ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida o‘rganadi. Oila
sotsiologiyasining alohida vazifalari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:
- jamiyat taraqqiyoti davomida oilaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi,
hamda mavjudlik qonuniyatlarini o‘rganish;
- oilaning mohiyati va faoliyati o‘zgarib borishini aniqlash;
- nikoh va oila turlari evolyusiyasini o‘rganish;
- oila tashkil topishi va taraqqiyotida avlodlarning o‘zaro ta’sirini
aniqlash;
- oila
tarbiyasi;
- oilaning rekreativ faoliyatini va oila huquqining ijtimoiy mohiyatini
ochib berish;
- mehnat taqsimotida oila o‘rnini o‘rganish.
Oila sotsiologiyasi oilaning jamiyat bilan o‘zaro bog‘liqligiga ham
e’tiborini qaratadi. CHunki jamiyat tashkil topishida, uning davomiyligini
ta’minlashda oila
asosiy ijtimoiy, demografik manba hisoblanadi.
Oila asosini erkak bilan ayol o‘rtasidagi nikoh birligi va nasl tashkil etadi.
Oila taraqqiyoti to‘g‘risida qator nazariyalar mavjud. Quyida biz
AQSHlik etnograf L.Morganning oila taraqqiyoti bosqichlari to‘g‘risidagi
fikrini keltiramiz:
- Promiskuitet - g‘vvoyilikning quyi bosqichiga xos bo‘lib, bunda ayrim
oilalar bo‘lmagan, oilaviy hayot ijtimoiy hayotga teng bo‘lgan.
- Qon-qarindoshlikka asoslangan oilada nikoh qabila va urug‘ a’zolari
orasida bo‘ladi. Bunday oila endogam birlikni tashkil qiladi (guruhiy nikoh).
- Punalual oila va ona avlodi bo‘yicha yaqin qarindoshlar bilan nikoh man
qilinad (guruhiy nikoh).
- Monogam oila bir erkak va bir ayol orasida bo‘lib, u otalikni tan olish va
oila mulkiga egalik qilishga asoslanadi. Monogam oila eski urug‘chilik
tuzumining emirilib, yangi kishilik hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan
bog‘liq.
Oilaning vazifasi uning strukturasi bilan uzviy bog‘langan.
Oila funksiyasi sotsiolog M.S.Matskovskiy tomonidan ishlab chiqilgan
bo‘lib, ularga quyidagilarni keltirish mumkin:
1)
Reproduktiv (nasl qoldirish)
funksiya;
2)
Tarbiyaviy funksiya;
3)
Xo‘jalik-maishiy funksiya;
4)
Iqtisodiy funksiya;
5)
Birlamchi ijtimoiy nazorat funksiya;
6)
Ma’naviy munosabat va
aloqalar funksiyasi;
7)
Ijtimoiy maqomiy funksiya;
8)
Xordiq chiqarish funksiyasi;
9)
Emotsional funksiya.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oilaning jamiyat
taraqqiyotidagi, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom avlodni
tarbiyalashdagi katta ahamiyatini hisobga olib, oilaga daxldor boy hamda
chuqur mazmunli milliy an’analarni asrash maqsadida 1998 yil 2 fevralda "Oila"
respublika ilmiy-amaliy markazini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida
Toshkent Davlat universiteti va Toshkent Davlat pedagogika universitetining
oila muammolarini o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalari negizida tuzilgan.
"Oila" markazining faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlar bilan
belgilangan:
- boy milliy an’analarni, milliy qadriyatlar asoslarini, ajdodlarimizning
oila va jamiyat, oila va mahalla bilan bog‘liq merosini o‘rganish hamda
tarqatish;
- umuminsoniy qadriyatlarning milliy oilaviy tarbiyadagi rolini oshirish
va ularning oilada uyg‘unlashuvini ta’minlash;
- oilaning pedagogik, psixologik, ijtimoiy-psixologik, etnopedagogik,
etnopsixologik muammolarini o‘rganish, shuningdek ularni rivojlantirish
bo‘yicha takliflar va
tavsiyalarni tayyorlash;
- oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini, uning demografik xususiyatlarini
ilmiy jihatdan tadqiq etish;
- oila, ayollar va bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomini aks ettiruvchi
statistika axborotini to‘plash va umumlashtirish;
- oilani rejalashtirishni, uning sog‘lig‘i tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-
amaliy jihatdan tadqiq etish, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va ularni
amaliyotga
joriy etish;
- yoshlarni oila hayotiga tayyorlashni yaxshilash uchun nikoh ahdi
saroylari va salomatlik markazlari huzurida maxsus o‘quv-tarbiya kurslari
tashkil etish;
- oilaning huquqiy bilimlarini tubdan oshirish va uni muhofaza qilish
bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyat olib borish;
- bolaning oiladagi qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish,
ota-onalarning bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularni maktabga tayyorlash
mas’uliyatini oshirishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy
tavsiyalar
ishlab chiqish;
- ma’naviyat, madaniyat va maorifni yanada rivojlantirish orqali oilada
uyg‘un kamol topgan avlodni tarbiyalashning samarali, maqbul usullarini ishlab
chiqish;
- oila va jamiyat muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop risolalar
yaratish;
- oila va jamiyat muammolari bo‘yicha xalqaro aloqalarni o‘rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: