ishlangan miniatyuralar ichida «Sulton Sanjar va to’quvchi kampir bilan
uchrashuvi» uning etuk asarlardan biridir. Unda saljuqiylar hokimi Sulton Sanjar
ovga ketayotgan paytda qari to’quvchi kampir uni xalq boshiga ko’p tashvish va
uqubatlar tushirgani uchun koyiganligi hikoya qilinadi.(Rasm. Sulton Sanjar ovda.)
Bu asari bilan rassom o’z davr illatlarini ham ko’tarib chiqqanligini ko’rsatadi.
Saadiyning «Bo’ston» asari miniatyuralari ham M.Muzahhib qalamiga mansub deb
hisoblanadi. Bu qo’lyozma Toshkent hokimi Barakxon taxallusi bilan tanilgan
Navro’z-Axmad uchun 1555 yili ishlangan. Bu qo’lyozma ham Milliy kutubxonada
Parijda saqlanadi. Maxmud Muzahhib shogirdlari Muhammad Chagri Muxassin,
Abdulla, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalar kitob, miniatyura
madaniyati va san’atini rivojlantirishda o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
Muhammad Murod Samarqandiy. Muhammad Murod Samarqandiy XU1 asrning
boshlarida Samarqandda tug’ilgan. Shu erda diniy va dunyoviy bilimlarni egalladi,
xususiy maktabda rassomlik va xattotlik bilimlarini egallagan. Samarqanddagi
Ulug’bek madrasasida diniy va dunyoviy bilimlarini oshirib shu erning o’zida kitob
ko’chirish, ularni turli naqsh va rasmlar bilan bezash bilan shug’ullandi. Temuriylar
inqirozi kuchayib borgan kezlarda aqidaparastlar tomonidan jonli narsalar rasmini
chizish man etilib rassomlar taqibga uchrayboshlaganida u do’sti Nodir
Samarqandiy bilan birga Xindistonga, boburiylar davlatiga o’tib ketdi va shu erda
umrining oxrigacha yashab ijod qildi va xind miniatyura maktabining shakllanishida
muhim rol o’ynadi. Samarqandiy ham o’z ijodida jamiyat illatlarini ochib
ko’rsatishga harakat qilganligi uning qator asarlarida o’z ifodasini topgan. Temirchi
Kova qo’zg’oloniiga bag’ishlangan miniatyurasi shunday tanqidiy ruhda ishlangan.
Bulardan tashqari shohlarning qabul marosimlari, ov va jang manzaralari uning
asarlarida o’z ifodasini topgan. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Saa’diyning
“Guliston”, “Bo’ston” dostonlariga ishlangan miniatyuralar ham mashhur.
Muhammad Murod Samarqandiyning bizgacha saqlangan asarlari ichida 1556 yili
ishlangan «Shohnoma» qo’lyozmasigaishlangan miniatyuralari alohida ajralib
turadi. Bugungi kunda bu qo’lyozma Toshkentdagi Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi. Dostonga ishlangan 115 ta
miniatyura syujetlari tugal, dostondagi voqyealarni mohiyati bilan ochib berishga
harakat qiladi. Unda rassom dostondagi voqyealarning mazmunini atroflicha
yoritishga, jamiyat illatlarini ochib ko’rsatishga harakat qiladi. “Temirchi Kova
qo’zg’oloni”, “Zahhokning Fariddun tomonidan asr olinishi”, “Fariddunning o’g’illari
Yaman shohi huzurida”, “Rustamning tug’ulishi” va boshqa miniatyuralarda shu
xususiyatlar namoyon bo’ladi. XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro O’rta
Osiyo badiiy hayotida muhim o’rin egalladi Portret madaniyati va san’ati rivojlandi.
Xonlar portretlari ishlandi. Abdullaxon , Imonqulixon portretlari shular jumlasidan.
Shayboniylar davrining mashhur musavvirlari Abdullo Buxoriy, Menuchehr,
Jamoliddin Yusuf kabi miniatyura ustalari ham tarix sahifalaridan munosib o’rinni
egalladilar. Ularning bizgacha etib kelgan ayrim asarlari ularning yuksak did va
ijodiy barkamolliklaridan dalolat beradi..
3.
Shayboniyxon vafotdan keyin parchalana boshlangan katta saltanat yangi
Ashtarxoniylar sulolasiga yo’l ochib berdi. Ashgarxoniylar sulolasi 1601 yildan 1753
yilgacha hukmdronlik kildi. Ashtarxoniylar sulolasining asoschisi Joni Muhammad
asl astraxanlik bo’lib, ruslar bu xonlik erlarini bosib ola boshlagan payitlarda u o’z
o’g’illari bilan Buxoroga, qaynotasi Abdullaxon panohiga qochib kelgan edi.
Keyinchalik shu sulola vakili Imonqulixoni Buxoro zodagonlari ulug’ xon kilib
ko’tardilar. Imonqulixon 30 yildan ortiq Buxoroda hukmronlik qildi. 1642 yili ukasi
Nodirmuxmmad o’rnini bo’shatib beradi, chunki uning ko’zi ojiz qolgan edi.
Ashtarxoniylar davri notinchlik , qo’zg’olon va ko’tarilishlar bilan to’la.
Samarqandning Daxbid degan joyida , І713-І4 yillari Buxoroda, 1719 yili Balxda,
1746 yili Toshkentda shunday g’alayonlar bo’lib utada.1713 yil Samarqanda bo’lgan
xunarmandlar qo’zg’oloni ham xonlikka katta tashvish keltiradi.G’alayonlar ham,
taxt uchun olib borilgan nizolar ham asta davlatning emirilib parchalanishiga olib
bordi.Natijada ko’pgina san’atkorlar,jumladan miniatyurachilar O’rta Osiyodan o’zga
yurtlarga,boburiylar hukmronligida bo’lgan Xindistonga ko’chib keta boshladilar.
M.M.Samarqandiy va Nodir Murod Samarqandiylar shular jumlasidan edi. Shunga
qaramay 17 asr ham san’at yangiliklariga boy Me’morlik, tasviriy, amaliy bezak
madaniyati va san’ati va kitobot hamda miniatyura sohasida sezilarli asarlar
yaratildi.
Tasviriy san’at memoriy bezaklarda, amaliy san’at buyumlari keng o’rinni
egallaydi va ularning axralmas qismiga aylangan. Shu davrda ishlangan gilam va
suzanalar, sopol buyumlar, Buxorodagi Nodir-Devon Begi Samarqanddagi
Sherdor, Tillakori madrasalarining bezaklarida tasviriy san’at o’z ifodasini topgan.
Umuman shuni ta’kidlash kerakki, bu asrda ham borliqni, tabiat ko’rinishlari,
guldon yoki tuvakda ko’karib turgan gul, daraxt shoxida xirgoyi qilayotgan chiroyli
qushlar va hayvonlar tasviri shu davrda ishlangan sopol buyumlari, gilam va
so’zanalarda binolarning tashqi va ichki bezaklarida, turli xil shakllar (medadonlar)
ichiga ishlangan tasvirlarda keng uchraydi. Shu xususda Samarqanddagi Tilla qori
madrasasi (XVII asr) naqsh va bezaklari diqatga sazovor. Bu madrasa devoriy
rasmlarida Bibi Xonim maschiti, oq saroy, devoriy rasmdariga o’xshash
kompozitsiyalar uchraydi. Uncha katta bo’dmagan manzaralar - daraxt shohlari,
gullar ko’rinishi moviy zaminda (fonda) oltin xaldan ishlangan Bu hisobiga xonalar
ko’rinishi ertaknamolik kashf etgan.17 asr miniatyura va kitobot madaniyati va
san’ati ham boy tarixiga ega. Bu asrda san’atning shu turlarida nodir asarlar
yaratildi. Saroy qoshidagi kutubxonalarda rassom va xattotlarning katta guruhi
mehnat qilgan. Jumladan musavvirlar Xo’ja Gado, Avaz-Muhammad, Xo’ja Muqim,
Mulla Bexzod , xattotlar Mirza Barki, Mirza Mir Munish va Arab-Shoh saroy
kitobxonasida yashab ijod etgan . Bulardan tashqari xonlar taklifi va buyurtmalari
asosida tashqaridan ham istedodli rassomlar kitoblar ko’chirish va bezash ishlariga
jalb etilgan. Jumladan Ashtarxoniylardan Abdulazizxon uchun ko’chirilgan
Sadiyning «Bo’ston» asari uchun ko’chirilgan qo’lyozmada(1649) Farxod ismli
musavvir dasxati uchrashi shundan dalolat beradi. Nizomiyning «Hamsa» asari
qo’lyozmasida esa Muhammad-Muqim (Xo’ja Muhammad),Muhammad
Amin,Behzod dastxatlari bor.
Document Outline - mavzu: Buxoro xonligi madaniyati va san’ati
Do'stlaringiz bilan baham: |