Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"


TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/636
Sana02.07.2021
Hajmi7,27 Mb.
#107015
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   636
Bog'liq
9f271df388 1585767174

TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI

 

 



 

 

 

O‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  rahnamoligida 



tariximizni chuqur o‘rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash borasida amalga oshirilgan 

keng  ko‘lamli  ishlar  samarasida  Amir  Temur  shaxsi,  uning  jahon  tarixidagi  o‘rni,  xalqimiz, 

Vatanimiz oldidagi xizmatlari qadr topdi. 

 

1996-yili  Sohibqiron  Amir  Temurning  660-yillik  yubileyi  xalqaro  miqyosda  keng 



nishonlandi,  YuNESKO  shafeligida  xalqaro  konferensiyalar  va  ko‘rgazmalar  o‘tkazildi. 

Sohibqironning 675-yillik tavallud to‘yi arafasida Yurtboshimiz so‘zboshisi bilan mazkur kitob 

mukammal holda yangidan chop etildi. 

 

Bugun  Toshkent,  Samarqand  va  Shahrisabz  shaharlarida  bobokalonimizning  ulug‘vor 



haykallari  savlat  to‘kib  turibdi.  Amir  Temur  nomi  bilan  ataluvchi  ko‘chalar,  xiyobonlar  va 

boshqa geografik obyektlar yurtdoshlarimizning ardoqli maskanlariga aylangan. 1996-yili Amir 

Temur  xiyoboniga  tutash  hududda  Temuriylar  tarixi  davlat  muzeyi  barpo  etildi.  Bu 

Sohibqironga, uning yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlariga ko‘rsatilgan yuksak ehtiromning amaliy 

ifodasidir. 

 

Temuriylar  tarixi  davlat  muzeyi binosi  Amir  Temur  davridagi  saroylar  ko‘rinishida 



qurilgan  bo‘lib,  imoratning  asosiy  kirish  eshiklari  Amir  Temur  xiyoboniga  qaragan.  Yog‘och 

o‘ymakorligining  yorqin  namunasi  bo‘lgan,  yong‘oqdan  ishlangan,  ko‘rkam  bu  eshiklardan 

ekspozitsiya  zaliga  kirib  boriladi.  Imoratning  butun  aylanasi  bo‘ylab  joylashgan  yarim  ochiq 

ayvonini salobatli, oq rangli ustunlar bezab turadi. Uning tashqi devori aylanasi bo‘ylab sirkor 

sopol  medalyonlar  bilan  bezatilgan,  ularda  arab  alifbosidagi  suls  yozuvida  insonni  yaxshilikka 

undovchi  Itoat,  Adolat,  Zarofat,  Ma’rifat,  Diyonat,  Oqibat,  Marhamat,  Qadriyat,  Sadoqat, 




75

 

 



Muvaffaqiyat,  Matonat,  Muruvvat,  Shijoat,  Mashvarat  so‘zlari  bitilgan.  Bularning  barchasi 

inshootga o‘zgacha husn bag‘ishlaydi. 

 

Temuriylar  tarixi  davlat  muzeyi  rang-barang  eksponatlari,  noyob  osori-atiqalari  bilan 



nafaqat  yurtdoshlarimiz,  balki  xorijlik  sayyohlar  e’tiborini  ham  o‘ziga  jalb  etib  kelmoqda.  Bu 

yerda  temuriylar  davriga  oid  ko‘plab  nodir  ashyolar  saqlanmoqda. Bular  –  Amir  Temur  va 

temuriylar  davri  tarixiga  oid  qo‘lyozmalar,  yozishmalar,  oltin,  kumush  va  mis  tangalar,  sopol, 

bronza,  mis  buyumlar,  me’moriy  qoplamalar,  etnografik  manbalar,  Amir  Temur  va  temuriylar 

davri zargarlik buyumlari namunalari, Amir Temur maqbarasi va Bibixonim masjididan topilgan 

ashyolardir 

 

Ushbu  noyob  inshoot  nafaqat  muzey,  balki  Amir  Temur  va  temuriylar  davri  tarixini 



o‘rganuvchi  ilmiy  markaz  sifatida  xalqimizning  davlatchilik  tarixini  yoritib  beruvchi, 

ajdodlarimizning  boy  moddiy  va  ma’naviy  merosini  o‘zida  mujassam  etuvchi  va  ilmiy  tadqiq 

etib,  kelajak  avlodga  yetkazuvchi  obyekt  ham  hisoblanadi.  Muzeyda  o‘tgan  yillar  mobaynida 

«Temuriylar  davri  renessansi»,  «Temuriylar  davri  yozma  yodgorliklarining  O‘zbekistonda  va 

xorijda  o‘rganilishi» mavzusida  fundamental,  «Shohruxiya  qal’a-shahari  –  Amir  Temur  va 

temuriylar  davrining  noyob  yodgorligi»  mavzusida  amaliy  loyihalar  amalga  oshirildi.  Ayni 

paytda  “Temuriylar  davrida  ilm-fan  va  madaniyat  rivojini  o‘rganish  va  targ‘ib  qilishning 

umumbashariy  ahamiyati”  mavzusida  fundamental  ilmiy  loyiha  ustida  ish  olib  borilmoqda. 

Muzeydagi  ilmiy-tadqiqot  ishlari  Amir  Temur  va  temuriylar  davri  tarixini  chuqur  va  xolisona 

yoritishga qaratilgandir. 

 

Temuriylar davriga oid asosiy ekspozitsiyalar muzeyning ikkinchi va uchinchi qavatidan 



joy  olgan.  Bu  yerdagi  o‘zbek  miniatyurachi  rassomlari  yaratgan  “Buyuk  Sohibqiron  –  buyuk 

bunyodkor”  kompozitsiyasi  “Tug‘ilish”,  “Yuksalish”,  “Faxrlanish”  deb  nomlangan  uch 

bo‘limdan  iborat.  Asarda  moviy  rang  ko‘p  uchraydi.  Bu  rang  Amir  Temur  bayrog‘ining  ramzi 

bo‘lgan. U hamisha hayotni sevishga, tiriklikni anglashga, bunyodkorlikka undagan. 

 

Muzeyga  turli  xorijiy  davlatlar,  hukumatlar  va  nufuzli  xalqaro  tashkilotlar  rahbarlari, 



mashhur insonlar tashrif buyurib, «Faxriy mehmonlar kitobi»ga o‘zlarining dil so‘zlarini yozib 

qoldirgan. 

 

Muzeyda turli ilmiy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib, 



ularda yoshlar faol ishtirok etayotirlar. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitilayotgan 

“O‘zbekiston  tarixi”,  “Ma’naviyat  asoslari”,  “Milliy  g‘oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar” 

fanlarining Amir Temur va temuriylar davriga oid mavzulari mazkur muzeyda o‘tkazilmoqda. 

 

 



I.  V. SAVITSKIY NOMIDAGI SAN‘AT MUZEYI 

 

 



 

I.V.Savitskiy  nomidagi  Qoraqalpog‘iston    davlat  san'at  muzeyi  –  respublikadagi  yirik 

muzeylardan;  Nukus  shahrida  1966-yilda  tashkil  topgan,  1984-yildanN.V.Savitskiy  nomi  bilan 



76

 

 



ataladi.  Muzeyga  I.Savitskiyning  sa’y-harakati  va  u  to‘plagan  qoraqalpoq  xalqamaliy  san'ati 

asarlari 

negizida 

asos 


solingan. 

Muzeyningumumiymaydoni 

6,9 

mingkv.m. 



Muzeyxalqamaliysan'ati,  qadimiy  va  o‘rta  asrlar  Xorazm  san'ati,  1920-30-yillar  o‘zbek  va  rus 

tasviriy san'ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma’rifiybo‘limlar, 

kutubxona  (10  mingdonaasar),  fond  hamd  ata’mirlash  ustaxonasiga  ega.  Fondida  85  mingdan 

ortiq eksponat mavjud (2004). 

Muzey  fondida  1920-  30-yillarda  avangard  rassomlar  yaratgan  asarlar  to‘plangan. 

Qoraqalpoq  xalq  ustalari  tomonidan  yaratilgan  zargarlik,  yog‘och  o‘ymakorligi,  kashtado‘zlik, 

to‘qimachilik (ayniqsa, o‘tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san'at bo‘limida jamlangan. 

Qadimiy  Xorazm  san'ati  bo‘limi  muzeyning  arxeologik  guruhlari  tomonidan  qo‘lga 

kiritilgan  topilmalar  hisobiga  yanada  boyimoqda.  Tasviriy  san'at  bo‘limi  to‘plami,  ayniqsa, 

serqirra:  to‘plamni  qoraqalpoq  rassomlari  (I.Savitskiy,  K.Soipov,  J.  Quttimurodov, 

D.To‘raniyozov  va  b.),  O‘rta  Osiyo  rassomligining  keksa  avlodi  A.Volkov,  M.Qurzin, 

A.Nikolayev (Us to Mo‘min), N.Karaxan, O‘.Tansiqboyev va boshqaning katta ahamiyatga ega 

asarlari tashkil etadi. Shuningdek, 1920-30-yillarda faol ijod etgan rus rassomlari A.Shevchenko, 

R.Falk,  V.Muxina,  I.Grabar  asarlari  bilan  bir  qatorda  ijodi  deyarli  o‘rganilmagan.R.Mazel, 

K.Redko, A.Safronov va boshqaning asarlari ham qo‘yilgan. 

Muzey  eksponatlari  monografiya  (etyud,  chizgidan  tortib  to  yetuk  asarlar)  tartibida 

to‘plangani  bilan  ham  qimmatlidir.  Yana  muzeyning  o‘ziga  xosligi  eksponatlarning  zich 

joylanishi,  ekspozitsiyalarda  to‘plamni  to‘laqonli  namoyishiga  erishganidadir.  Muzey  san'at 

asarlarini  to‘plash,  targ‘ib  etish,  kataloglar  chop  etish,  ko‘rgazmalar  tashkil  qilish  bilan 

shug‘ullanadi.  Muzey  qoshida  gilamchilik  ustaxonasi  ishlab  turibdi;  «Nukus  muzeyining 

do‘stlari»  klubi  faoliyat  olib  boradi,  ko‘rgazmalar  uyushtiradi.  Muzey  Xalqaro  muzeylar 

qo‘mitasi(IKOM) a’zosi. 

Muzey  1968-69  yillarda  Moskvadagi  Sharq  muzeyida  Qoraqalpoq  to‘plamini  ilk  bor 

namoyish  etdi.  1970  yildan  respublika  va  xorijiy  mamlakatlar  (AQSH,  Fransiya,  Germaniya, 

Italiya, Yaponiya, Rossiya va b.)dagi ko‘rgazmalarda ishtirok etadi. 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   636




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish