Ishlab chiqilganligiga ko‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallar
o‘zi ishlab chiqqan va o‘zi ishlab chiqmagan materiallarga bo‘linadi. Chunonchi,
qurilish tashkilotining yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan ishlab
chiqilgan va qurilish ob’ektlarida ishlatilgan g‘isht, blok, eshik, ramka, turli
moslama va konstruksiyalar o‘z ishlab chiqarishidan olingan qurilish materiallari
hisoblanadi. Sotib olingan, buyurtmachilardan, ta’sischilardan va boshqa tashqi
shaxslardan kelib tushgan materiallar o‘zi ishlab chiqmagan materiallar
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |