Microsoft Word qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


partion  kartalar,  kartochkalar  yoki  kitoblar  ochiladi.  Ushbu  ombor  hisobi



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/200
Sana03.07.2021
Hajmi0,98 Mb.
#107795
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   200
Bog'liq
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


partion  kartalar,  kartochkalar  yoki  kitoblar  ochiladi.  Ushbu  ombor  hisobi 
registrlariga  kirim  qilingan  materiallarning  miqdori,  narxi,  summasi  va  boshqa 
belgilari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  schyot-fakturalar  va  kirim  dalolatnomalari 
asosida yoziladi. 
Omborlardan  materiallar  qurilish  maydonchalariga  talabnomalar,  ichki 
naklodnoylar, limit-zabor qaydnomalari asosida beriladi. Bu hujjatlar ikki nusxada 
tuziladi hamda  mas’ul xodimlar (bosh injener, hisobchi), shuningdek materiallarni 
bergan va olgan moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. 
Qurilish  maydonchalarida  omborlardan  olingan  materiallar  uchun  moddiy 
javobgar  shaxslar  bo‘lib  masterlar,  prorablar  yoki  brigadirlar  hisoblanadi.  Ushbu 
moddiy  javobgar  shaxslar  bo‘ynidagi  materiallarning  qurilish  ishlariga  sarflanishi 
maxsus  hisobot  (M-29  shakl)  bilan  rasmiylashtiriladi.  Ishlatilmagan  materiallar 
qurilish maydonchalaridan omborlarga ichki nakladnoylar bilan qaytariladi.           
Materiallarning  chetga  chiqib  ketishi  (sotilishi,  bepul  berilishi,  ta’sis  badali 
sifatida  kiritilishi),  shuningdek  yaroqsiz  holatga  kelganligi  uchun  hisobdan 
chiqarilishi  faqat  qurilish  tashkiloti  rahbarining  ruxsati  bilan  amalga  oshiriladi. 
Ushbu  hollarda  materiallarning  ombordan  chiqib  ketishi  schyot-fakturalar  bilan 
ikki nusxada rasmiylashtiriladi.  
Yaroqsiz  holatga  kelgan  materiallarning  hisobdan  chiqarilishi  dalolatnomalar 
bilan rasmiylashtiriladi. 
Materillarning omborlardan berilishi va boshqa barcha chiqimlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar guvohlik beruvchi hujjatlar asosida partion kartalar, kartochkalar yoki 
ombor kitobiga qayd etiladi. 
Qurilish  tashkilotlarida  ombor  mudirlari  materiallarning  holati  va  harakati 
bo‘yicha hisob siyosatida belgilangan muddatlarda material hisobotlarini tuzadilar. 
 Ta’kidlash  joizki,  respublikamizda  qurilish  tashkilotlari  uchun  material 
hisobotining yaxlit shakli tasdiqlangan emas. Qurilish tashkilotlarida hozirgi kunda 
ham  sobiq  sovet  tizimi  davrida  ushbu  maqsadlar  uchun  tasdiqlangan  maxsus 
hisobot shaklidan (M-19 shakl) foydalanib kelinmoqda. Biroq, qurilish tashkilotlari 
amaliyotida bu hisobotni aynan tasdiqlangan shaklda tuzilmayotganligini, aksincha 
uni  turli  o‘zgartirilgan  ko‘rinishlarda  tuzish  holatlarini  uchratish  mumkin. 


Chunonchi,  ayrim  qurilish  tashkilotlarida    materiallar  hisoboti  faqat  soniy 
ko‘rinishda, boshqalarda esa soniy-summoviy ko‘rinishda tuzilmoqda.       
Soniy-summoviy  ko‘rinishda  tuzilgan  materiallar  hisoboti  (M-19  shakl) 
namuna sifatida 4 – ilovada keltirilgan. 
Hisobotni  ushbu  ko‘rinishda  yuritishga  hozirgi  kunda  qurilish  tashkilotida 
materiallarni  hisobdan  chiqarishda  qabul  qilingan  baholash  usullari  katta  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Chunonchi,  FIFO  usulini  qo‘llash  ushbu  hisobotni  bir  qancha 
varaqlardan iborat bo‘lishiga olib keladi. Chunki, bu usulga ko‘ra materiallar nomi 
bir  xil  bo‘lsada,  lekin  sotib  olish  narxlari  turlicha  bo‘lganligi  uchun  alohida 
qatorlarda ko‘rsatiladi. 
AVEKO  usulini  qo‘llash  hisobot  varaqlari  sonini  kamayishiga  olib  keladi. 
Chunki,  bunda  materiallar  nomi  bir  xil  bo‘lganligi  uchun,  ularning  bahosidan 
qat’iy  nazar,  bir  qatordan  yoziladi.  Bu  usulda  materiallar    holati  va  chiqimining 
summaviy miqdori  hisobotda o‘rtacha baholarda ko‘rsatiladi.        
Materiallar hisoboti ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi barcha kirim 
va  chiqim  hujjatlari  bilan  birgalikda  buxgalteriyada  qoladi.  Buxgalter  tomonidan 
tekshirilgan  va  rahbar  tomonidan  tasdiqlangan  ikkinchi  nusxasi  esa  ombor 
mudiriga qaytariladi. 
Qurilish tashkiloti buxgalteriyasida materiallar hisoboti va unga ilova qilingan 
boshlang‘ich  hujjatlar  ishlab  chiqarish  zahiralarining  sintetik  va  analitik  hisobini 
yuritishga asos bo‘lib hisoblanadi.    

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish