Kimga tegishlishiga ko‘ra qurilish ishlarida ishlatilayotgan materiallarni
pudratchi qurilish tashkilotning va buyurtmachi tashkilotning materiallariga bo‘lish
mumkin. Birinchi turdagi materiallar asosida bajarilgan ishlar pudratchi
tashkilotning o‘z materiallari asosida bajarilgan hisoblansa, ikkinchi turdagi ishlar
esa buyurtmachilar materiallari asosida bajarilgan ishlar hisoblanadi. Har ikkala
holatda ham sarflangan materiallar qurilish ob’ektining qiymatiga (tannarxiga)
kiritiladi. Agar qurilish ishlari buyurtmachilarning bergan materiallari asosida
bajarilgan bo‘lsa, u holda ularning qiymati o‘zaro hisob-kitoblar summasiga
kirtilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |