Termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi maktabgacha pedagogika



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/210
Sana02.07.2021
Hajmi3,15 Mb.
#106900
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   210
Bog'liq
maktabgacha pedagogika

 
Nazorat savollar: 
1. Iqtisodiy  ta’lim  va  tarbiya  bolalarga  tevarar-atrofimizdagi  iqtisodiyot  
nimani o‘rganadi? 
2.  MTMda iqtisod o‘rganish zarurligi nimalardan iborat? 
 
 


35 
 
 
 
9-mavzu: BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA IQTISODIY 
TA’LIMNING AHAMIYATI 
Reja: 
1. Barkamol avlodni tarbiyalashda iqtisodiy ta’limning ahamiyati 
2. Iqtisodiy  ong,  iqtisodiy  tarbiya,  iqtisodiy  ta’lim,  iqtisodiy  munosabatlar, 
iqtisodiy rag‘batlantirish tushunchalarni o’rgatish 
3. Bolalar  iqtisodiy  ongining  qaror  topishi  ularda  iqtisodiy  tushunchalar 
tizimini shakllantirish 
 
Tayanch so‘zlar: avlod, rivojlanish, tarbiya, ta’lim, tushuncha, iqtisod 
 
Sivilizatsiyaning  ming  yillik  tajribasi,  shuni  ko‘rsatadiki,  xususiy 
mulkchilikni  keng  rivojlantirmay  turib,  xo‘jalikni  samarali  boshqarib  bo‘lmaydi. 
Sharqiy  Yevropa,  Xitoy,  Janubi-Sharqiy  Osiyo,  Afrikaning  bir  qator 
mamlakatlarida  va  Kubada  jamiyat  hayotini  huquqsiz  (ya’ni  xususiy 
mulkchiliksiz)  yo‘lga  qo‘yishga  bo‘lgan  turli  urunishlar  muvaffaqiyatsizlikka 
uchradi. Mana shuning uchun xam O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar 
yo‘liga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  Respublika 
aholisining  eng  muhim  iqtisodiy  huquqi  -  mulk  huquqi  e’lon  qilingan.  Davlat 
iqtisodiy faoliyatni, tadbirkorlikni, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va 
huquqiy  himoyasini  kafolatlaydi.  Har  bir  mulkdor  o‘ziga  tegishli  mol-mulkka 
egalik qiladi, undan foydalanidi va uni boshqaradi. 
Lekin mulkdor yuqorida aytib o‘tilgan mulk huquqidan samarali foydalana 
olishi  uchun  u  iqtisodiy  bilim  asoslarini  yaxshi  bilishi  va  amalga  oshirish  uchun 
eng  yaxshi  variantni  tanlashi  lozim.  Buning  uchun,  o‘z  navbatida,  matematikani 
yaxshi  bilishi  kerak.  Chunki  matematika  iqtisodiyot  bilan  chambarchas 
bog‘langan.  Bunda  iqtisod  matematika  oldida  inson  hayotining  kundalik  va 
istiqboldagi dolzarb vazifalarni qo‘yish kerakligini nazarda tutish juda muhimdir. 
Shu  bois  matematikani  hayot  bilan  chambarchas  bog‘liq  holda  o‘qitish  kerak. 
Shunda  bola  bog‘chada  matematikani  tushunmasdan  yodlamaydi,  balki  uni 
o‘zining kundalik va bulg‘usi vazifalarni xal etish asbobi deb biladi. 
G‘arbda bu vazifa allaqachon xal etilgan va shu xolicha u muayyan vazifa 
hisoblanmaydi,  u  haqda  yozmaydilar  ham,  gapirmaydilar  ham.  U  jamiyat  hayoti 
va  oila  tarzining  ajralmas  qismiga  aylangan.  Bolalar  o‘zlarrining  barcha 
daromatlarini  hisobga  olgan  holda,  xarajatlarni  planlashtiradilar,  pullarini  ota-
onalariga berib qo‘yadilar va bergan pullarini ortig‘i bilan oladilar. O‘z pullarini 
ishonchli bo‘lishi uchun o‘ziga yaqin tutgan kishisini tanlaydilar. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bolalar uchun iqtisodiy tushunchalar qatoriga
 
quyidagilarni    kiritish  mumkin:  Iqtisodiy  ong,  iqtisodiy  tarbiya,  iqtisodiy 
ta’lim, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy rag‘batlantirish? Xo‘jalik tizimi, iktisodiy 
aloqalar, 
iqtisodiy 
integratsiya, 
ishlab 
chiqarish 
dasturi, 
korxonani 
rivojlantirishning  biznes-plani,  investitsiyalar,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish, 
tadbirkor  -  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt,  ish  o‘rni,  inson-  iqtisod  subyekti,  yangi 


36 
 
texnalogiyalar.  Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  tushunchalarni  bir-biri  bilan  o‘zaro 
bog‘liqlikda idrok qilish oson bo‘lishi uchun o‘quv materiallarini yuqoridan pastga 
sxemasi bo‘yicha tuzish maqsadga muvofiq: 
-  hayot  va  ish  uchun  zarur  bo‘lgan  xamma  narsalarni  yetkazib  beruvchi 
bog‘chaning ijtimoiy xo‘jaligi;  
- regional xo‘jalik - maxalliy xomashyo va mehnat resurslari manbayi; 
-  xo‘jalik  yurituvchi  subektlarning  soxaviy  birlashmalari,  ular  birlashma 
tarkibiga kiruvchi korxonalar ishini muvofiqlashtiradi; 
-  korxona  -  moddiy  ishlab    chiqarish va   xizmat      soxasining asosiy  ishlab 
chiqarish yacheykasi. 
O‘quv  materiallariga  kiritiladigan  barcha  tushunchalar  aniq  mazkur 
mashg‘ulot  o‘tayotgan  vaqtga  kelib  bolalar  ongida  shakllangan  lug‘at  doirasida 
bayon  qilinishi,  bolaning  fikrlari  iqtisodiyotga  kirib  boradigan  asosiy  sohalarni 
qamrab olishi kerak. 
Yuksak ma’naviyatli ota-ona farzandlarini insonparvar, vatanparvar, axloqiy 
jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib tarbiyalaydi. 
Ma’naviyat ilm-fan, falsafa, ahloq, huquq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, 
ommaviy  axborot  vositalari,  urf-odatlar,  an’analar,  din  va  boshqa  ko‘plab  tarixiy 
amaliy va zamonaviy qadriyatlarning   ta’sirida shakllanadi. Aynan shuqadriyatlar 
oilada ota-ona, katta yoshdagi oila a’zolari ta’sirida shakllanadi. 
O‘zbek  xalqi  qadimdan  oila  ma’naviyatiga  alohida  e’tibor  qaratgan. 
Bugungi  kunda  ma’naviy  merosdan  foydalanib,  mustaqil  respublikamiz  talabiga 
javob beradigan yoshlarni tarbiyalash har bir oilaning muqaddas burchidir. 
Bu  burchni  sharaf  bilan  ado  etish  oilada  yosh  avlod  ongiga  avlodlar 
shajarasi, 
kasb-kori, 
urf-odatlari, 
an’analari,  tarbiya  usullari,  jamiyat 
taraqqiyotidagi  o‘rni,  o‘ziga  xos  ijobiy  tarixini  singdirish,  undan  g‘ururlanish 
hissini  tarbiyalashdan  boshlanadn.  o‘z  ota-onasidan,  oilasi,  avlod-ajdodlari 
tarixidan  g‘ururlangan  inson  o‘z  o‘lkasi,  millati,  xalqi,  tili,  diii,  madaniyatidan 
g‘ururlanishi,  Uni  avaylab  -asrashi,  dunyoga  ko‘z-ko‘z  qilishi  tabiiydir.  Buning 
uchun oilada bolaning ongiga yoshlikdan boshlab «sen tarixi boy, ulug‘ millatning 
farzandisan»,  «sen  ulug‘  mutafakkirlar,  allomai-zamonlarni  dunyoga  keltirib, 
tarbiyalagan  bobokalonlarning  ajdodisan»,  «o‘zbek  xalqi  boy  ma’naviyatli, 
vatanga, xalqqa, sadoqatli xalq», «Bizning mamlakat dunyoda tabiati eng go‘zal, 
boy diyor» kabi tushunchalarni singdirib bormoq lozim. 
 
Bolalar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar 
tizimini shakllantirishni, ularning jamiyatni iqtisodiy rivojlantirish qonunyatlarini,  
iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etishga doir umumiy ma’lumotlarni o‘zlashtirib 
olishni,  ularda  fikrlash  operatsialari  (tahlil,  sintez  qilish,  umumlashtirish  va 
boshqalar)ni  rivojlantiradi  va  keyinchalik  eng  oddiy  iqtisodiy  tahlil  qilish 
ko‘nikma  va  malakalarni  tarkib  toptirishni  nazarda  tutadi.  Shu  sababli  bog‘cha 
yoshidagi  bolalarning  matematikaga  oid  mashg‘ulotlarida  iqtisodiy  elementlarni 
oshirib  borish  lozim.  Buning  uchun  bolalarni  oila  budjeti  asoslariga  o‘rgatish 
kerak.  Shunda  ular  turli  xil  oila  xarajatlari,  oila  a’zolari  daromadi  (ish  xaqi, 
pensiya,  stipendiya,  yordam  puli  va  boshqalar)ning  qanday  manbalar  hisobiga 
qoplanishini  bilib  oladilar.  Bolalarni  budjetning  raqamlaridagi  ifodasi  bilan 


37 
 
tanishtirish,  oilaning  ovqatlanish,  kiyim-bosh,  poyabzal,  kommunal  xizmatlar, 
o‘yin-kulgi, sayr-tamosha va hokazolar uchun bo‘ladigan xarajatlarni misollar va 
o‘yinchoqlar  bilan  tushuntirish  kerak.  Shundan  keyin  bolaning  shaxsiy  budjetini 
misol  qilib  ko‘rsatish  kerak.  Bolalarni  daromad  va  xarajatlarni  taqsimlashga 
o‘rgatish,jamg‘armalardan    qanday  foydalanishni  mumkinligini  ularga  gapirib 
berish lozim. 
Shundan  so‘ng  bolalarga  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  ularning  turlari 
haqida oddiy tushunchalar berish kerak. Ularga   qo‘shimcha ishlab chiqarish yoki 
uy xo‘jaligini yuritishni, har    qanday faoliyat xarajatlari bilan bog‘liqligini eng 
oddiy misollarda tushuntirish lozim. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish