GRAMMATIKA: REFERAT MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA
MATERIALINING XUSUSIYATLARI .
Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish
shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda,
yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha
bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtayi nazarlarni
qiyoslashda muallifning o‘z nuqtai nazarini ko‘zda tutadi. Referatlash
qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi,
umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda
tutadi.
Referatning o‘ziga xosligi:
• keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo‘lmaydi;
• matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |