Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro tashkilot, xalqaro aloqa, rasmiy-diplomatik
uslub,elchi, muxtor elchi, son, sanoq son, tartib son, dona son, miqdor son, jamlovchi son.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Belarus Respublikasi prezidenti
Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019 yil 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy tashrif
bilan Belarus Respublikasida bo‘ldi. Prezidentlarning qo‘shma bayonoti matnini e'lon qildi.
O‘zbekiston – Belarus hamkorligi keyingi yillarda ancha faollashdi. Davlatlararo
munosabatlardagi yangi muhit xalqlarimiz hayotida aks etmoqda. Ikki mamlakat tarmoqlari,
hududlari va bevosita ishbilarmonlari yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Bu ikki tomon ham
o‘zaro manfaatli, do‘stona hamkorlik tarafdori ekanining yorqin ifodasi bo‘ldi. Muloqotda
O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning bugungi holati,
rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari uchinchi mamlakatlar
bozorlarini o‘zlashtirish maqsadida kooperatsiyani kuchaytirish lozimligiga alohida e'tibor
qaratdilar. Shuningdek, belaruslik sheriklar tajribasini hisobga olgan holda, O‘zbekiston bilan
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hamkorligi istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xalqaro va mintaqaviy
ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Muzokara rasmiy delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi.
Unda o‘zaro savdo ko‘lamini oshirish, mintaqalararo hamkorlik uchun yangi yo‘nalishlar
ochish, ilm-fan, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ta'lim va turizm sohalaridagi
aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Belarusga to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati mahsulotlari, rangli
metall va undan tayyorlangan uskuna va buyumlar, transport vositalari, ehtiyot qismlar
eksport qiladi. Belarus mamlakatimizga qishloq xo‘jaligi texnikasi, oziq-ovqat tovarlari,
yog‘och, rezina va kauchuk, qora metall va boshqa mahsulotlar yetkazib beradi
Fan, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ta'lim sohalari o‘zaro munosabatlarning muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki bularsiz hamkorlikning uzoq muddatli istiqbolini belgilab
bo‘lmaydi.
Belarusning raqamli texnologiyalar, dasturlash va axborot kommunikatsiyalarini joriy
etish borasidagi ilg‘or tajribasiga qiziqish kuchli. Muzokarada ta'lim sohasiga tegishli dastur
va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, birgalikda tadqiqotlar olib borish, qo‘shma fakultet va
laboratoriyalar ochish, ularga yoshlarni jalb etish masalalariga e'tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik tobora faollashmoqda. O‘tgan yili Belarus
Prezidentining tashrifi doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
143
bazasida Belarus – O‘zbekiston ta'lim markazi ochildi. Bugungi kunda ikki mamlakatning 15
oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |