Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"


Muzeylar o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/636
Sana02.07.2021
Hajmi7,27 Mb.
#107015
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   636
Bog'liq
9f271df388 1585767174

 

Muzeylar o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik 

 

Yosh  avlod  tarbiyasida  xalqimizning  boy  o‘tmishini    bugungi  zamon  bilan  bog‘lovchi 

muzeylar  faoliyati  alohida  o‘rin  tutadi.  Muzeylarga  tashrif  buyurgan  kattayu  kichik  o‘tmishda 

yashab o‘tgan tarixiy shaxslar, xalqimiz tomonidan yaratilgan betakror madaniy-ma’naviy meros 

haqida keng tasavvurga ega bo‘ladi, millatimiz tarixiga aloqador shonli, unutilmas voqyealardan 

faxrlanadi,  bugungi  farovon  turmushimizga  shukrona  keltiradi,  ularning  kayfiyatida  milliy 

qahramonlarimiz  xotirasiga  chuqur  hurmat  va  xayrixohlik  ifodasi  aks  etadi.  Shu  bois  ham 

hozirda  yoshlarning  muzeylarga  sayohatlarini  uyushtirish,  bu  maskanlarda  turli  mavzulardagi 

ma’naviy-ma’rifiy kechalarni tashkil qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 

 Mazkur  tadbirlar  yoshlarni  ona  yurtga  muhabbat,  azaliy  qadriyatlarimizga  hurmat,  Ona 

Vatanga  sadoqat  ruhida  tarbiyalashga,  ular  ongida  mamlakatimizda  bo‘lib  o‘tayotgan  muhim 

voqyea-hodisalarga  befarq  bo‘lmaslik,  ayniqsa,  o‘z  madaniy  merosini  asrash  tuyg‘ularini 

shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  turli  yo‘nalishdagi  muzeylar  faoliyat  ko‘rsatmoqda. 

Istiqlol yillarida bunyod etilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” 

muzeyi,  Termiz  Arxeologiya  muzeyi  singari  dargohlar  xalqimizning  ulkan  bunyodkorlik  va 

ma’naviy  salohiyatini  namoyon  etib  turibdi.  Samarqand,  Buxoro,  Xiva  kabi  qadimiy 

shaharlarimizdagi  qayta  ta’mirlanib  yangicha  qiyofa  kashf  etgan  muzeylarda  ayni  paytda 

xalqimiz tarixi va madaniyatiga oid ko‘plab eksponatlar saqlanmoqda.  

Bizning muzeylarimizni ko‘rishga, o‘rganishga chet ellik sayyohlar o‘rtasida ham qiziqish 

juda kattadir.  

Muzeylar  yosh  avlod  ma’naviyatini,  dunyoqarashini  boyituvchi  vositadir.  Shu  bois 

bugungi  kunda  maktab  va  kollejlar  o‘quvchilari  ishtirokida  muzeylarga  sayohatlar  uyushtirish, 

dars  jarayonlarini  muzeyda  olib  borish  faoliyati  yo‘lga  qo‘yilgan.  Hozirga  kelib  muzeylarga 

yoshlarning keng qamrovda tashrif etishi, ularni e’tiborini jalb qilish maqsadida yangi tartib va 

an'analar joriy etilmoqda. Jumladan, poytaxtimizdagi qator muzeylarda o‘quvchilar uchun turli 

imtiyozlar yaratilgan. Bularning barchasi muzeylarga kelayotgan yoshlar oqimini kengaytirishga

ularga  Vatanimiz  tarixi  haqida  chuqur  ma’lumot  berishga,  tarixga  qiziqishlarini  orttirishga, 

ayniqsa har bir fuqaro qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbatni dildan his qilishga yordam beradi. 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   636




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish