«Shaxs» - odamning ijtymoiy xususiyatlarining yaxlit majmui
bo‘lib,ijtimoiy taraqqiyot va individning faol xatti-harakati hamda
muomalasi
vositasida
ijtimoiy
munosabatlar
tizimiga
qo‘shilishiningmahsuli hisoblanadi. Shaxs tushunchasi ijtimoiy munosabatlar
va ongli faoliyat sub’ekti sifatidagi individni ham ifodalaydi.
«Shaxs» tushunchasida uning atrof-muhitga munosabatni bildiradigan
ijtimoiy-ruhiy sifatlarining ichki muayyan yaxlitligi ifodalanadi. Shaxs
bo‘lish degani, birinchi navbatda, o‘zining ichki qadriyatlar dunyosini
shakllantirishni, tevarak-atrofga, eng avvalo, ijtimoiy hodisalarni anglash,
uning mohiyatini tushunish orqali qadriyatiy-tanqidiy munosabatga ega
bo‘lishni bildiradi.
Insonning
shaxs sifatidagi qadriyati uning o‘zligidan,fiziologik
mavjudligidan ajratib olingan tarzda mavjugd emas. Shu bilan birga, aytish
mumkinki, istagan inson shaxs bo‘lolmaydi, lekin har qanday shaxls- insondir.
U tashqi muhitga faqat biologik moslashuv natijasi sifatida shakllana olmaydi.
Balki sotsiumda, aniqrog‘i, uning turli darajalarida qaror topadi va unga ma’lum
darajada bog‘liq bo‘ladi.Ya’ni shaxsning kelib chiqishi va uning imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqishi kishilik jamiyati tomonidan ta’minlanadi. Demak, shaxsda
insonning jamiyatda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifalari ifodalanadi. Shunga
ko‘ra, sotsiumning turli darajalarini o‘rganadigan barcha fanlar doirasiga shaxs
masalasi ham kiradi.Xususan,inson tanasi tuzilishi va faoliyatini o‘rganadigan
biologiya va boshqa fanlardan farqli o‘laroq,jamiyatshunoslik, ruhshunoslik,
ta’limshunoslik kabi qator fanlar shaxs masalasini o‘rganishga ehtiyoj sezadi.
Muayyan ma’noda shaxs yaxlit sotsiumning ajralmas bo‘lagidir.Unda
dastavval kishilar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar jamuljam bo‘ladi.
Lekin bu o‘inda shaxs bilan sotsium aynanligi to‘g‘risida gapirishga asos yo‘q.
Ibtidoiy tuzumning sodda jamoachiligi inqirozga yuz tutishi tufayli kishilar bir-
biridan «ichki» dunyosi va manfaatlari bilan o‘zaro farqlanib, shaxs bosqichiga
ko‘tarilib boradilar.Buning natijasida esa shaxs bilan sotsium manfaatlari nisbati
masalasi kun tartibiga qo‘yiladi.
Shaxsning sotsium bilan munosabatlari o‘ziga xos jihatlarga ega.Shaxsning
o‘zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi mustaqilligidir. U shu holati bilan
sotsium hayotining barcha sohalarida ishtirok etadi. Albatta, gap bu borada
ko‘proqetuk shaxs to‘g‘risida boradi. Lekin Yangi tug‘ilgan insonning shaxs
bo‘lish imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi. Demak, shaxsni sotsiumning
turli darajalaridagi tashkiliy sifatlari voyaga yetkazadi.
21
Inson bilan sotsium aloqadorligi jihatidan uning shaxs sifatlari shakllanishini
aniqlab olish muhim.Shaxs shakllanishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi va
konkret shaxs boshqa oddiy insondan nimasi bilan farqlandi,- degan savol
qo‘yilsa, unga javob berish xiyla qiyin. Negaki,shaxs shakllanishida juda ko‘p
omillar ishtirok etadi.Ularning ichida ijtimoiy muhit katta mavqega ega.
Individ sifatida namoyon bo‘lgan mavjudot ijtimoiy muhit ta’sirida shaxs
sifatida shakllanadi. Individning jamiyat bilan o‘zaro munosabati uni ma’lum bir
sotsial jamoa vakiliga aylantiruvchi turli guruhlardir. Bu munosabatni amalga
oshirishda muloqat asosiy rol o‘ynaydi, sotsial guruhlar orqali amalga oshadi.
Chunki muloqat shaxsning asosiy ijitmoiy munosabatlar sistemasida nazariy va
Amaliy bilimlarni egallashida uning shu sistemadagi o‘zining maqomiga ega
bo‘lishida, faoliyat jarayonida va kundalik turmush tarzida asos sifatida xizmat
qiladi,
22
Shu bilan birga shaxs muloqot orqali o‘zining shaxs sifatida
shakllanganligini va boshqa shaxslarning ijtimoiy muhitining haqiqiy sub’ekti
yoki uning ijrochisi sifatida shakllangani to‘g‘risida tushunchaga ega bulishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli shaxs jamiyatdagi barcha
21
Жўраев Н., Азизов Ш.Ижтимоият асослари.-Т.: «Маърифат-мададкор», 2003.-62-63-б.
22
Умумий социология. Тошкент: ТошДУ, 1999, 42-бет.
munosabatlarning shakllanishi va sotsial dinamik harakterini belgilashda asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, shaxs kishining hayot kechirish sharoitlarida sotsial guruhlar,
sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar ta’sirida faoliyat jarayonida shakllanadi.
Shaxsning shakllanishida guruhlar va jamoalar yetakchi rol o‘ynaydi.
Demak, shaxs - o‘ziga xos intellektual, emotsional, irodaviy-shaxsiy
Do'stlaringiz bilan baham: |