o`q chiziqlar bilan, plastinalar o`rta sirtlar bilan almashtiriladi. Inshoot hisobining aniqlik
Agar tekshirilayotgan inshoot sxemasi sodda va oddiy tasvirlansa, u hisoblash
sxemasi deb qabul kilinadi. Inshootning haqiqiy sxemasi murakkab ko`rinishda bo`lsa,
Fermani hisoblash sxemasida uning sterjenlari o`q chiziqlari bilan, bikr tugunlari
esa ideal sharnirlar bilan almashtirilgan. Haqiqiy tayanchlar sharnirli tayanch
Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari elementlarning geometrik shakliga
1.
Sterjenlar birikmasidan tashkil topgan inshootlar Bunday inshootlar
sterjenli sistemalar deyiladi. Sterjenlarning uzunligi ularning ko`ndalang kesimi
o`lchamlariga nisbatan bir necha marta katta bo`ladi. Agar element o`qi egri chiziqli
bo`lsa, bunday element egri sterjen’ deyiladi .
2.
Plastinka, plita va qobiqlar hamda ularning birikmasidan tashkil topgan
inshootlar. Plastinkaning kalinligi qolgan ikki o`lchamiga nisbatan bir necha marta kichik
bo`ladi.
3.
Massivlardan tashkil topgan inshootlar Massivning uzunligi va ko`ndalang
kesim o`lchamlari bir xil bo`ladi. Massiv inshootlar jumlasiga to`g’onlar, tirgak devorlar
va ko`p qavatli binolarning yaxlit fundamentlari kiradi.
F e r m a l a r. Sharnirli birikmalar orqali boglangan sterjenlardan tashkil topgan
inshoot ferma deyiladi.
R a m a l a r. Bir – biriga bikr kilib biriktirilgan sterjenlardan (sistemalardan)
tashkil topgan inshoot rama deyiladi
K o m b i n a ts i ya l a sh g a n i n sh o o t l a r. Bir - biri bilan bikr va Sharnirli
birikma orqali bog’langan elementlardan tuzilgan inshoot kombinatsiyalashgan sistema
deyiladi. Masalan, shprengelli balkalar shular jumlasidandir
Inshootlar elementlarining joylashuviga ko`ra ular yassi va fazoviy sistemalarga
bo`linadi. Sterjenlar va unga qo`yilgan tashqi yuklar bir tekislikda bo`lsa, bunday
inshootlar yassi sistemalar deyiladi. Agar inshootning sterjenlari va unga qo`yilgan tashqi
yuklar boshqa – boshqa tekisliklarda joylashgan bo`lsa, u fazoviy sistema deyiladi. Yassi
sistemalar mustaqil holda juda kam uchraydi, asosan fazoviy sistemaning hisobini
soddalashtirish maqsadida, ulardan alohida yassi sistemalar ajratib olinadi.
Hisoblash sxemalari kinematik nuqtai nazardan quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Geometrik o`zgarmas va yetarli kinematik bog’lanishlarga ega bo`lgan
sistemalar (statik aniq sistemalar).
2. Geometrik o`zgarmas va ortiqcha kinematik bog’lanishlarga ega bo`lgan
sistemalar (statik aniqmas sistemalar).
3. Geometrik o`zgaruvchan sistemalar (mexanizmlar).
Inshootlar tayanch reaktsiyalarining yo`nalishiga ko`ra havonli va havonsiz
sistemalarga bo`linadi. Faqat vertikal kuchlar ta`sirida bo`lgan inshootning tayanchlarida
vertikal va gorizontal yo`nalishlarda reaktsiyalar hosil bo`lsa, u hovonli sistema deyiladi.
Inshootlar hisoblash metodlariga ko`ra statik aniq va statik aniqmas sistemalarga
bo`linadi. Statik aniq va statik aniqmas sistemalarning ta`rifi materiallar qarshiligi
kursida beriladi.