Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

2.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining 
rivojlanishi 
Xalqaro  Mehnat  taqsimoti  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar,  ya‘ni  turli  mamlakatlar 
o‗rtasidagi  xo‗jalik  aloqalari  negizida  yotadi.  Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  quyidagi 
shakllarda namoyon bo‗ladi: 
- tovar va xizmatlar bilan xalqaro savdo; 
- kapital va chet el investitsiyalarining xarakati; 
- ishchi kuchining migratsiyasi; 
- ishlab chiqarishning davlatlaharo kooperatsiyasi; 
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; 
- valyuta-kredit munosabatlari; 
Xalqaro  mehnat  taqsimoti  rivojlanishi  natijasida  jahon  bozori  tarkib  topadi.  Jahon 
bozoriga  tovar  va  xizmatlarning  xalqaro  xarakati  sifatida  qarash  mumkin.  Jahon  bozori 
o‗zining  rivojlanishida  bir  qator  bosqichlardan  o‗tadiki,  ulardan  har  biri  milliy  xo‗jalikning 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma‘lum darajasi bilan xarakterlanadi. 
Kapitalning  xalqaro  xarakati  -  bu  kapitalning  chet  elda  joylashtirilishi  va  faoliyat 
qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda shiqariladi: 
-  xususiy  yoki  davlat  kapitali  shaklida.  Kapitalning  xalqaro  tashkilotlar  yo‗li  bilan 
xarakati ko‗pinsha mustaqil shakl sifatida ajratiladi. 
-  pul  va  tovar  shaklida.  Jumladan,  kapital  chiqarish  mashina  va  uskunalar,  patentlar, 
nau-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo‗lishi mumkin. 
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; 
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo‗yicha 
foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
va  portfelli  investitsiyalardan  iborat  bo‗ladi.  To‗g‗ridan-to‗g‗ri  investitsiyalar  shu  kapital 
hisobiga  qurilgan  ob‘ekt  (korxona)lar  ustidan  nazorat  qilish  huquqini  beradi,  portfelli 
investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda aksiya paketlari hamda obligatsiya va 
boshqa qYAIMatli qog‗ozlar shaklida beriladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining 
xalqaro migratsiyasi  hisoblanib, u  o‗z ifodasini  Mehnat  resurslarining  ancha  qulay  sharoitda 
ish bilan ta‘minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‗shib o‗tishida topadi. 
Xalqaro  migratsiya  jarayonini  iqtisodiy  omillar  bilan  birga  siyosiy,  etnik,  madaniy, 
oilaviy va boshqa xarakterdagi omillar ham taqozo qiladi. 
Xalqaro  migratsiya  ikkita  asosiy  tarkibiy  qismni  o‗z  ishiga  oladi:  emigratsiya  va 
YAIMigratsiya.  Emigratsiya-mamlakatlardan  doimiy  yashash  joyiga  chiqib  ketishni, 
YAIMigratsiya-mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. 
Fan-texnika  yutuqlari  bilan  xalqaro  ayirboshlash  bir  qator  shakllarda  amalga 
oshiriladi.  U  ilmiy-texnikaviy  axborotlar,  mutaxasislar,  fan  sohasi  xodimlari  bilan 
ayirboshlashni,  tadqiqot  va  yangiliklarni  litsenziya  asosida  berishni,  ilmiy-tadqiqot  ishlari 
o‗tkazishni,  umumiy  fan-texnika  va  texnologiyani  ishlab  chiqarish  bo‗yicha  qo‗shma 
tadbirkorlikni o‗z ishiga oladi. 
Ilmiy  texnikaviy  hamkorlikning  muhim  shakllaridan  biri  injiniring  hisoblanadi. 
Xalqaro  injiniring  bir  davlat  tomonidan  boshqasiga  sanoat  va  boshqa  ob‘ektlarni 
loyiralashtirish  va  qurish jarayoniga kerakli  hisob-kitob  loyiralarini  berish  hamda  injenerlik-
qurilish xizmati ko‗rsatishdan iborat bo‗ladi. 
Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy shegaralar 
orqali  to‗xtovsiz  o‗sib  boruvchi  xarakati  butun  jahon  infratuzilmasining  rivojlanishi  va 
takomillashuvini  tezlashtiradi.  Juda  muhim  transtport  tizimi  (dengiz,  daryo,  ravo,  temir  yo‗l 
transporti)  bilan  bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar 
tarmog‗i  tobora  ko‗proq  ahamiyat  kasb  etib  boradi.  Munosib  umumjahon  infratuzilmasi 
bo‗lmasa,  hozirgi  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  baynalminallashuvini  rivojlantirib 


 
 
116 
 
bo‗lmaydi.  Bunday  infratuzilmaning  ayrim  tarkibiy  qismlari  jahon  savdosi  vujudga 
kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo‗lgan. 
Hozirgi  davrda  birjalar,  moliya  markazlari,  yirik  sanoat  va  savdo  birlashmalari  misli 
ko‗rilmagan  tezlik  bilan  operativ  ma‘lumotlar  olishga  va  ularni  ishlab  shiqishga  imkon 
beruvshi  eng  yangi  texnik  vositalar  bilan  jirozlangan.  Rivojlangan  mamalakatlarda  keng 
tarmoqli  axborot  majmuasi  tashkil  topmoqda,  uning  ta‘siri  amalda  iqtisodiyotning  barcha 
tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda. 
Hozirgi  sharoitda  ilmiy  va  tijorat  axborotlar  ayniqsa  qimmatlidir.  Shu  sababli  turli 
xalqaro  darajalarda  maxsus  «ma‘lumotlar  banklari»  tashkil  topmoqda,  bular  ilmiy  va  ishlab 
chiqarish  maqsadlari  uchun  zarur  axborotni  qidirib  topishni  ancha  yengillashtiradi.  Jahon 
infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali rivojlanadi. 
Xalqaro  ayirboshlash  tovarlarda  materiallashgan  shakllardan  nomaterial  aloqalarga 
tobora  ko‗proq  o‗rin  bo‗shatadi,  ya‘ni  fan-texnika  yutuqlari,  ishlab  chiqarish  va  boshqarish 
tajribasi,  xizmatning  boshqa  turlari  bilan  ayirboshlash  o‗sib  boradi.  Hisob-kitoblarga  ko‗ra 
hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi milliy mahsuloti (YAMM)ning 46 foizini tashkil qiladi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish