Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"


-mavzu. KELAJAK – BILIMLI YOSHLAR QO‘LIDA



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/636
Sana02.07.2021
Hajmi7,27 Mb.
#107015
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   636
Bog'liq
9f271df388 1585767174

8-mavzu. KELAJAK – BILIMLI YOSHLAR QO‘LIDA. 

 

Og‘zaki nutq: Mavzuga  oid  matnni  o‘qib  tushunish.  Matnni  ijodiy  so‘zlash.  Mavzu 

bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish. 



Yozma nutq: “Iqtidorli  yoshlar”  mavzusida  bog‘lanishli  matn  tuzish.  “Mening 

tengdoshlarim” mavzusida dialog tuzish va uni inssenirovka qilish. Yoshlar hayotidan qiziqarli 

hodisa va voqyealar to‘g‘risida hikoya tuzish. 



80

 

 



GrammatikaSo‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. Ot - so‘z turkumi.  

 

Tayanch so‘z va iboralar: iqtidor, kelajak avlod, sinonim, antonim, omonim, paronim, ot, 



atoqli ot, turdosh ot, shaxs oti, narsa oti, o‘rin-joy oti, faoliyat-jarayon oti.  

                                                

KELAJAK – YOSHLAR QO‘LIDA 

           Bugungi  kunning  yoshlari  har  tamonlama  barkamol  hamda  bilimli,  salohiyatli  bo‘lib 

kamol topishlari lozim. Zero, oz fursat mobaynida mislsiz yutuqlarga erishgan ona diyorimiznig 

kelajagi yoshlar qo‘lida. Shunday ekan, har bir ota-ona o‘z farzandini, ustoz esa o‘z shogirdlarini 

chuqur ta’lim hamda namunali tarbiyalashi zarur. 

Bu kunga yetkunga qadar xalqimiz ne-ne og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazdi. Bundayin hurriyatga 

erishish  osonlik  bilan  bo‘lgani  yo‘q  demak,  har  bir  yosh  vujudida  shunga  yarasha  mas'uliyat 

bo‘lishi lozim. 

         Biz  yoshlarni  Vatanga  muhabbat,  xalqiga  sadoqat  ruhida  tarbiyalashimiz  muhim 

vazifalarimizdan biri. Biz kimmiz? Ajdodlarimiz kim bo‘lib o‘tgan? Farzandlarimiz kim bo‘lishi 

kerak  degan  savol  har  bir  inson  qarshisida  gavdalanishi  muhim.  Ajdodlarga  munosib  avlod 

bo‘lib  kamol  topishlari  uchun  ham  diniy  ham  dunyoviy  bilimga  ega  bo‘lishlari,  jismonan 

sog‘lom,  ruhan  tetik  qilib  tarbiya  qilishimiz  lozim.  Zero,  yurtboshimiz  aytganlaridek: 

“Yoshlarimiz  bizdan  ko‘ra  kuchli,  bilimli,  dono  bo‘lib  yetishishlari  uchun  bor  kuch-

imkoniyatlarimizni  safarbar  etiyotgan  ekanmiz,  bu  borada  ma’naviy  tarbiya  masalasi  hech 

shubhasiz benihoya ahamiyat kasb etadi”. 

Haqiqatdan  ham,  farzandlarimiz  kelajakda  o‘z  o‘rnini  egallashi  uchun,  ularni  har  tomonlama 

yetuk qilib tarbiyali kamol topishi uchun yetuk ma’naviyatli qilib tarbiya qilishimiz lozim. Agar 

inson  ma’naviyatli,  ma’rifatli  bo‘lsa,  demak  u  oq  va  qorani,  yaxshi-yomonni,  haq  va  nohaqni, 

halol haromni ajrata oladi. O‘zi ham to‘g‘ri yo‘ldan yurib, o‘zgalarni ham shu yo‘lga chorlaydi. 

Har bir ota-ona farzandiga chiroyli odobdan afzal narsa bera olmasligi Payg‘ambar (s.a.v.)ning 

muborak  so‘zlarida  ta’kidlanadi.  Insonning  kimligi,  qanday  muhitda  tarbiya  ko‘rgani  odobida 

aks etadi. Shuning uchun, avvalo, ularning odobiga e’tibor qarataylik. Bolalarimiz yosh umrini 

turli xil klublarda, ko‘ngil ochar barlar, muhabbat maydonlarida o‘tkazmay, darsxonalarda, sport 

mashg‘ulotlarida,  kutubxonalarda  mashg‘ul  bo‘lsalar,  kelajakda  komil  inson  bo‘lib  kamol 

topadilar. Ular bizning yuzimiz, mehnatimiz samarasidir. Bog‘bon bog‘dan yaxshi hosil olishni 

maqsad  qilgani  kabi,  biz  ham  bog‘imizdan  go‘zal  hosil  olaylik.  Daraxt  –  bu  farzandlarimiz. 

Mevalari esa, ular erishgan yutuqlar bo‘lmog‘i darkor. 

Yoshlikda olingan puxta bilim, o‘rganilgan kasb-hunar hamisha yo‘limizni yoritib turadi, 

bizni  kamolot  sari  yetaklaydi.    Bugun  hukumatimiz  tomonidan  yoshlarning  ezgu  orzu-

intilishlarini  ro‘yobga  chiqarish,  ularni  har  jihatdan  qo‘llab-quvvatlash  va  rag‘batlantirish 

borasida  ko‘rsatilayotgan  doimiy  e’tibor  minglab  yosh  avlodga  qanot  bag‘ishlamoqda. 

Yoshlarning  huquq  va  manfaatlarini  ta’minlash,  iste’dodini  yuzaga  chiqarish,  ilg‘or  g‘oya  va 

tashabbuslarini  hayotga  tatbiq  etishga  yaqindan  ko‘maklashishda  “Kelajak  ovozi”  yoshlar 

tashabbuslari  markazining  ham  munosib  hissasi  bor.  2006-yilda  tashkil  etilgan  ushbu  markaz 

faoliyati  yigit-qizlarni  o‘z  qiziqishi  bo‘yicha  to‘g‘ri  yo‘naltirish,  iqtidori,  ijodiy  salohiyatini 

yanada rivojlantirish, ma’naviyatini yuksaltirishda ustuvor o‘rin tutadi. Ushbu jamoat tashkiloti 

tomonidan “O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy 

harakati  bilan  hamkorlikda  an'anaviy  tarzda  o‘tkazilayotgan  “Kelajak  ovozi”  iqtidorli 

yoshlarning  mega-tanlovi,  “Yangi  avlod”  bolalar  ijodiyoti  festivali,  Iqtidorli  talabalar  uchun 

stipendiyalar,  Ta’lim  grantlari  dasturlari,  “Ta’lim  va  mutaxassislik”»  ko‘rgazmasi  yoshlarning 

iste’dodini o‘z vaqtida aniqlash, ularda Vatan taqdiri uchun mas'uliyat va daxldorlik tuyg‘usini 

yanada kuchaytirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.  

Markaz  qoshida  tashkil  etilgan  turli  to‘garak,  tuzilmalar,  mahorat  maktablari  yigit-

qizlarning  qiziqishi,  orzu-intilishiga  uyg‘un  tarzda  faoliyat  olib  boradi.  Jumladan,  Bandlikka 

ko‘maklashish markazi joylardagi bo‘sh ish o‘rinlariga oid ma’lumotlar bazasini yaratish, talaba-

yoshlar  uchun  ishlab  chiqarish  va  diplomoldi  amaliyotini  korxona  va  tashkilotlarda  o‘tash, 



81

 

 



bitiruvchilarga  ishga  joylashishda  ko‘maklashishda  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Hamkor 

tashkilotlar bilan  birgalikda  o‘tkazilgan  bo‘sh  ish  o‘rinlari  yarmarkalari,  “Ochiq eshiklar  kuni” 

tadbirlari  natijasida  o‘tgan  vaqt  mobaynida  5  ming  nafar  yigit-qiz  ishga  joylashishga  oid 

ma’lumotlarga ega bo‘ldi, 400 nafardan ortiq yoshlarning bandligi ta’minlandi.  

Mamlakatimizda  xorijiy  tillarni  o‘rganishga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda. 

Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori  bu  yo‘nalishda  muhim  omil  bo‘lmoqda. 

“Kelajak  Lingvo”  til  o‘rganish  markazida  ingliz,  nemis,  ispan,  fransuz,  arab,  xitoy,  yapon, 

koreys,  rus  tillarini  tarjimonlik  va  tilshunoslik  nuqtai  nazaridan  puxta  o‘rganish  imkoniyati 

yaratilgan.    “Kelajak  Lingvo”ning  noan'anaviy  usuldagi  mashg‘ulotlari,  seminar-treninglar  til 

boyligimizni muntazam oshirish, xorijiy tillarda bemalol so‘zlashish imkonini bermoqda. Ilg‘or 

texnologiyalarga  qiziquvchi  yoshlar  uchun  “Axborot  texnologiyalari  bo‘yicha  yosh 

mutaxassislar  maktabi”  –  “IT–School”  ham  samarali  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Bu  yerda  yoshlar 

axborot texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi ma’lumotlardan boxabar bo‘lish, dasturlash, veb-

dizayn, veb-dasturlash, 3D formatdagi grafika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bilimini boyitmoqda.  

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   636




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish