Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
I. Talabalar bilimini tekshirish:
1. An’analarning o’quvchi hayotidagi o’rni
2. Tarbiyaviy ishlarda an’analardan foydalanish.
3. Sinf jamoasida an’analarni tarkib toptirish va tashkil etish.
An’ana – kishilarning muayyan tarixiy sharoitda vujudga kelgan va avloddan-
avlodga o’tib boradigan g’oya, dunyoqarash, urf-odat, tartib, shuningdek xulq-
atvor me’yoridir. An’ana – bu yaxshi urf-odat, jamoa hayotiga mustahkam
o’rnashib qolgan ijobiy tajribalardir. Sinf jamoasining foydali ish faoliyati, agar u
takrorlanib tursa va odat tusiga kirib qolsa, bu faoliyat an’anaga aylanadi.
Misol tariqasida turli bayramlarni nishonlash, ijodiy ko’riklar tashkil qilish,
maktabni biritganlar bilan uchrashuvlar, tug’ilgan kunlarni muborakbod etish va
boshqalarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |