yassi sistema deb qaralayotgan inshootlarda tayanchlar ham ularning yassi tashkil etuvchi
bo`laklari deb qabul qilinadi. Yassi sistema tayanchlari uch guruhga bo`linadi:
nuqtai nazardan sistemaning sharnir A markaziga o`q atrofida erkin aylanishiga va
gorizontal ko`chishiga imkon beradi. U faqat vertikal ko`chishga qarshilik ko`rsatadi.
Statik nuqtai nazardan, bu tayanchda faqat ko`chishga qarshilik ko`rsatilayotgan
tayanchlarning sxematik tasviri 1.6 – rasmdagi bir tayanchli bog’lovchi sterjen orqali
konstruktsiyasi faqat A sharnir markazidan o`tgan o`q atrofida sistemaning erkin
aylanishiga imkon beradi. Bu tayanchlarda, statik nuqtai nazardan sharnir A markazidan
tuzuvchilarga ajratish mumkin. Qo`zg’almas sharnirli tayanchning sxematik tasviri
3. Qistirib mahkamlangan tayanch (1.8 - rasm). Bunday tayanchlar, kinematik
nuqtai nazardan inshootning qistirib mixlangan kesimining chiziqli va burchakli
ko`chishlariga qarshilik ko`rsatadi. Qistirib mahkamlangan tayanchlarda, statik jihatdan
vertikal va gorizontal tuzuvchilarga ajraluvchi reaktsiya kuchi bilan reaktiv moment hosil
bo`ladi. Reaktiv moment
A
M
qistirma moment deb ataladi. Bu tayanchning sxematik
tasviri 1.8 – rasmda ko`rsatilgan.
Inshootga qo`yilgan tashqi kuchlar, uni harakatlantirishga intiladi, lekin bunday
harakatlanishga tayanchlar yo`l qo`ymaydi. Natijada, tayanchlarda reaktsiyalar vujudga
keladi. Tayanch reaktsiyalarning miqdori va yo`nalishini aniqlashda, tayanchlarni fikran
olib tashlab, ularning inshootga ta`siri V, H va M reaktsiyalar bilan almashtiriladi.
So`ngra tashqi kuchlar va tayanch reaktsiyalar ta`siridagi inshootni muvozanatda turgan
sistema deb qarab, statikaning muvozanat tenglamalari yoziladi:
.
0
,
0
,
0
M
Y
X
bu tenglamalarni echib, uchta noma`lum tayanch reaktsiyalarni topish mumkin.
TASHQI YUKLAR VA ULARNING TURLARI
Inshootga ta`sir qilayotgan aktiv tashqi kuchlar yuklar deb ataladi. Yuklarni
uchta asosiy gruppaga bo`lish mumkin.
1. Foydali yuklar — inshoot qabul qilishi lozim bo`lgan yuklar. Bularga misol
qilib odamlar, asbob-uskunalar, avtomobillar, poezdlarning og’irligi, to`g’onlardagi
suvning bosimi va shunga o`xshashlarni kiritish mumkin. Foydali yuklarning belgilangan
miqdori normalar va texnik shartlardan olinadi.
2. Inshootlarning og’irligi. Inshootni hisoblayotganda foydali yuklar qatorida
uning o`z og’irligini ham e`tiborga olish kerak.
3. Qor va shamol (atmosfera) yuklari. Bu yuklar miqdori mamlakatimizning
territorial tabiiy sharoitlarini va inshoot shaklini hisobga oluvchi normalarda berilgan
bo`ladi.
Inshootlarga ta`sir etuvchi yuqorida qayd etilgan yuklar sirtqi va hajmiy yuklarga
bo`linadi. Inshoot sirtining bir qismiga yoki hammasiga ta`sir kilayotgan kuchlar sirtqi
yuklar deb ataladi. Inshootning barcha ichki nuqtalariga ta`sir qiluvchi kuchlar xajmiy
yuklar deb ataladi. Bu yuklar inshootning butun xajmi bo`yicha taqsimlangan bo`ladi.
Yuklarning qo`yilishiga ko`ra, ular to`plangan va taralgan (yoyilgan) bo`ladi.
Inshootning o`z o`lchamlariga nisbatan uning juda kichik sirtiga ta`sir qiluvchi kuchlar
to`plangan yuklar deyiladi. Bunday yuklarga ustunlar, to`sin va sho`nga o`xshash
elementlarning asoslariga bo`lgan bosimlari kiradi. Bu bosimlar uncha katta bo`lmagan
yuzalar orqali uzatiladi. Hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun bunday kuchlar bir
nuqtaga qo`yilgan deb faraz qilinadi.To`plangan kuchlar tonna (t), kilogramm (kg) yoki
n’yuton (N), kilon’yuton (kN) hisobida o`lchanadi.
Inshoot sirtidagi yuzaning biror qismiga yoki undagi chiziqning biror qismi
bo`yicha ta`sir qilgan kuchlar taralgan (yoyilgan) yuklar deb ataladi. Masalan, bino
tomidagi qor bosimi shu tom yuzasi bo`ylab yoyilgan bo`ladi. Binolarning qavatlari
orasidagi rigellar ustiga qo`yilgan yuklar uning o`qi bo`ylab taralgan deb kabul qilinadi.
Taralgan yuklarning intensivligi inshootning yuzi yoki uzunlik birligiga to`g’ri kelgan
miqdori bilan xarakterlanadi. Yuza bo’yicha taqsimlangan yuklar t/m
2
yoki kN/m
2
bilan,
uzunlik bo`yicha taqsimlangan yuklar esa t/m yoki kN/m bilan o`lchanadi. Yuklarning
intensivligi uzunlik yoki yuza bo`yicha o`zgarmas bo`lganda ular tekis taralgan yuklar
deyiladi.
Yuklar ta`sir kilish vaqtiga ko`ra doimiy va muvaqqat yuklarga bo`linadi.
Doimiy yuklar inshootga doim ta`sir qilib turuvchi yuklardir. Masalan, temir yo`l
ko`prigining o`z og’irligi doimiy yuk, uning ustidan o`tayotgan poezdning og’irligi esa
muvaqqat yuk bo`ladi.
Yuklar inshootga ta`sir kilish harakteriga ko`ra: statik va dinamik bo`ladi.
Inshootga yuk asta-sekin qo`yilib, eng katta qiymatiga etkazilsa, u statik yuk deyiladi.
Inshootga kuch statik ravishda ta`sir etsa, uning qismlarida hech qanday inertsiya kuchi
hosil bo`lmaydi.
Agar inshootga qo`yilgan yuklar ta`siri natijasida uning qismlarida tezlanishlar
hosil bo`lsa, ya`ni yuklar qisqa muddat ichida miqdor yoki yo`nalishi bo`yicha o`zgarib
tursa, ular dinamik yuk deyiladi.
Inshootga ta`sir qiluvchi yuklar qo`zg’almas va harakatlanuvchi yuklar
gruppasiga bo`linadi. Qo`zg’almas yuklar inshoot ustida doimo bo`ladi (inshootning o`z
og’irligi, asbob-uskunalarning og’irligi). Harakatlanuvchi yuklar esa inshoot bo`ylab
ma`lum yo`nalish va chegarada harakatlanadi. Ularga, masalan: poyezd, avtomobil’, kran
va shunga o`xshashlarning og’irligi kiradi.
Inshootlar tayanchlarining cho`kishi va tashqi temperaturaning o`zgarishi
natijasida ham ularga ta`sir etuvchi qo`shimcha yuklar hosil bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: