Ijtimoiy fanlar


«Shaxs»  -  odamning  ijtymoiy  xususiyatlarining  yaxlit  majmui



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/200
Sana02.07.2021
Hajmi1,53 Mb.
#106848
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   200
Bog'liq
sotsiologiya

«Shaxs»  -  odamning  ijtymoiy  xususiyatlarining  yaxlit  majmui 
bo‘lib,ijtimoiy  taraqqiyot  va  individning  faol  xatti-harakati  hamda 
muomalasi 
vositasida 
ijtimoiy 
munosabatlar 
tizimiga 
qo‘shilishiningmahsuli  hisoblanadi.  Shaxs  tushunchasi  ijtimoiy  munosabatlar 
va ongli faoliyat sub’ekti sifatidagi individni ham ifodalaydi.  
«Shaxs» tushunchasida uning atrof-muhitga munosabatni bildiradigan 
ijtimoiy-ruhiy  sifatlarining  ichki  muayyan  yaxlitligi  ifodalanadi.  Shaxs 
bo‘lish  degani,  birinchi  navbatda,  o‘zining  ichki  qadriyatlar      dunyosini 
shakllantirishni,  tevarak-atrofga,  eng  avvalo,  ijtimoiy  hodisalarni  anglash, 


uning  mohiyatini  tushunish  orqali  qadriyatiy-tanqidiy  munosabatga  ega 
bo‘lishni bildiradi. 
       Insonning 
shaxs  sifatidagi  qadriyati  uning  o‘zligidan,fiziologik 
mavjudligidan  ajratib  olingan  tarzda  mavjugd  emas.  Shu  bilan  birga,  aytish 
mumkinki, istagan inson shaxs bo‘lolmaydi, lekin har qanday shaxls- insondir. 
U  tashqi  muhitga  faqat  biologik  moslashuv  natijasi  sifatida  shakllana  olmaydi. 
Balki sotsiumda, aniqrog‘i, uning turli darajalarida qaror topadi va unga ma’lum 
darajada bog‘liq bo‘ladi.Ya’ni shaxsning kelib chiqishi va uning imkoniyatlarini 
ro‘yobga  chiqishi  kishilik  jamiyati  tomonidan  ta’minlanadi.  Demak,  shaxsda 
insonning  jamiyatda tutgan  o‘rni va bajaradigan vazifalari ifodalanadi.  Shunga 
ko‘ra, sotsiumning turli darajalarini o‘rganadigan barcha fanlar doirasiga shaxs 
masalasi  ham  kiradi.Xususan,inson  tanasi  tuzilishi  va  faoliyatini  o‘rganadigan 
biologiya  va  boshqa  fanlardan  farqli  o‘laroq,jamiyatshunoslik,  ruhshunoslik, 
ta’limshunoslik kabi qator fanlar shaxs masalasini o‘rganishga ehtiyoj sezadi.  
       Muayyan  ma’noda  shaxs  yaxlit  sotsiumning  ajralmas  bo‘lagidir.Unda 
dastavval kishilar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar jamuljam bo‘ladi.  
Lekin bu o‘inda shaxs bilan sotsium aynanligi to‘g‘risida gapirishga asos yo‘q. 
Ibtidoiy tuzumning sodda jamoachiligi inqirozga yuz tutishi tufayli kishilar bir-
biridan «ichki» dunyosi va manfaatlari bilan o‘zaro farqlanib, shaxs bosqichiga 
ko‘tarilib boradilar.Buning natijasida esa shaxs bilan sotsium manfaatlari nisbati 
masalasi kun tartibiga qo‘yiladi. 
       Shaxsning sotsium bilan munosabatlari o‘ziga xos jihatlarga ega.Shaxsning 
o‘zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi mustaqilligidir. U shu holati bilan 
sotsium  hayotining  barcha  sohalarida  ishtirok  etadi.  Albatta,  gap  bu  borada 
ko‘proqetuk  shaxs  to‘g‘risida  boradi.  Lekin  Yangi  tug‘ilgan  insonning    shaxs 
bo‘lish imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi. Demak, shaxsni sotsiumning 
turli darajalaridagi tashkiliy sifatlari voyaga yetkazadi.
21
 
      Inson bilan sotsium aloqadorligi jihatidan uning shaxs sifatlari shakllanishini 
aniqlab  olish  muhim.Shaxs  shakllanishiga  qaysi  omillar  ta’sir  ko‘rsatadi  va 
konkret  shaxs  boshqa  oddiy  insondan  nimasi  bilan  farqlandi,-  degan  savol 
qo‘yilsa,  unga  javob  berish  xiyla  qiyin.  Negaki,shaxs  shakllanishida  juda  ko‘p 
omillar ishtirok etadi.Ularning ichida ijtimoiy muhit katta mavqega ega. 
      Individ  sifatida  namoyon  bo‘lgan  mavjudot  ijtimoiy  muhit  ta’sirida  shaxs 
sifatida shakllanadi. Individning jamiyat bilan o‘zaro munosabati uni ma’lum bir 
sotsial  jamoa  vakiliga  aylantiruvchi  turli  guruhlardir.  Bu  munosabatni  amalga 
oshirishda  muloqat  asosiy  rol  o‘ynaydi,  sotsial  guruhlar  orqali  amalga  oshadi. 
Chunki muloqat shaxsning asosiy ijitmoiy munosabatlar sistemasida nazariy va 
Amaliy  bilimlarni  egallashida  uning  shu  sistemadagi  o‘zining  maqomiga  ega 
bo‘lishida, faoliyat jarayonida va kundalik turmush tarzida asos sifatida xizmat 
qiladi,
22
  Shu  bilan  birga  shaxs  muloqot  orqali  o‘zining  shaxs  sifatida 
shakllanganligini  va  boshqa  shaxslarning  ijtimoiy  muhitining  haqiqiy  sub’ekti 
yoki  uning  ijrochisi  sifatida  shakllangani  to‘g‘risida  tushunchaga  ega  bulishda 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  sababli  shaxs  jamiyatdagi  barcha 
                                                           
21
 Жўраев Н., Азизов Ш.Ижтимоият асослари.-Т.: «Маърифат-мададкор», 2003.-62-63-б. 
22
Умумий социология. Тошкент: ТошДУ, 1999, 42-бет. 


munosabatlarning  shakllanishi  va  sotsial  dinamik  harakterini  belgilashda  asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Demak,  shaxs  kishining  hayot  kechirish  sharoitlarida  sotsial  guruhlar, 
sotsial  institutlar,  sotsial  tashkilotlar  ta’sirida  faoliyat    jarayonida  shakllanadi. 
Shaxsning shakllanishida guruhlar va jamoalar yetakchi rol o‘ynaydi. 
Demak,  shaxs  -  o‘ziga  xos  intellektual,  emotsional,  irodaviy-shaxsiy 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish