“Mexanika” kafedrasining yig’ilishida ma`qullandi (
majlis bayoni № yil) va
―Mexanika‖ fanlari bo’yicha metodik komissiyada ma`qullandi (bayonnoma № 2011 yil).
Matnni tayyorladi:
dotsent. Sh. M. Murodov
katta o’qit. D.O.Barotova
Taqrizchilar:
Toshkent irrigatsiya va mellioratsiya instituti Buxoro filiali
―Gidromelioratsiya‖ fakulteti dekani, dotsent, t.f.d. N.M.Murodov
Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti
―Mexanika‖ kafedrasi progessori,t.f.n. N.S.Bibutov
Texnik bezatuvchi:
Matn oliy o’quv yurtlari bosh boshqarmasi tomonidan ( .2011 yilda) tavsiya etilgan
namunaviy dasturga asosan yozildi.
1 - MA`RUZA
QURILISH MEXANIKASI FANIGA KIRISH.
REJA:
1. Qurilish mexanikasi fanining mohiyati.
2. Inshootlarni hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha.
3. Fermalar, ramalar va kombinatsiyalashgan inshootlar.
4. Geometrik o`zgarmas sistemalar (statik aniq sistemalar)
5. Statik aniqmas sistemalar.
6. Geometrik o`zgaruvchan sistemalar.
7. Tayanchlar va ularning turlari.
8. Tashqi yuklar va ularning turlari.
Qurilish mexanikasi–konstruktsiya va inshootlarning mustahkamligi, bikrligi va
ustivorligini hisoblash printsiplari hamda metodlari to`g’risidagi fandir, unda
inshootlarning mustahkamligini hisoblash bilan birga ularning tashqi kuchlargi chidamli
bo`lishini ta`minlash masalasi tekshiriladi. Inshootlarning ustivorligini hisoblashda
konstruktsiyalarning aynan o`rni muvozanat holdagi shaklini deformatsiyalangandan
keyin ham saqlab qolish qobiliyati aniqlanadi.
Inshootlarning katta ko`chish (siljish), tebranishlar ta`siriga chidamliligini,
ulardan normal foydalanishni aniqlash maqsadida bikrlikka hisoblanadi. Qurilish
mexanikasining asosiy vazifalaridan biri – inshootlarda hosil bo`ladigan ichki zo`riqish
kuchlari va deformatsiyalarni hisoblashdan iborat. Agar inshoot elementlarining materiali
va o`lchamlari ma`lum bo`lsa, aniqlangan ichki kuchlar va deformatsiyalarning
miqdoriga ko`ra elementlarning mustahkamligi, bikrligi va ustivorligini qanoatlantiruvchi
o`lchamlarni aniqlash mumkin. Bunday hisoblash usuli tekshirish hisobi deyiladi.
Agar inshoot elementlarining o`lchamlari noma`lum bo`lsa, u holda aniqlangan
ichki kuchlar va deformatsiyalarning miqdoriga ko`ra elementlarning mustahkamligi,
bikrligi va ustivorligini qanoatlantiruvchi o`lchamlarini aniqlash mumkin. Bunday
hisoblash usuli loyihalash hisobi deyiladi.
Qurilish mexanikasi statik va dinamik kuchlar ta`sirida bo`lgan inshootlarni
hisoblash nazariyalari to`g’risida ma`lumot beradi. Tashqi kuchlar ta`sirida inshoot
qismlarida hosil bo`ladigan ichki zo`riqish kuchlari bilan deformatsiyalar orasidagi
bog’lanishlar ma`lum bo`lgandagina, inshootlarning yangi, ratsional shakllarini tanlash
mumkin. Demak, qurilish mexanikasining yana bir vazifasi – inshootlarning tuzilishi,
uning elementlarining bir – biriga biriktirilish konunlarini tekshirish va ularning eng
ratsional (xavfsiz, tejamli) shakllarini yaratishdan iborat.
Ba`zan qurilish mexanikasida yaratilgan yangi nazariy metodlar bilan
inshootlarni hisoblash natijasida olingan ichki zo`riqish va deformatsiya miqdorlari
hamda boshqa natijalarning to`g’ri ekanligini bilish maqsadida konstruktsiyalarning
modeli yoki natural ko`rinishini eksperimental metodlar bilan tekshirilib ko`riladi.
Inshootlarning natural ko`rinishini eksperimental metod bilan tekshirishdan olingan
ma`lumotlar asosida yangi nazariy metodlar yaratish mumkin. Demak, qurilish
mexanikasi nazariy va eksperimental fandir.