10.Lejandr Adriyen Mari
LEJANDR (Legendre) Adriyen Mari (1752.18.9 - Parij - 1833.10.1) -fransuz
matematigi, Parij FA aʼzosi (1783). Geodezik oʻlchashlar nazariyasini ishlab chiqqan,
eng kichik kvadratlar usulini ochgan, elliptik integrallar va variatsion hisob bilan
shugʻullangan. Lejandr koʻphadlari va Lejandr almashtirishi deb ataladigan
tushunchalarni kiritgan. L. elliptik integrallarning qatʼiy qoidaga aylanishini isbotlagan,
ularning qatorlarga ajralishini topgan va qiymatlari jadvallarini tuzgan. Variatsion
hisobda ekstremumning mavjudligini aniklagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |