Gapda bir xil sintaktik vazifa bajaraib, bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan bo‘laklar uyushiq
bo‘laklar deyiladi. Uyushiq bo‘laklar, odatda, bir so‘z turkumiga mansub bo‘ladi.
239
Gapning bosh bo‘laklari ham ikkinchi darajali bo‘laklari ham uyushib kelishi mumkin.
Masalan: egalar uyushgan: Tumanimizda maktablar, bolalar bog‘chalari va do‘konlar
qurilyapti.
To‘ldiruvchilar, aniqlovchilar uyushgan: Taram-taram olmalarni, asl nashvatilarni, po‘sti
yupqa luchchak shaftolilarni, quymoqqa o‘xshash anjirlarni aytmaysizmi, bay-bay.
Do'stlaringiz bilan baham: