  yillarda  bozor  iqtisodiyotiga 
asoslangan  deyarli  barcha  mamlakatlarni  qamrab  olgan  iqtisodiy  inqiroz  davrida  tanqidga 
ushradi.  Iqtisodiy  tanazzul  va  ommaviy  ishsizlik  davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga 
aralashuvini kushaytirishni taqazo qildi.  
Davlatni  iqtisodiyotdagi  rolini  oshirish  masalasi  Djon  M.Keynsning  "Ish  bilan 
bandlilik,  protsent  va  pulning  umumiy  nazariyalari"  nomli  kitobida  o‗z  aksini  topdi  (1936).  
Bu  kitobda  muallif  davlat  fiskal  va  kreditli  tartibga  solish  vositalaridan  foydalanib, 
jamiyatning  yalpi  talabini  rag‗batlantirishni  va  aholining  ish  bilan  bandligini  ta‘minlashi 
zarurligini  isbotlaydi.  Amalda  gap  davlatning  uzluksiz  ravishda  krizisga  qarshi  siyosat 
o‗tkazishi,  iqtisodiy  inqirozning  salbiy  oqibatlarini  tugatish  va  sanoat  siklining  o‗zgarishini 
yo‗qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga oshirildi.  
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‗rsatmalar u yoki bu darajada bozor 
iqtisodi amalda ustun bo‗lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning 


 
 
106 
 
iqtisodiyotdagi  rolining  yanada  ko‗proq  oshib  borishi  ro‗y  berdi.  Hozirgi  davrda  davlat 
tomonidan  tartibga  solishni  muhim  maqsadi  sifatida  nafaqat  sikliga  qarshi  tartibga  solish  va 
ish  bilan  bandlilikni  ta‘minlash,  balki  iqtisodiy  o‗sishning  yuqori  darajasini  va  yaxlit  takror 
ishlab chiqarish jarayonini optimallash-tirishni rag‗batlantirish tan olinadi.  
Ma‘muriy  buyruqbozlikka  asoslangan  tizimdan  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  sharoitida 
davlatning  milliy  iqtisodiyotga  aralashuvini  nima  belgilab  beradi?-  degan  savol  tug‗ilish 
tabiiy.  
Birinchidan,  davlat  o‗ziga  milliy  iktisodiyotda  bozor  vositasida  o‗z  -  o‗zini  tartibga 
solish  orqali  bajarish  mumkin  bo‗lmagan  yoki  samarali  bajarish  mumkin  bo‗lmagan 
vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta‘minlash, mamlakatda ishki tartibni saqlash va aholining 
kam ta‘minlangan qismini ijtimoiy rimoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.  
Ikkinchidan,  bozor  iqtisodi  sharoitida  rususiy  ishlab  chiqarish  va  iste‘mol  bir  qator 
ijobiy va salbiy oqibatlarni tug‗diradi.  
Bu  oqibatlar  bevosita  uchinchi  shaxs  manfaatida  aks  etadi  va  demak  kishilarning 
alohida  guruhi  va  umuman  jamiyat  manfaatiga  ta‘sir  qiladi.  Masalan,  shiqitli  texnologiyaga 
asoslangan  ishlab  chiqarishlarda  tozalash  qurilmalariga  xarajatlarni  tejash,  xususiy  ishlab 
chiqaruvchilar  nuqtai  nazaridan  (u  yoki  bu  korporatsiya  yoki  individual  ishlab  chiqarishga) 
foydali, atrof  muritni ifloslanishiga olib  kelishi esa  boshqa  kishilar uchun  qo‗shimsha  salbiy 
oqibatga ega.  
Davlat  yakka  tadbirkor  yoki  istemolshidan  farqli,  jamiyat  manfaatini  ifodalab, 
qo‗shimsha  ijobiy  samarani  rag‗batlantirishga  va  aksincha  salbiy  samara  bilan  bog‗liq 
faoliyatni tartibga solishi va sheklashga xarakat qilishi zarur.  
Uchinchidan,  davlatning  iqtisodiy  jarayonlariga  aralashuvi  shu  sababli  ro‗y  beradiki, 
individual  istemolshilar  hamma  vaqt  u  yoki  bu  tovarni  iste‘mol  qilishning  oqibatlarini 
ob‘ektiv  baholay  olmaydi.  Shu  nuqtai  nazardan,  davlat  foydali  iste‘molni  kengaytirish  va 
aksincha  sog‗lik uchun  zahar  tovarlar iste‘molini  sheklash  vazifasini  o‗z zYAIMasiga oladi. 
Masalan,  davlat  tamaki  mahsulotlari  yuqori  aksiz  (egri)  solig‗ini  o‗rnatilib,  bir  tomondan 
o‗zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni   sotib olish talabini sheklaydi.  
To‗rtinshidan,  davlat  o‗z  zYAIMasiga  bozorning  tabiatidan  kelib  chiqadigan  ayrim 
rolatlarni qisman yengillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to‗lovga qobil talabini 
qondirishga  teng  imkoniyatni  ta‘minlaydi.  Ammo  bu  bozorning  milliy  boylikni  ijtimoiy  - 
adolatli  taqsimlashni  ta‘minlashini  bildirmaydi.  Bunday  sharoitda  davlat  aholining  kam 
ta‘minlangan  qatlamini  turmush  darajasi  haqida  g‗amxo‗rlik  qilishi,  pulsiz  (yoki  imtiyozli  ) 
bilim berish, tibbiy xizmat ko‗rsatish va shu kabilarni o‗z zYAIMasiga oladi.  
Beshinshidan, 
hozirgi 
sharoitda 
iqtisodiy 
o‗sishning  barqaror  izshilligini 
rag‗batlantirish vazifasi ham davlatning zYAIMasiga tushadi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish