Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Davlatning iqtisodiyotga ta‟sir qilish usullari va vositalari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

3.Davlatning iqtisodiyotga ta‟sir qilish usullari va vositalari. 
Davlat  milliy  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  bir  qator  usullardan  foydalanadi.  Bu 
usullarni umumlashtirib quyidagisha guruxlash mumkin:  
-  bevosita ta‘sir qilish usullari; 
-  bilvosita ta‘sir qilish usullari;  
-  tashqi iqtisodiy usullar. 
Markazdan  boshqarish  tartibi  ustun  bo‗lgan  mamlakatlarda  davlatning  iqtisodiy 
jarayonlarga  aralashuvida  bevosita  ta‘sir  qilish  usullari  ustun  bo‗lsa,  bozor  iqtiodiyoti  esa 
birinchi  navbatda  iqtisodiy  jarayonlarni  bilvosita  tartibga  solish  bilan  bog‗langan.  Shu  bilan 
birga  barcha  mamlakatlarda  iqtisodiyotning  davlat  sektori  mavjud.  Davlat  xilma  -  xil 
shakldagi  kapitalga  egalik  qiladi,  kreditlar  beradi,  korxonalarga  mulkdor  hisoblanadi.  Bu 
davlatning  ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi.  
Davlat  iqtisodiyotni  bevosita  tartibga  solishda  ma‘muriy  vositalardan  foydalaniladi. 
Ma‘muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur 
qilish  xarakterdagi  tadbirlarni  o‗z  ishiga  oladi.  Tartibga  solishning  ma‘muriy  vositalaridan 
foydalanilganda  yaxlit  takror  ishlab  chiqarish  jarayoni  yoki  uning  alohida  tomonlarini 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tartibga solish ko‗zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga ushragan 
davrda  iqtisodiyotga  bilvosita  ta‘sir  qilish  tadbirlari  kam    samarali  bo‗lib,  ma‘muriy 
vositalardan  foydalanishga  ustunlik  beriladi.  Bu  usullardan  quyidagilarni  alohida  ko‗rsatish 
mumkin:  


 
 
110 
 
a)  iqtisodiyotning  ayrim  bo‗g‗inlari  -  transport,  aloqa,  atom  va  elektr  -  energetika, 
kommunal xizmat va boshqalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor 
sifatida  o‗ziga  qarashli  korxona  va  tashkilotlar  iqtisodiy  hayotida  faol  qatnashadi.  Davlat 
tadbirkorligi, ma‘lum doirada amal qilib, ko‗pinsha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun 
qulay  bo‗lmagan  korxonalar  doirasi  bilan  sheklanadi.  Davlat  tadbirkorligi  bir  tomondan, 
ma‘lum sharoitlarda iqtisodiy o‗sish uchun zarur bo‗lsa, ikkinchi tomondan vaqt o‗tishi bilan 
samarasiz  bo‗lib  qolishi  ham  mumkin.  Bunday  holda  ular  xususiy  tadbirkorlik  ob‘ektiga 
aylantiriladi.  
b) narxlar va ish haqini qotirib qo‗yish siyosati:  
Bu  iqtisodiyotga  aralashishning  antiinflyatsion  tadbirlari  hisoblanib,  inflyatsiyani 
yumshatishga  qaratiladi.  Mazkur  siyosatni  yuritishda  narxlar  va  ish  haqini  oshirish  qonun 
bilan  taqiqlandi  yoki  ma‘lum  doira  bilan  sheklanadi.  Antiinflyatsion  tadbirlar  orqali 
inflyatsiya darajasini pasayishi investitsiyalarga rag‗bat beradi.  
v) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (Mehnat birjalari) ni tashkil qilish.  
Davlat  bu  faoliyatni  tashkil  qilish  bilan  ishsizlikni  qisqartirish  choralarini  ko‗radi. 
Ularni  zarur  kasblarga  qayta  tayyorlaydi,  ish  bilan  ta‘minlanmaganlarga  nafaqa  beradi, 
muhtojlarga yordam ko‗rsatadi.  
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‗zda tutuvshi qonuniy aktlarni ishlab shiqish va 
qabul  qilish  (monopoliyaga  qarshi  qonunshilik,  soribkorlik  to‗g‗risidagi,  bank  sohalari, 
qYAIMatli qog‗ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‗zda tutuvshi qonunlar). 
Shu  orqali  bozor  munosabatlarining  rivojlanishi  qonun  yo‗li  bilan  kafolatlanadi,  turli 
mulk  shakllarining  daxlsizligi  ta‘minlanadi,  monopoliyalarga  yo‗l  berilmaydi  va  erkin 
raqobatga  sharoit  yaratiladi.  Iqtisodiyotni  bilvosita  tartibga  solishda  iqtisodiy  dastak  va 
vositalarga  ustunlik  beriladi.  U  davlatning  pul  -  kredit  va  byudjet  siyosatida  o‗z  ifodasini 
topadi.  
Pul - kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‗ladi:  
-  hisob stavkasini tartibga solish;  
-  moliya  kredit  muassasalalarining  markaziy  bankdagi  ertiyotlari  minimal 
hajmini o‗rnatish va o‗zgartirish;  
-  davlat muassasalarining qYAIMatli qog‗ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat 
majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to‗lash).  
Davlat  bu  dastaklar  yordamida  moliya  bozorida  talab  va  taklif  nisbatini  kutilgan 
yo‗nalishda    o‗zgartirishga  xarakat  qiladi.  Jumladan,  ssudaga  beriladigan  pul  miqdorini 
o‗zgartirish  uchun  foiz  stavkasi  vositasidan  foydalanadi.  Davlat  kreditga  bo‗lgan  talab  va 
taklifni markaziy bank orqali quyidagi yo‗llar bilan o‗zgartiradi.  
Birinchidan,  davlat  markaziy  bank  ehtiyojlari  orqali  banklar  mablag‗larining  qarzga 
beriladigan  va  extiyot  (rezerv)da  turadigan  qismlari  ulushini  o‗zgartiradi.  Natijada  qarzga 
beriladigan  pul  miqdori  o‗zgaradi,  ya‘ni  uning  taklifi  oshsa  foiz  kamayadi,  aksincha  u 
kamaysa  foiz  oshadi.  Foizning  kamayishi  kredit  olishga  intilishni  kushaytiradi  va  bu 
investitsiya faolligi orqali iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantiradi.   
Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning 
kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o‗sishiga ta‘sir qilishini ta‘minlaydi.  
Uchinchidan,  davlat  markaziy  bank  orqali  xazina  majburiyatlarini  tarqatadi,  o‗z 
obligatsiyalarini  sotadi  yoki  qYAIMatli  qog‗ozlarini  sotib  oladi.  Natijada  taklif  etilgan  pul 
mikdori  o‗zgarib,  bu  foizga  ta‘sir  etadi.  Davlatning  pulga  bo‗lgan  talab  va  taklifini 
o‗zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.  
Davlat  byudjet  siyosati  uning  daromadlar  va  xarajatlar  qismini  o‗zgartirishga 
qaratiladi.  Davlat  xarajatlarini  qoplash  uchun  moliyaviy  mablag‗larni  jalb  qilishning  eng 
asosiy  dastagi  soliqlar  hisoblanadi.  Ulardan  xo‗jalik  sub‘eklari  faoliyatiga  va  ijtimoiy 
barqarorlikga  ta‘sir  ko‗rsatishda  xam  keng  foydalaniladi.  Soliqlar  yordamida  davlat 
tomonidan  tartibga  solish  tanlangan  soliq  tizimiga,  soliq  stavkasi  darajasiga  hamda  soliq 
turlari  va  soliq  to‗lashda  berilgan  imtiyozlarga  bog‗liq  bo‗ladi.            Davlat  iqtisodiyotni 


 
 
111 
 
tartibga  solish  vositasi  sifatida  byudjet  xarajatlaridan  ham  foydalanadi.  Bunga  birinchi 
navbatda,  davlat  kreditlari,  subsidiyalari  va  kafolatlari,  hamda  xususiy  sektordan  tovarlarni 
sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo‗ladi.  
IDTSda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari aloxida 
rol  o‗ynaydi.  U  hozirgi  sharoitda  jamg‗arish  va  iktisodiyotdagi  tarkibiy  o‗zgarishlarni 
rag‗batlantirishning  asosiy  vositasi  hamda  iqtisodiy  sikli  va  bandlikka  ta‘sir  ko‗rsatuvshi 
muhim  dastak  hisoblanadi.  Iqtisodiyotni  tartibga  solishda  davlat  kapital  qo‗yilmalari  muhim 
rol o‗ynaydi. Jumladan, bozor kon‘yukturasi yomonlashgan, turg‗unlik yoki inqiroz sharoitida 
xususiy  kapital  qo‗yilmalar  qisqaradi,  davlat  investitsiyalari  esa  odatda  o‗sadi.  Shu  orqali 
davlat  ishlab  chiqarishda  tanazzul  va  ishsizlikning  o‗sishiga  qarshi  turishga  xarakat  qiladi. 
Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi o‗zgarishlarda ham sezilarli o‗ringa 
ega  bo‗ladi,  masalan,  davlat  xususiy  kapitalining  oqib  kelishi  yetarli  bo‗lmagan  mintaqalar, 
tarmoqlar  yoki  faoliyat  sohalarida  yangi  ob‘ektlar  qurish  va  eskilarini  qayta  qurollantirish 
orqali  iqtisodiyot  tarkibiy  tuzilishiga  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Bulardan  tashqari  davlat  kapital 
quyilmalari  ilmiy  -  tadqiqot  ishlarida,  kadrlar  tayyorlashda,  tashqi  savdo  va  chetga  kapital 
chiqarishda  ham  katta  rol  o‗ynaydi.  IDTS  ning  oliy  shakli  davlat  iqtisodiy  dasturlari 
hisoblanadi.  Uning  vazifasi  tartibga  solishning  barcha  usuli  va  vositalaridan  kompleks 
foydalanishdan  iborat.  Iqtisodiy  dasturlar  o‗rta  muddatli,  favqulodli  va  maqsadli  bo‗lishi 
mumkin.  O‗rta  muddatli  umum  iqtisodiy  dasturlar  odatda  besh  yilga  tuziladi.  Favqulodli 
dasturlar  tig‗iz  vaziyatlarda,  masalan,  inqiroz,  ommaviy  ishsizlik  va  kushli  inflyatsiya 
sharoitlarida  ishlab  shiqilib,  qisqa  muddatli  xarakterga  ega  bo‗ladi.  Bunday  maqsadli 
dasturlarning  ob‘ekti  tarmoqlar  mintaqalar,  ijtimoiy  sohalar  va  ilmiy  tadqiqotlarning  har  xil 
yo‗nalishlari bo‗lishi mumkin.  
IDTS tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita 
va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‗jalik aloqalariga 
bevosita  ta‘sir  ko‗rsatiladi.  Tovarlar,  xizmatlar,  kapital  va  fan  -  texnika  yutuqlari  eksportini 
rag‗batlantirish  tadbirlari,  eksportni  kreditlash,  chet  ellardan  investitsiyalar  va  eksport 
kreditlarini  kafolatlash,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarga  sheklashlar  kiritish  yoki  bekor  qilish, 
tashqi  savdoda  boj  to‗lovlarini  o‗zgartirish,  mamlakat  iqtisodiyotiga  chet  el  kapitalini  jalb 
qilish yoki sheklash bo‗yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro 
iktisodiy  tashkilotlarda  va  davlatlaharo  uyushmalarda  qatnashish  mamlakatlarning  tashqi 
iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.  
Shunday  qilib,  IDTSning  qarab  shikilgan  barcha  ishki  va  tashqi  iqtisodiy  usullari 
(vosita  va  dastaklari)  birgalikda  milliy  iktisodiyotdagi  takror  ishlab  chiqarish  jarayoniga  va 
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish