Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

1.Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari va ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi 
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli xususiyatlaridan 
biri  -  turli  mamlakatlar  va  xo‗jalik  regionlari  o‗rtasidagi  o‗zaro  bog‗liklarning  o‗sib  borishi 
hisoblanadi. 
Jahon  xo‗jaligida  har  bir  o‗zgarishlar  (jahon  bozoridagi  narxlar  xarakati  va  alohida 
mamlakatning  eksport  imkoniyatidan  tortib  dunyo  iqtisodiyotidagi  tarkibiy  siljishlar  va 
xalqaro  monopoliyalar  faoliyatigacha)  dunyodagi  barcha  mamlakatlar  manfaatini  o‗ziga 
tortadi.  Mamlakatning  savdo,  ishlab  chiqarish,  valyuta  moliya  sohalaridagi  jahon 
tamoyillariga  bog‗liqlik  ob‘ektiv  reallik  hisoblanadi.  Hozirgi  davrda  har  qanday  mamlakatni 
uning  iqtisodi  qanday  rivojlangan  bo‗lishidan  qat‘iy  nazar,  jahon  xo‗jaligi  aloqalariga  jalb 
qilmasdan uning to‗la qonli iqtisodiy rivojlanishini ta‘minlash mumkin emas. 
Shu  sababli  Prezidentimiz  I.Karimov  «Mamlakatning  jahon  xo‗jalik  aloqalarida, 
xalqaro  Mehnat  taqsimotida  keng  miqyosda  ishtirok  etishi  ochiq  turdagi  iqtisodiyotni  barpo 
etishning asosidir», deb ta‘kidlaydi. 
Dunyo  bir-biridan  maqsadlari,  amal  qilish  mexanizmi  bilan  farqlanuvchi  turli  xil 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo‗lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini 
turkumlash  har  xil  mezonlar  asosida  amalga  oshiriladi.  YAqin  vaqtlargacha  bizning 
adabiyotimiz  sotsializm dunyosi,  kapitalizm  dunyosi  va  uchinchi  dunyo  mamlakatlari  degan 
tuchunshani singdirib keldi. 
Jahon  hamjamiyati  mamlakatlarini  turkumlashga  umumiy  asosda  yondashib  xo‗jalik 
tizimlarining  xususiyatlariga  mos  ravishda  davlatlarning  uchta  guruhini  ajratib  ko‗rsatish 
mumkin:  rivojlangan,  bozor  iqtisodiyotida  rivojlanayotgan  va  bozor  iqtisodi  mavjud 
bo‗lmagan  mamlakatlar.  Rivojlanganlik  darajasi  bo‗yicha  ham  o‗z  navbatida  uchta  guruh 
farqlanadi:  kam,  o‗rtacha  va  yuqori  rivojlangan  mamlakatlar.  Shimoliy-Sharqiy  Osiyo  va 
Lotin  Amerikasidagi  yangi  industrial  mamlakatlar  (YAIM),  yuqori  daromadli  neft  eksport 
qiluvchi  mamlakatlar  (Saudiya  Arabistoni,  quvayt  va  boshqalar)  eng  kam  rivojlangan 
mamlakatlar  (EKVI),  shu  jumladan  eng  kambag‗al  mamlakatlar  (Shad,  Baengladesh, 
Efiopiya), har xil regional ittifoqlar va internatsional guruhlarga ajratiladi. 
Bu  barcha  turli-tumanlik  bir  butun  yaxlitlikka  o‗zaro  iqtisodiy  bog‗liqlikning  har  xil 
jixatlari  orqali  tortiladi.  Hozirgi  xo‗jalik  aloqalarining  chuqurlashib  bohayotganligi 


 
 
114 
 
baynalminallashuvining  kuchayishi  hamda  fan-texnika  revolyutsiyasining  keng  qamrovli 
xarakteri,  aloqa  va  kommunikatsiya  vositalarining  butunlay  yangi  roli  sharoitida  milliy 
iqtisodiyot o‗z-o‗zini ta‘minlash orqali samarali amal qilish mumkin emas. 
Jahon xo‗jalik  aloqalarining  tez  o‗sishi shunday  davrlarga to‗g‗ri keladiki,  bu  davrda 
ishlab  chiqarish  omillarining  xarakati  tezlashadi,  kapital  milliy  chegaradan  o‗sib  chiqadi, 
ishchi  kuchi  migratsiyasi  kuchayadi,  xalqaro  Mehnat  taqsimotining  shakillanish  jarayoni 
tezlashadi.  Bu  shundan  guvohlik  beradiki,  xo‗jalik  aloqalarining  baynalminallashuvini  ko‗p 
jihatdan  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanish  mantiqi  taqozo  qiladi,  ya‘ni  u  milliy 
chegaradan  o‗sib  chiqadi  va  ob‘ektiv  ravishda  ishlab  chiqarishning  baynalminallashuvini 
zarur  qilib  qo‗yadi.  Milliy  xo‗jaliklar  va  ular  o‗rtasidagi  iqtisodiy  aloqalar  negizida 
shakillangan jahon xo‗jaligi asosida xalqaro Mehnat taqsimoti yotadi. 
Xalqaro  Mehnat  taqsimoti  (XMT)  alohida  mamlakatlarning  tovar  va  xizmatlarning 
ma‘lum  turlarini  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashuvini  ifodalaydi.  Alohida  mamlakatlarning 
bunday  ixtisoslashuvi  mahsulotlari  ustun  darajada  eksportga  yo‗naltirilgan  xalqaro 
ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi. 
Dastlabki  vaqtlarda  xalqaro  Mehnat  taqsimotining  rivojlanishi  asosan  tabiiy 
sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to‗ntarishidan keyin, ya‘ni 
ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  baynalminal  xususiyat  kasb  etib,  milliy  xo‗jaliklar  doirasidan 
tashqariga  o‗sib  shiqa  boshlagash,  ularning  negizidan  barqaror  Mehnat  taqsimoti  va  jahon 
bozori  tarkib  topadi.  Hozirgi  vaqtda  xalqaro  Mehnat  taqsimoti  turli  ijtimoiy  tizimlarni  o‗z 
ishida oluvchi umumjahon xo‗jaligi doirasida rivojlanmoqda. 
Xalqaro  Mehnat  taqsimoti  va  ayirboshlashda  qatnashayotgan  mamlakatlar  bir  xil 
sharoitda emas. Bu rol ularning turli jo‗g‗rofiy arvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, 
rivojlanish  ko‗lami,  darajasi  va  iqtisodiyotini  tuzilishi,  ishki  bozorning  hajmi  bilan 
belgilanadi. 
Ana  shu  farqlar  sababli  ayrim  mamlakatlarda  bir  xil  tovarlarni  ishlab  chiqarishdagi 
xarajatlar  darajasi  ham  turlisha  bo‗ladi.  Shuning  uchun  har  bir  mamlakat  o‗zi  nisbatan 
qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga 
va aksincha, jahon bozoridan o‗zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko‗proq bo‗ladigan yoki 
tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko‗ra umuman ishlab shiqarib bo‗lmaydigan tovarlarni sotib 
olishga  intiladi.  Tovarlar  mamlakatlar  o‗rtasida  jahon  narxlari  asosida  ayirboshlanadi.  Ular 
baynalminal  qiymatga  asoslanadi.  Buning  ma‘nosi  shuki,  ijtimoiy  zaruhiy  baynalminal 
Mehnat sarflari jahon bozorida e‘tirof qilinadi. 
Umuman  olganda,  jahon  narxlarining  tashkil  topishi  odatda,  sof  holida  amalga 
oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‗lishiga to‗sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon 
narxlariga ta‘sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta sheklashlari, valyutalar qiymatining o‗zgarib 
turishi,  xalqaro  monopoliyalar  siyosati,  birjadagi  chayqovchiliklar  va  hakazolar  shular 
jumlasidandir.  Shu  sababli  ayrim  mamlakatlarning  jahon  bozoridagi  raqobatlashuv 
qobiliyatidagi  farqlar,  pirovard  natijada  mehnat  unumdorligining  milliy  darajadagi  farqlarini 
aks ettiradi. 
Rivojlangan  mamlakatlarda  keyingi  o‗n  yilliklarda  yangi  texnologik  asoslarga  o‗tish 
jahon  xo‗jalik  aloqalarining  tez  o‗sishi  bilan  birga  bordi.  Takror  ishlab  chiqarish 
jarayonlarining  baynalminallashuvi  o‗zining  har  ikkala  shaklida:  integratsion  (milliy 
xo‗jaliklarning  yaqinlashuvi,  o‗zaro  moslashuvi  orqali)  va  transmilliy  (xalqaro  ishlab 
chiqarish  majmuasining  tuzilishi  orqali)  shakllarida  kuchayadi.  Jumladan,  butun  dunyoda 
regional  davlatlaharo  iqtisodiy  integratsiyaning  qaror  topish  tamoyili  kuzatiladi.  Jumladan, 
rivojlangan  yevropa  integratsion  hamjamiyati  (EI)  doirasida  tovarlar,  xizmatlar  va  ishchi 
kuchining  erkin  xarakati  amalga  oshiriladi.  Shimoliy  Amerika  umumiy  iqtisodiy  hamkorlik 
AqSh,  Kanada  va  Meksika  iqtisodiyotining  integratsiyasini  ko‗zda  tutadi.  Davlatlaharo 
integratsiyaning  kuchayishi  janubiy-sharqiy  Osiyo,  O‗rta  Osiyo,  arab  dunyosi,  Afrika  va 
Markaziy Amerika mamlakatlari uchun ham xarakterli bo‗lmoqda. 


 
 
115 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish