Adabiyotlar ro‘yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
1. O‘zR qonunlari.
2. O‘zR Prezidenti farmonlari.
3. O‘zR Hukumati qarorlari.
4. Me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar.
5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6. Internetdan olingan axborot manbalari.
Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko‘rsatiladi:
muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan
joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada)
bosilgan bo‘lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta)
sahifasi raqami.
Ilovalar ular mazmunini ko‘rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik bilan tikib
qo‘yiladi.
Referat ilmiy rahbar tomonidan referatni baholash bo‘yicha kafedra belgilagan ko‘rsatkichlar va
mezonlar asosida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |